O’qituvchi: Yusupov F. S


Krestovina chizmasi: KMM – krestovinaning matematik



Download 1,88 Mb.
bet3/5
Sana09.04.2022
Hajmi1,88 Mb.
#538745
1   2   3   4   5
Bog'liq
Nuraliyeva Ozoda

Krestovina chizmasi: KMM – krestovinaning matematik
markazi; 1 – usoviklar; 2 – krestovina bo‘g‘zi; 3 – novlar; 4 – o‘zak
Odatda krestovina o‘zagining ixtiyoriy nuqtadagi kengligini bir birlik deb qabul qilinib o‘sha birlikni shu nuqtadan MM gacha qo‘yish (N marotaba) krestovina markasini ifodalaydi.
Konstruktiv tuzilishi bo‘yicha krestovinalar mahkam birikmali hamda harakatchan qismli bo‘lishi mumkin. Mahkam birikmali krestovinalar o‘z navbatida yig‘ma va yaxlit quyma xillarga ajraladi.
Ikki relsli iz ishchi qirralarining kesishuv burchagi ko‘rinishiga qarab krestovinalar o‘tkir va to‘mtoq burchakli bo‘ladi. O‘tkir krestovinalar yakka yo‘lli o‘tkazgichlar, to‘mtoq kesishuvlar va chorrahasimon o‘tkazgichlarda qo‘llanadi. To‘mtoq krestovinalar esa faqat to‘mtoq kesishuvlar va chorrahasimon o‘tkazgichlarning tarkibida qo‘llanadi. O‘tkir krestovinaning asosiy qismlari uning o‘zagi (serdechnik) va usoviklar hisoblanadi.
Usovik krestovinaning maxsus aniq ko‘rinish berib egilgan relsli qismi bo‘lib, u krestovina o‘zagi va ikkinchi usovik bilan mahkam biriktiriladi. Umuman “usovik” so‘zi qadimiy ruscha “usov” – “beo‘xshov egilgan buyum” ma’nosini beradi.
Usoviklar krestovinaning eng ko‘p siyqalanadigan qismi hisoblanadi. Usoviklar orasidagi eng tor joy sanalgan krestovina bo‘g‘zidan krestovina o‘zagining amaliy boshlanish joyigacha bo‘lgan masofa xavfli oraliq (vrednoe prostranstvo) deb ataladi. Ushbu uchastkada g‘ildirak gardishi krestovinaning tegishli noviga qarshi tomondagi relsli izga biriktirilgan kontrrels yordamida o‘tkazib yuboriladi. 2.4-rasmda quyma o‘zakli krestovinaning ko‘ndalang kesimi ko‘rsatilgan.
Kontrrelslar harakatlanuvchi tarkib g‘ildiraklari krestovinaning bo‘g‘zi orqali o‘tayotganda g‘ildirakning yon gardishini krestovinaning tegishli noviga yo‘llab yuborish uchun xizmat qiladi. G‘ildirak gardishini kontrrelsga urilishdan asrash uchun kontrrels uchlari yo‘l ichkarisiga qaratib egilgan bo‘ladi.
Quyma o‘zakli krestovinaning ko‘ndalang kesim ko‘rinishi: 1 – shaybali qo‘yma; 2 – relsli usovik; 3 – quyma o‘zak; 4 – bolt; 5 – prujinali shayba; 6 – rels mahkamlagich bolt; 7 – klemma; 8 – lafet, krestovinani o‘rnatish uchun yaxlit taglik
O‘tkazgichning strelka va krestovina orasidagi birlashtiruvchi qismi to‘g‘ri uchastka va o‘tkazuvchi egriliklardan iborat bo‘ladi. Ushbu egrilik radiusi krestovina burchagiga bog‘liq bo‘lib, burchak qiymati kamaygan sari radius kattalashib boradi. Krestovina burchagi kichik bo‘lgan o‘tkazgichlar poezdlarning katta tezlikda harakatlanishiga imkon beradi. Strelkali o‘tkazgichlar maxsus boshmoqlar, tagliklar, burama mix va kostil mixlar yordamida o‘tkazuvchi bruslarga yoki temir-beton plitalarga mahkamlanib ballast prizmasiga qo‘yiladi. Bosh yo‘llardagi strelkali o‘tkazgichlar odatda to‘g‘ri yo‘lda joylashtirilishi kerak.
Stansiyalarda harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida Siz talabalar strelkali o‘tkazgichning tarkibiy tuzilishi va unga qo‘yiladigan talablar haqida to‘liq bilimga ega bo‘lishingiz kerak.
Simmetrik o‘tkazgichlarda katta burchakli krestovinalar qo‘llanilishiga qaramay o‘tish egrisi radiuslarini kattalashtirish mumkinligi strelkalar orqali harakat tarkibi g‘ildiraklarining o‘tishini engillashtiradi.
Ayrilar, krestovina va o‘tkazgich egrilarining qisqaligi yo‘llar ulanishini sezilarli qisqartirishga imkon beradi. 1/6 markali R50 va R43 relsli simmetrik o‘tkazgichlarning o‘tish egrisi 200 m va uzunligi 17,37 – 17,54 m bo‘lib ular odatda saralash parklarining tepalik bo‘g‘izlarida, joy tanqis hollarda lokomotiv va vagon xo‘jaliklari hamda yuk hovlilarining yo‘l tarmoqlarida qo‘llanishi mumkin. Kam hollarda har tomonli nosimmetrik o‘tkazgichlar qo‘llanilib, ular ikki yo‘lni har xil burchak ostida ulaydi.

Download 1,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish