Reja. 1.2. Amaliy mashg`ulot materiallari
1-amaliy mashg‘ulot
Mavzu: Tabiiy geografiyaning fanlar tizimidagi o‘rni va qismlari.
Maqsad: Qadimgi (antik) davrlardagi yunon olimlari Gekatiy, Gerodot, Aristotel,Eratosfen, Gipparx, Strabon, Ptolemeylarning geografik tasavvurlari. O‘rta asrlardagi sharq uyg’onish davri geografiyasi.
O’rta Osiyolik allomalar Muhammad Xorazmiy, Jayhoniy, Balxiy, Abu Abdulla Xorazmiy, Beruniy, Mahmud Qoshg’ariy, Zamaxshariy, Hofizi Abru, G’iyosiddin Naqqosh, Zahiriddin Bobur va boshqalarning geografik merosi tushuntirish.
Bajariladigan topshiriqlar
1-topshiriq. Tarqatma matndan foydalanib, tabiiy geografiyadagi asosiy g’oya va tushunchalarning shakllanish va rivojlanish tarixidan. Siz qanday xulosa chiqardingiz? 1-jadvalni to‘ldiring.
Uslubiy ko’rsatma. Mavzu bo’yicha tarqatma matn bilan tanishing. Matnni tahlil qiling, Siz qanday xulosa chiqardingiz? Matndan foydalanib, berilgan 1-jadvalga javob yozing.
Siz qanday xulosa chiqardingiz?
1-jadval
Tabiiy geografiyadagi asosiy g’oya Qadimgi (antik) davrlardagi yunon olimlari Gerodot, Aristotel,Eratosfen, Gomer, Strabon, Ptolemeylarning geografik tasavvurlari tushuntirish.
|
O‘rta Osiyolik allomalar Muhammad Xorazmiy, Abu Abdulla Xorazmiy, Beruniy, Mahmud Qoshg’ariy, Zamaxshariy, Hofizi Abru, G’iyosiddin Naqqosh, Zahiriddin Bobur va boshqalarning geografik merosi tushuntirish.
|
|
|
1-topshiriq.Gomer tomonidan miloddan avvalgi XII asrda Dunyo xaritasi tuzildi. Mazkur xaritada asosan O‘rta dengiz atrofi tasvirlangan
Shimoliy Afrikadagi Liviya, Misr, G‘arbiy Osiyoda Finikiya, kichik Osiyo yarim oroli, O‘rta dengizdagi Kipr, Krit, Sitsiliya orollari tasvirlangan
Aristotel tomonidan miloddan avval IV asrda yyerning sharsimonligi,yyerda issiq mintaqalarning mavjudligi isbotlandi.Dunyo xartasi tuzildi. Uning xaritasida Gomer xaritasidagi joylar yanada kengaytirilgan Uning xaritasida kishilar yashamaydigan sovuq mintaqa va kishilar yashaydigan issiq mintaqa ajratratilgan.
-Aristotel tomonidan tuzilgan Dunyo xaritasida Afrikaning shimoliy qismi, Osiyo va Yevropa qit’alari tasvirlangan. Osiyodagi Hindiston, Amudaryo va Sirdaryo, Kaspiy dengizi, Yevropadagi Italiya, Makedoniya, ichki (O‘rta) dengiz,va boshqa joylar tasvirlangan;
- Erotosfen miloddan avvalgi III asrda yyerning o‘lchamlarini aniqladi, Dunyo xaritasini tuzdi.«Geografika» nomli asar yozdi, geografiyani atamasi fanga olib kirdi;
-Ptolomey yeramizning boshida (II asr) xaritalarni daraja to‘ri yordamida tuzishni ixtiro qildi. Dunyo xaritasini tuzdi va geografiya bo‘yicha qator asarlar yozdi. Shu davrda Strabon geografiya fani bo‘yicha yirik asarlar yozdi
2-topshiriq. Tabiiy geografiyadagi asosiy g’oya va tushunchalarning shakllanishida o’zbek va yunon olimlarining xaritalarini taxlil qiling.
1-rasm.Beruniy xaritasi 2-rasm.Gomer,Eratosfen,Ptolomeylarning xaritasi
3-topshiriq. Tabiiy geografiyadagi asosiy g’oya va tushunchalarning shakllanish va rivojlanish tarixidan fanining boshqa fanlar bilan aloqalari sxemasini ishlang. Fanning tabiiy geografiya fanlari bilan aloqadorligini tushuntiring.
Do'stlaringiz bilan baham: |