O’qituvchi: Yusupov F. S


Simmetrik strelkali o‘tkazgich chizmasi



Download 1,88 Mb.
bet4/5
Sana09.04.2022
Hajmi1,88 Mb.
#538745
1   2   3   4   5
Bog'liq
Nuraliyeva Ozoda

Simmetrik strelkali o‘tkazgich chizmasi:
1 – to‘g‘ri yo‘l o‘qi; 2 – yon yo‘l o‘qi
Ikkilangan o‘tkazgich asosiy yo‘lni uch yo‘nalishda tarmoqlantirishga imkon beradi. Ular murakkab konstruksiyali va nozik bo‘lib joy tanqisligida kamdan kam qo‘llaniladi, uchtalik deb ataluvchi simmetrik hamda bir tomonli va har tomonli nosimmetrik turlari mavjud.
Ikkilangan simmetrik o‘tkazgichda o‘ng va chap tomonli o‘tkazgichlar birlashtirilgan bo‘ladi. Ikkilangan simmetrik o‘tkazgichning ikkita 1/11 markali va bir 1/8 markali krestovinalari, hamda ikki juft birlashtirilgan qo‘shma ayrilari mavjud. Bunday o‘tkazgichlarning kamchiligi, ayrilarining murakkabligi va bo‘sh mahkamlanishi, oxirgi krestovinada kontrrelslar bo‘lmasligidir. Ikkilangan nosimmetrik o‘tkazgichlarda ushbu nuqsonlar qisman bartaraf etilgan.
Chorrahasimon o‘tkazgichlar (2.6-rasm) harakatlanuvchi tarkibni bir yo‘ldan ikkinchisiga ikkala yo‘nalish bo‘yicha o‘tkazishga imkon beradi. Bunday o‘tkazgich to‘rt juft ayrilar va to‘rt (ikki o‘tkir 1/9 markali va ikki to‘mtoq burchakli) krestovinalarga ega bo‘ladi.
Chorrahasimon strelkali o‘tkazgich chizmasi:
1 – to‘mtoq krestovina; 2 – ayrilar; 3 – o‘tkir krestovina
 
Har bir chorrahasimon o‘tkazgich o‘zaro qarama-qarshi joylashgan ikki oddiy strelkali o‘tkazgich xizmatini qilib bir muncha qisqa joy egallaydi. Ularni qo‘llash stansiyalarda strelkali bo‘g‘iz uzunligini qisqartiradi va bir necha yo‘llarni kesib o‘tishda poezdlarning ortiqcha burilishlarsiz, osoyishta harakatini ta’minlaydi. Chorrahasimon o‘tkazgichlarni yirik yo‘lovchi stansiyalarning bo‘g‘izlarida qo‘llash ma’qul, chunki ular yordamida bo‘g‘izda teskari burilishlar kamayadi, poezd vagonlarining harakati ravonlashadi va yo‘lovchilarga harakatning notinch ta’siri kamayadi. Bunday chorrahasimon o‘tkazgichlar uchastka va saralash stansiyalarni qayta qurishda mavjud maydon uzunligidan unumli foydalanish maqsadlarida qo‘llanilishi mumkin.
Chorrahasimon o‘tkazgichlar murakkab konstruksiyali tuzilishga ega bo‘lgani uchun ularning ish holatini talab darajasida ta’minlash qiyin va shu bilan birga ular orqali poezdlarni katta tezliklarda (70 km/s) beto‘xtov o‘tkazishga ruxsat etilmaydi.
Temir yo‘llarda kuchaytirilgan konstruksiyali, to‘g‘ri yo‘l bo‘ylab 160 km/soat gacha tezlikda harakatlanishga imkon beradigan 1/11 markali strelkali o‘tkazgichlarni qo‘llash ko‘payib bormoqda. Poezdlarning bosh yo‘ldan yon yo‘lga katta tezlikda o‘tish yo‘llariga 1/18 va 1/22 markali yotiq, zamonaviy strelkali o‘tkazgichlar qo‘yiladi. Bunda yon yo‘l bo‘ylab yurish tezligi tegishlicha 80 va 120 km/soatni tashkil etadi.
Tezyurar Moskva – Peterburg liniyasida yo‘lovchi poezdlarining to‘g‘ri yo‘l bo‘ylab 200 km/soat tezlikda yurishi uchun mo‘ljallangan R65 relsli, 1/11 markali strelkali o‘tkazgichlar qo‘llangan. Ushbu o‘tkazgichning konstruktiv tuzilishida harakatlanadigan, egiluvchan o‘zakli krestovina qo‘llangan. Ish holatida o‘zak tegishli krestovina usovigining yon qirrasiga zich yopishib harakatlanuvchi tarkib g‘ildiraklari uchun uzluksiz relsli yuzani tashkil etadi

Download 1,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish