2-TOPSHIRIQ.
Savollarga yozma ravishda javob bering.
1.” O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta’lim –tarbiya jarayonida milliy meros , pedagogik qadriyatlardan samarali foydalanishning ijtimoiy ahamiyati Pedagogika tarixi fani jahon va O`rta Osiyo xalqlari tarixidagi ma‘naviy va ta‘lim tarbiyaga doir fikrlarni o`rganishga xizmat qiladi. Bunda o`tmish ajdodlarimiz qoldirgan boy pedagogik meroslarini va uning milliy asoslarini o`rgatishga qaratilgandir. Pedagogika tarixiga kiritilgan g`oyalar bo`lajak o`qituvchiga bilim beribgina qolmay, balki ularda milliy iftixor va faxr xissini tarbiyalaydi. Yurtboshimiz I.Karimov aytganideq "Xalqimizning tayanchi ajdodlarimiz qoldirgan ma‘naviy merosining o`zi bir Xazina. Bu xazinadan oqilona foydalanish lozim"'.
Ma‘naviy istiqlol xazinasi ajdodlarimiz yaratgan milliy merosimizni chuqur o`rganib, uni butun dunyo oldida ko`z-ko`z qila bilishimiz kerak. Hind olimi Robindranat Tagor xar bir millat dunyo oldida o`z milliy moxiyatini namoyon etishga majbur ekanini aytgan edi.
Millat o`zida nimaiki yaxshi narsa bo`lsa uni umumiy mulkiga aylantirmogi lozim. Oliyjanob ruh millat boyligi hamdir. Uning mulki esa xususiy tor manfaatlarini yenga borib butun dunyoni o`z ma‘naviy madaniyatida qatnashishga taklif eta bilishligidadir.
- "Qadrlar tayyorlash milliy dasturi" bo`lajak mutaxassislarning jamiyatda o`z o`rnini topa bilishiga keng imkoniyat yaratadi.
Mustaqillik davrida xar bir inson o`z tarixini chuqur bilgandagina o`zligini anglay oladi.
Tariximizda juda ko`p ta‘lim-tarbiya tizimlari mavjud bo`lganligi tufayli mutaxassis o`sha davrdagi g`oya va ta‘lim-tarbiya mazmunini tahlil qilib, uni ijodiy rivojlantirmog`i lozim.
I.Karimov Abdulla Avloniyning "Tarbiya biz uchun yo hayot, yo mamot yo najot masalasidir" degan f Buyuk mutafakkirlarni bu so`zlari asrimiz boshida millatimiz uchun, qanchalar muhim, dolzarb bo`lgan bo`lsa, hozirgi kunda biz uchun ham shunaliq balki undan ham ko`ra muhim va dolzarbdir..."'.
O`tmishdagi pedagog olimlar qoldirgan" pedagogik qadriyatlar yosh avlod tarbiyasi uchun dasturul amaldir.
Mustaqillik tufayli pedagogika tarixini o`rganishda yangi-yangi muammolar o`rganilmoqda. Mustaqqillik pedagogik g`oyalarning rivojlanishida tarixiy izchillikni amalga oshirish, qadrlarning ma‘naviy, g`oyaviy tarbiyasini shakllantirishda pedagogik qadriyatlarga suyanish, ta‘lim-tarbiya sohasidagi o`tmish meros va umumbashariy qadriyatlar, milliy urf-odat va an‘analardan foydalanish bo`lajak o`qituvchining pedagogik bilim va mahoratini oshirish imkonini beradi.
Pedagogika tarixi fanining vazifasi xar bir o`qituvchi, murabbiy, tarbiyachi va turli kasb ziyolilariga insonshunoslik va tarbiya-ta‘limshunoslik borasida boy bilim, hayotiy malakalarni hosil qiladi. Pedagogika tarixi fani 1939 yildan boshlab, pedagogika oliy maktablarida o`qitilmoqda. Uning vazifalari.
-Kishilik tarakdiyotidagi ta‘lim-tarbiyaging ijtimoiy, ma‘naviy, ma‘rifiy riojlsshish haqida ma‘lumot berish;
-Utmishdagi ta‘lim va tarbiya masalalarini, texnologiyasini hamda maktab tizimidagi yukskak g`oya va tajribalarni jadal rivojlantirishni ijodiy o`rganish;
- Bo`lajak o`qituvchilarni o`quv tarbiya yo`li jarayonida buyuk mutafakkir olimlarning asarlaridagi pedagogik g`oyalarini o`rganish.
Pedagogika tarixi fani tarixiy tarakqiyot jarayonida xalqimiz yaratgan xalq pedagogik ijodini o`rganish va unga amal qilish bilan rivojlanadi. Pedagogika tarixi quyidagi davrlarga bo`lib o`rganiladi:
1.Qadimgi Sharq va G`arb xalqlari pedagogika tarixi. Bu davrda tarbiya muammosi, uning kelib chiqishi, tarixiy tarakqiyoti. O`rta Osiyodagi ibtidoiy quldorlik davrlarida tarbiya mifologiyaning yaratilishi. Shu bilan birga Qadimgi Gretsiya va Rimda ta‘lim-tarbiya masalalari o`rganiladi.
2.Movarounnahr xalqlari pedagogika tarixi.
VIII-XII asrlarda yaratilgan xalq pedagogikasi keng yoritiladi, hamda Islom din i va xadislarda ta‘lim-tarbiya o`rganiladi.
3.SHarq uyg`onish davridagi ta‘lim-tarbiya to`g`risidagi fikrlar haqida. SHarq uyg`onish davrining o`ziga xos hususiyatlari ijtimoiy-iqtisodiy hayotdagi o`zgarishlar, ilm-fan, madaniyatning gurkirab rivojlanishi Arab forsiy va turkiy tillarda ijod etgan adiblar ijodida ta‘lim-g`arbiya, ma‘rifatparvarlik g`oyalari. Yusuf Xos Xrjibning "Qutadg`u bilig", Ahmad Yugnakiyning "Xibbatul xaqoyik" dostonlarida (XI-XII asr), Ahmad Yassaviyning "Devoni xikmat"ida ta‘lim-tarbiya, axloq-odob, inson kamoloti bilan bog`lik mulohazalar. Ularning shu kunlardagi ahamiyati.
SHu bilan birga Al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayxon Beruniy, Ibn Sino, Rudakiy, Firdavsiylarning ma‘rifiy va pedagogik qarashlari beriladi. Sharq mashohiylarining ijodiyoti va ularning ta‘lim -tarbiya haqidagi ibratli g`oyalari beriladi.
4.Temuriylar davrida madaniyat, ta‘lim-tarbiya masalalari.
Movarounnahrda ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy taraqqiyotning tarixiy rivojlanishi.
Temur shaxsi. Temur saltanatining vujudga kelishi. Temur saltanatida ijtimoiy
va madaniy hayot. Temur davrida san‘at va me‘moriy asarlar (Tabrizdagi masjid,
SHerozdagi saroy, Bog`doddagi Madrasa, Ahmad Yassaviy maqbarasi). Temur davrida turkiy tilning rivojlanishi. Turkiy tilda yozilgan Temo`rning "Tuzukot" asaridagi tarbiyaviy g`oyalar.
SHu davrning yirik namoyondalari: Shayx Xo`ja Bahovuddin, shoir Nishopuriy, Shayx Kamollidin Ho`jandiy, shoir Ahmad Kirmoniylarning ta‘lim-tarbiya haqidagi fikrlari.
SHu bilan birga Zahiriddin Muhammad Bobur, Mirzo Ulug`beq Alisher Navoiyning pedagogik g`oyalari bayon etiladi.
5.Turkitsonda maktab va pedagogik g`oyalar.
