O‘qituvchining nutqiy madaniyati
Reja:
Nutq madaniyati haqida tushuncha.
Nutq texnikasi: o‘qituvchi nutqining mantiqiyligi, grammatik jihatdan to‘g‘riligi.
O‘qituvchining nutqiy mahoratini takomillashtirish yo‘llari.
Pedagogika texnika o‘qituvchilariga o‘quv faoliyatida ham, o‘qishdan tashqari faoliyatda ham zarur bo‘lgan umumiy pedogik malakalar majmuidan tashkil topgan. Avvalo pedagogik texnikaning tarkibiy qismi sifatida o‘qituvchining nutq malakalarini, ya’ni savodli gapirish, o‘z nutqini chiroyli va tushunarli, ta’sirchan qilib bayon etish, o‘z fikr va his-tuyg‘ularini so‘zda aniq ifodalash malakalarini aytib o‘tish mumkin.
Pedagogik texnikaning boshqa tarkibiy qismi pedagogning mimik va patnomimik ifodaliyligidir. Aniq imo-ishora, ma’noli qarash, rag‘batlantiruvchi yoki istehzoli tabassum pedagogik ta’sir ko‘rsatishda ko‘p so‘zni tushuntirish yoki e’tiroz bildirishga qaraganda ancha samarali muamoli vositalari bo‘ladi.
Pedagogik o‘zaro ta’sir ko‘rsatishda o‘qituvchining o‘z hissiy (ruxiy) holatini boshqarish, o‘zida eng qulay hissiy (ijodiy) jiddiylik darajasini va umidbaxshlik, xayrixoxlik kafiyatini saqlash, o‘zining hissiy dam olishini tashkil etish mahorati muhim rol o‘ynaydi. Bu mahorat pedagogikaning kasbiy jihatdan o‘z-o‘zini nazorat qilishlarini ta’minlaydi, ko‘p yillar davomida sog‘lom asab tizimini saqlab qolish, asabiy buzilishlardan, hissiy va aqliy zo‘riqishdan o‘zini tiyish yordam beradi. Pedagogik o‘zaro ta’sir ko‘rsatishni tashkil etish uchun o‘qituvchi aktiyorlik va rejissyorlik mahorati tarkibiy qisimlarini egallashi zarur, ularni o‘qituvchiga bolalar bilan msuomala qilishda tarbiyalanuvchilarning aql-idrokigagina esam, balki ularning his-tuyg‘ularniga ham ta’sir ko‘rsatish ularga olamga bo‘lgan hissiy - qadriyatli munosabatda bo‘lih tajribasini ancha to‘liq bera bilishigi yorpdamlashish. Pedagogik texnika shunday yig‘indiki, u o‘qituvchining eng yaxshi ijodiy xulq atvorigi boshqacha aytganda, har qanday pedagogik vaziyatda tarbiyalanuvchiga samarali ta’sir ko‘rsatishga yordam beradi. Pedagogik texnika malakalarning muhim xususiyatlari qo‘yidagilardan iborat:
Pedagogik texnikaning aniq ifodalangan individual shaxsiy tasda bo‘lish, ya’ni pedadgogning individual psixik-fiziologik xususiyatlari asosida tarkib topadi. Individual pedagogik texnika pedagigning yoshi, jinsi, mijozi, fe’l-atvori, sihat-salomatligi, anatomik-fiziologik xususiyaitlariga bog‘liq bo‘ladi. Nutqning ifodali, sof bo‘lishi ustida ishlash fikrlarining ravon bo‘lishiga ta’sir qiladi. Nutq imo-ishora, mimika, harakat bilan birga sodir bo‘ladi, uzluksiz o‘zini tuta bilish ta’sirchan vositalarini tanlashga, muvaffaqiyatli ravishda tuzatish kiritib borish imkonini beradi. Pedagogik ta’sir ko‘rsatishda yuqoridagi malakalar orqali pedagogning ma’naviy va estetik nuqtai-nazarlari tarbiyalanuvchilarga yanada to‘laroq ochib beriladi.
Pedagogik texnika malakalarining shakillanish darajasi ma’lum darajada pedvgogning umumiy ma’daniyat darajasini, ya’ni shaxsning pedagog imkoniyatlarni aks etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |