Qo‘shiq
1-boshlovchi
Muallim - murabbiy, mo‘tabar, muhtaram zot. Uni mo‘tabar qilgan bolalarga cheksiz mehri, muhtaram qilgan muhabbatidir.
Maktabga qadam qo‘ygan murg‘ak qalblar muallim mehri, muhabbati ila ulg‘ayadi, shu sabab ustozlarni e’zozlaymiz, qadrlaymiz. Shoir aytganidek,
Dedilar: dunyoda asli kim aziz ?
Aytdilar: ustozdir ustoz begumon.
Tag‘in aytdilarda, aziz shubhasiz,
Ustoz qadriga yetolgan inson.
2-boshlovchi
Ustozlar! Bugun sizlarni qancha olqishlasak, qancha sharaflasak shuncha oz. siz ustozlarning poyingizga guldastalar sochib hurmatlab e’zozlasak arziydi. Bugun sizlarni ulug‘ ayyomingiz bilan yana bir bor muborakbod etamiz.
Barcha ilmlarning kaliti sizda,
Saxovat nuri bor bu – qalbingizda.
Otasiz, onasiz har o‘g‘il-qizga,
Ustozim, ustozim sizga ming ta’zim.
Do'stlaringiz bilan baham: |