Rossiya tomonidan Turkistonning bosib olinishi. Turkiston o`lkasida o`qitish tartibi. N.Ilminskiy va V.Nalivkinlar tomonidan tashkil qilingan maktablar. Turkiston o`lkasidagi manfaatparvar shoirlarning ilm, savodsizlikni tugatish, til o`rganish hususidagi fikrlari. Ahmad Donishning hayoti, ma‘naviy merosi, uning tarbiyaviy ahamiyati.
XIX asrning 80-90 yillarida Turkiston o`lkasidagi ijtimoiy siyosiy o`zgarishlar. O`zbek demoqrat-ma‘rifatchilarining ijtimoiy-ma‘rifiy qarashlari. Muhammad Amin Mirzaho`ja o`g`li Muqimiy , Ubaydulla Solih o`g`li Zavqiy, Zoqirjon Muhammad o`g`li Furkat. Furqatning hayoti, ijtimoiy-siyosiy qarashlari, asarlarining tarbiyaviy ahamiyati. Furkat tomonidan ilm-ma‘rifatning targ`ib qilinishi. XIX asrning 80-90 yillarida ijtimoiy-siyosiy hayoti. Dastlabki boshlang`ich maktablarining tashkil qilinishi.
Abduqodir Shakuriy, A.Raxmatullaev va Siddiqiy Ajzi, Said Rasul Aziziylarning hayoti, o`qituvchilik faoliyati, tashkil qilgan maktablari va undagi ta‘lim-tarbiya mazmuni. Ular tomonidan yozilgan darsliklar.
6. Mustaqil O`zbekistondagi Yangi usul maktablari va pedagogik fikrlar taraqqiyoti tarixi.Turkistonda jadidchilik xarakati va uning maorif taraqqiyotidagi o`rni.
O`zbekistonda dastlabki o`rta ta‘lim maktablarining tashkil etishi va rivojlanishi. Boshlang`ich va o`rta ta‘lim maktabda o`qitish mazmunining takomillashib borishi. Savodsizlikka qarshi kurash va uning jonkuyarlari.
Yangi usul maktablarining vujudga kelishi. Maktab haqidagi qonun va karorlar. Maktab uchun o`qituvchi qadrlar tayyorlash tartibi, umumiy ta‘lim maktabining istikboli. Hamza hamda Abdulla Avloniyning pedagogik ta‘limotlari.
7. Mustaqil O`zbekistonda Xalq ta‘limi va pedagogika fanining taraqqiyoti tarixi. Pedagogika tarixi fanini chuqur o`rganish uchun u bilan bog`lik bo`lgan bir qator fanlar tizimini o`rganish, birinchi navbatda falsafa, ruhshunosliq anatomiya-fiziologiya, tarih jamiyatshunosliq adabiyot tarixi, maktab gigienasi va boshqalar.
Qadimgi xalq og’zaki ijodiyotida inson tarbiyasiga oid fikrlar
Hozirgi o’zbek xalqining ajdodlari bundan bir necha ming yillar oldin yashagan bo’lib, ular yuksak va o’ziga xos madaniyatni vujudga keltirishda juda katta va mashaqqatli yo’lni bosib o’tgan. Dastlabki tosh qurollaridan tirikchilik uchun foydalanish, ancha takomillashgan mehnat qurollarini yasash, urug’chilik davriga kelib, xo’jalik hayoti va madaniy taraqqiyotda erishilgan yutuqlarni o’z ichiga olgan davrgacha bo’lgan tariximiz ota-bobolarimizning boy qadimiy madaniyatga ega bo’lganligidan dalolat beradi.
Eramizdan avvalgi birinchi ming yillikda Baqtriya, Xorazm, So’g’diyona, Marg’iyona, Parfiya hamda Parkana kabi davlatlarida turli qabila va elatlar yashagan. Ular saklar, massagetlar, so’g’diyonalar, xorazmiylar, boxtarlar, chochliklar, parkanaliklar kabi qabila va urug’lardan iborat bo’lib, hozirgi Markaziy Osiyo hududida yashovchi xalqlarning ajdodlari hisoblanadilar.
