Xona, noma, bop, xush, ham, rang, kam kabi so‘zlar yordamida yasalgan qo‘shma ot va qo‘shma sifatlar: qabulxona, tabriknoma, ommabop, xushxabar, hamsuhbat, kulrang, kamquvvat.
Narsaning biror maqsad, ish uchun mo‘ljallan- ganligini bildiruvchi qo‘shma otlar: ko‘zoynak, tokqaychi, kirsovun.
Ikkinchi qismi turdosh ot yoki obod so‘zi bilan ifo- dalangan joy nomlari: Sirdaryo, To‘rtko‘l, Yangiobod.
mashq. Berilgan qo‘shma so‘zlarning qo‘shib yozilish sababini izohlang.
Taklifnoma, oliyjanob, mehnatsevar, kamgap, to‘g‘riso‘z, rostgo‘y, rahmdil, xushmuomala, havorang, guldasta, beshik- tervatar, gulbeor, bolabop, kamquvvat, hamxona.
mashq. Juftlab berilgan so‘zlar orasidan so‘z birikmalari va qo‘shma otlarni ajratib, namuna asosida 2 guruhga ajratib yozing.
Do'stlaringiz bilan baham: |