Ushbu elatlar yashagan hududlarda o’ziga xos madaniy an’analar tarkib topa borgan. Masalan, eramizdan oldingi asrning birinchi yarmida qadimiy davlatlar: Baqtriya va So’g’diyona, Marg’iyona, Xorazm, Parkana, Parfiya kabi o’lkalarda xalq xo’jaligining turli sohalarida rivojlanish va taraqqiyot ro’y bergan. Eramizdan oldingi IX-VI asrlarda paydo bo’lgan Ahmoniylar, eramizdan avvalgi III asr o’rtalarida tashkil topgan Grek-Baqtriya, eramizning I asrida tashkil topgan Kushonlar, eramizning V asrda yuzaga kelgan Eftalitlar, so’ngra Sosoniylar va nihoyat Turk hoqonligi davlatlarida ijtimoiy madaniyat yuksala bordi.
Ajdolarimiz tomonidan qo’lga kiritilgan qadimiy madaniyati tarkibidan ta’lim-tarbiyaga oid merosi ham alohida o’rin olgan. Zero, hozirgi turkiy va forsiyzabon xalqlarning bizgacha yetib kelgan muhim arxeologik topilmalari, tarixchilar, adabiyot va san’at namoyandalarining ijodiy merosi, san’at va adabiy asarlarning namunalari buning dalilidir.
Bunday muhim manbalar sirasiga yunon olimlari Gerodot, Suqrot, Plutarx, Polienlarning tarixiy, geografik hamda axloqiy asarlari, allomalarimiz Abu Rayhon Beruniy, Mahmud Qoshg’ariy, faylasuf, sharqshunos va tarixchi olimlar: Ye.E.Bertels, S.P.Tolstov, V.V.Braginskiy, I.M.Mo’minov, B.G’afurov, I.V.Stebleva, A.O.Makovelskiy, Y. Jumaboyev, M.Ishoqov, adabiyotshunoslar A.Qayumov, N. Mallayev, N.Rahmonov, pedagog-olimlar O’.Aleuov, M.Orifiy va boshqalar tomonidan olib borilgan tadqiqotlar kiradi.
Eng qadimgi tarbiya haqidagi yodgorliklar bizgacha bevosita yetib kelmagan. Turkiy va forsiyzabon xalqlarning hayot kechirish san’ati, donolik majmuasi sifatida yuzaga kelib, borliqqa amaliy munosabatda bo’lishning namunasi tarzida e’tirof etilgan ma’naviy madaniyat yodgorliklari qadimgi grek tarixchisi Gerodotning “Tarix”, Strabonning “Geografiya” hamda Mahmud Qoshg’ariyning “Devonu lug’atit-turk” kabi asarlari, shuningdek, Urxun-Enisey bitiklari kabi adabiy-tarixiy manbalarda saqlangan va ular orqali bizgacha yetib kelgan. Ushbu yodgorliklar mohiyatini o’rganish insonning shakllanishida moddiy va ma’naviy madaniyat qay darajada katta rol o’ynaganligidan dalolat beradi. Xususan, tarbiya insonning aqliy va axloqiy jihatdan tarkib topa borishiga ta’sir etgan bo’lsa, insonning shakllana borishi ham o’z navbatida kishilik jamiyatining qaror topa borishiga yordam bergan. Xullas, tafakkur yurita olish qobiliyatiga ega bo’lgan inson kamolotining ta’minlanish jarayoni hamda jamiyatning ijtimoiy taraqqiyoti o’zaro uzviy aloqada shakllangan. Mazkur tarixiy jarayon mohiyatini bilish bizga inson tafakkurining juda uzoq davr va murakkab sharoitlarda shakllana borganligidan dalolat beradi.
Ma’lumki, kishilik jamiyatining vujudga kelishi jarayonida inson ham biologik jihatdan, ham ijtimoiy jihatdan takomillashib borgan. Dastlabki diniy e’tiqodlar, eng oddiy ixtirolarning takomillashib borishi kabi holatlar inson ongining ham shakllanib borishiga turtki bo’ldi. Bu jarayon minglab yillarni o’z ichiga olgan bo’lib, ana shu davrda inson ongi shakllanishining asosi sifatida qabul qilingan xulq-odob qoidalari, ijtimoiy talablar yuzaga kelgan. Ushbu talablar muayyan davrda yaratilgan yodgorliklarining asosiy mazmuni va mohiyatini tashkil etadi.
Eng qadimgi kishilarga xos bo’lgan xislatlar, ularning dastlabki, oddiy istaklari, orzu-umidlari qadimgi eposlarda aks etgan afsonaviy obrazlar hamda qahramonlar qiyofasida o’z ifodasini topgan. Ruhga sig’inish (onimizm), ajdodlar ruhiga sig’inish (totemizm), sehrgarlik kabi diniy e’tiqodlar va marosimlar yoritilgan afsona va rivoyatlarda eng qadimiy ajdodlarimizning tafakkur dunyosi aks etgan. Ammo bu rivoyat va afsonalar ham massaget, sak, xorazmiy, so’g’d hamda parfiyanlar yashagan davrlar ruhini ifoda etadi, xolos.
Eng qadimgi madaniy boyliklarimizni o’rganishda quyidagi uch guruhga ajratilgan manbalarga tayanamiz:
Arxeologik qazilmalar natijasida topilgan ko’rgazmali ashyolar.
Xalq og’zaki ijodi materiallari hamda yozma manbalar.
Buyuk adiblar, allomalarning ijodiy merosi.
Ma’lumki, ibtidoiy kishilar mehnat faoliyati jarayonida o’z ehtiyojlarini qondirgan va bu jarayon yosh avlodda ham mehnat qilish, amaliy faoliyatni yo’lga qo’ya olish borasidagi nazariy bilim, ko’nikma va malakalarni hosil qilishga zamin hozirlagan. Mehnat faoliyatini tashkil etish jarayoni dastlabki paytlarda butun ijtimoiy hayotni yo’lga qo’yish negizida amalga oshirilgan bo’lsa, keyinchalik tarbiya inson faoliyati asosiy jihati, ijtimoiy ongni shakllantirishning muhim omiliga aylandi. Dastlabki urug’chilik jamiyatidan oldin ham inson yashash uchun kurashgan, mazkur davrda urug’ning áarcha a’zolari jamoa bo’lib harakat qilganlar. Keyinroq kishilar mehnat faoliyatini jamoa a’zolarining yosh jihatlariga ko’ra quyidagi uch guruh asosida tashkil etganlar.
bolalar va o’smirlar;
v) ijtimoiy hayot va mehnatda to’la ishtirok etuvchilar;
s) keksalar.
Ibtidoiy jamiyatda bola o’zi uddalay oladigan faoliyatning tashkil etilishida bevosita ishtirok etib, hayot kechirish va mehnat qilish ko’nikmalarini o’zlashtirgan. Bu holat og’ir sharoitda kechgan. o’g’il bolalar erkaklar bilan ov qilish, qurol yasash kabi yumushlarni bajarsalar, qizlar ayollar tomonidan bajariladigan mehnat sirlarini o’zlashtirar edilar. Hech qayerda yozilmagan odat va an’analarga ko’ra, yosh bolalar keksalar nazorati ostida ma’lum tajribalarga ega bo’lardilar. Bola ma’lum tayyorgarliklardan so’ng maxsus sinovlardan o’tib, amaliy faoliyatda faol ishtirok eta olish huquqini qo’lga kiritar edi. Ushbu an’ana, ya’ni, bolalarni ma’lum yoshgacha enaga yoki murabbiyga topshirish yaqin davrlargacha saqlanib qolgan, hatto hozirgi kunda ham ko’zga tashlanadi. eng qadimgi ma’rifiy yodgorliklarda ifoda etilgan va qadrlangan xislatlar - jasurlik, mardlik, adolat, sadoqat, insoniylik, xushmuomalalikdan iborat bo’lgan. Tabiiyki, ushbu xislatlar insonda o’z-o’zidan shakllanmagan. Tabiat va jamiyat hayotidagi o’zgarishlar, ibtidoiy urug’chilikka asoslangan turmush tarzi insonning ana shunday xislatlarga ega bo’lishini taqozo etgan. Ikki katta kuch - yaxshilik va yomonlik o’rtasidagi ayovsiz kurash insonda yuqorida qayd etilgan xislatlarning bevosita shakllanishiga turtki bo’lgan.
2. Munis Xorazmiyning “Savodi ta’lim” asari –husnixatga doir dastlabki qo’llanma sifatida. Munis Xorazmiy (1778-1829). XIX asr boshlarida Xiva xonligi tarixida o‘chmas iz qoldirgan buyuk insonlardan biri – shermuhammad ibn Avazbiy mirob o‘g‘li Munis edi. 1778 yilda Xiva Shahri yaqinidagi Qiyot qishlog‘ida mirob oilasida tavallud topgan adib: “Men, Munis, Xivada yashovchi yuz toifasidan bo‘lgan Amir eshimbiyning avlodidandirma”, deb yozgan.
Uning bolalik va yoshlik yillari Qiyot qishlog‘ida o‘tdi va ulg‘aygach, Xivadagi madrasalardan birida tahsil ko‘rdi va ustozi Sayyid eshonxo‘jadan saboq oldi. Arab, fors, turkiy xalqlar adabiyoti, shuningdek mumtoz musiqa hamda tarix fanini qunt bilan o‘rgandi. U mohir hattot bo‘lib, kufiy, rayhoniy, xatti Shikasta kabi xatlarni yaxshi bilgan. She’riyat olamida uning tahallusi Munis bo‘lib, lug‘aviy ma’nosi “ulfat”, “hamdam”, “do‘st” demakdir. Nizomiydan tortib to o‘zi yashagan davrga qadar o‘tgan so‘z san’atkaorlarining ijodi bilan oshno bo‘lgan Shoir, o‘zining “Manga” radifli g‘azalida Nizomiy, Xisrav Dehlaviy ijodidan naqadar lazzatlanganligini, Hofiz sheroziy, Lutfiy asarlari orqali she’riyat bo‘stoniga qadam qo‘yganini, Firdavsiyning ijod bog‘ida orom olganini, Anvariydan nur emib, Sa’diy va Jomiydan cheksiz bahramand bo‘lganini, Bedilning ajoyib so‘zlaridan fayz topib, nihoyat buyuk alisher Navoiy va Muhammad Fuzuliyni o‘ziga homiy bilganini zo‘r mamnuniyat bilan qayd qiladi.
Munis tez orada el-yurt hamda Xiva hukumdori Avaz inoq nazariga tushadi. 1804 yilda Shoir alifbo sifatida foydalanish uchun “Savodi ta’lim” kitobini yozib tugatadi. Yana Shu yili ijod namunalarini “Munis ul-ushshoq” (“oshiqlar do‘sti”) degan nom bilan to‘plab, uni 1813 yilda 16892 misradan iborat katta devonga aylantiradi. Ushbu asarda Shoirning g‘azallari, muxammaslari, ruboiylari, mustazodlari, tuyuqlari, to‘rtlik va maxsus ikkilik baytlari mavjud bo‘lib, bulardan tashqari devon oxirida shoirning 1804 yilda nazm bilan yozib tamomlangan kalligrafiyaga oid “Savodi ta’lim” nomli asari ham ilova qilingan. Ushbu kichik risolada chiroyli xat yozish usullari bayon qilingan. Risola ikki qismdan iborat. Asarning birinchi qismida xat mashq qilishga tayyorgarlik va bu ish uchun kerakli asboblar to‘g‘risida so‘z yuritiladi. Ikkinchi qismda esa, xat mashqi va uning usuli haqida amaliy yo‘l bilan ta’lim beriladi. Shoir o‘zining ushbu risolasi boshida kishilik jamiyatida yozuvning katta ahamiyatga ega ekanligini qayd qilib, Shunday bayon qiladi:
So‘z mahzanining nishonasi ham,
Ma’ni durining xazonasi ham,
Har so‘zki, ko‘nguldin o‘ldi mavjud,
Xat bo‘lmasa bo‘lg‘ay erdi nobud.
Munisning She’rlar to‘plami (devoni) o‘zi hayot chog‘ida va o‘zidan keyin ham xivalik hattotlar tomonidan bir necha bor ko‘chirilgan. Shu bilan birga 1875 yilda Xiva toshbosmaxonasida “Savodi ta’lim” risolasi bilan birga bosilgan. Munis o’z davrining yetuk murrabiy shoiri sifatda
bolalarning savodxonligini va husnixatni yaxshilash yo’lida ko’p izlanadi va
yoshlarga husnixatdan ta’lim berib, “bilgancha surib qalamni har yon, ta’lim ishin
aylar erdi oson” deydi. “Bilimning eshigi alifbe” deganlaridek, Munis ham
ta’limdagi muvaffaqiyatlarning garovi savod ekanligini tushungan va shuning
uchun “umumiy arqom” yozuv ilmini yaratishga bel bog’lagan.
Munisning “Savodi talim” asari ana shu tarzda 1804 yil 6 dekabrda vujudga
keladi. Mazkur risola nazariy malumotlar va mashqlarni o’z ichiga olgan. Risola
ikki qismdan tarkib topgandir. U “Savodi talim”ning nazariy qismida o’zigacha
mavjud bo’lgan bolalarga xat-savod o’rgatuvchi risolalarning barcha nuqson va
kamchiliklarni ochib tashlaydi va eski risola bilan o’zi yaratayotgan risolani bir-
biri bilan taqqoslab, eski risolaning o’sha kungi talablarga javob bera olmasligini
ilmiy-nazariy jihatdan asoslab beradi. Risolaning ikkinchi qismida arab
alifbosidagi har bir harfning yozilish uslubini marifiy-didaktk nuqtai nazardan
sodda qilib tushuntrishga harakat qiladi. Savodi ta’lim ". manzumasi. Yosh Shermuhammad ibtidoiy maktabda o‘qib yuigan yillaridayoq husnixat bobida yaxshi mashqlar qilib, etarii malakaga erishadi. Husnixat ta’limiga doir risolalami qayta- qayta o'qishdi. U 16-17 yoshlaridayoq chiroyli yozish qoidalarini to‘la o'zlashtirib oladi. O‘z xunarining samarasi sifatida Alisher
Navoiyniiig amzga doir «Mezon ui-avzon» asarini, «Holati Sayyid Hasan Ardasher»ni, Mavlono Roqim devonini chiroyli qilib ko'chirib, kitobat holiga keltiradi. Demak, Munisda kotiblik salohiyati ancha erta shakllangan. Shuning uchun ham u madrasani xatm etgach, saroyga ishga taklifqilinadi, mirzolik, farmonnavislik xizmatlarini muvaffaqiyat bilan ado eta boradi. Munis 1804 yili «Savodi ta’lim» nomida 352 misralik manzuma-risola yaratadi. Nazmda, masnaviy shaklida yozilgan bu asar «Munis ul-ushshoq» devonining adog'ida keltiriladi. Ta’limiy- ma'rifiy ruhdagi bu asarda shoir yozishdan ko‘zda tutgan maqsadini, orzularini shunday ifodalaydi:
Do'stlaringiz bilan baham: |