O’qituvchi: Shamsiyeva Dilnoza Baxodirovna «Tasdiqlayman» O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari



Download 475,25 Kb.
bet52/69
Sana18.02.2022
Hajmi475,25 Kb.
#456027
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   69
Bog'liq
9-синф обший

IV. Uyga vazifa
4-mashq

O’qituvchi: Shamsiyeva Dilnoza Baxodirovna «Tasdiqlayman»
O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari


_______________________________
Informatika-9. 21 – dars.

Sinf

9 « »

9 « »

9 « »

9 « »










Sana
























Mavzu: O‘zlashtirish va ma’lumotlarni ekranga chiqarish operatorlari
Maqsad:
Ta’limiy: O`quvchilarga O‘zlashtirish va ma’lumotlarni ekranga chiqarish operatorlari haqida tushuncha berish
Tarbiyaviy: o`quvchilrga iqtisodiy tejamkorlik tarbiyasi berish;
Rivojlantiruvchi: O`quvchilarda o`zlashtirish va va ma`lumotlarni ekranga chiqarish operatorlarini qo`llash ko`nikmalarni rivojlantirish.


DTS: O‘zlashtirish va ma’lumotlarni ekranga chiqarish operatorlari haqida ma’lumotga ega bo`lish.


Dars turi: yangi bilim beruvchi
Dars o`tish metodi: Aqliy hujum, aralash, interfaol.
Dars jihozi: Tarqatma materiallar, 9-sinf darsligi, jadvallar.
Texnik jihozlar: Kompyuter, multimedia vositalari, slaydlar, proektor.


Darsning borishi:
I. Tashkiliy davr
1) salomlashish; 2) davomatni aniqlash.


II. Takrorlash

  1. Qanday funksiyalar standart funksiya deyiladi?

  1. Standart funksiyalarning odatdagi va Paskalda yozilishining qanday farqi bor?

  2. Algebraik ifodalar nimalardan tashkil topadi?

  3. Biror ifodada bir xil amallar qatnashsa, ularning bajarilish tartibi qanday bo‘ladi?

  4. Amallarni bajarish tartibini o‘zgartirish uchun nimalardan foydalaniladi?



III. Yangi mavzuni o`rganish
Paskal dasturlash tili, odatda, tavsiflangan o’zgaruvchilar uchun xotiradan joy ajratib, turiga mos boshlang’ich qiymatlarni yozib qo’yadi:



O’zgaruvchi turi

Boshlang’ich qiymat

O’zgaruvchi turi

Boshlang’ich qiymat

barcha butun sonli

0

barcha haqiqiy sonli

0.0000000000e+00

char

‘ ‘ (probel)

boolean

FALSE

string

‘‘ (bo’sh satr)

string[7]

‘‘ (bo’sh satr)

O‘zlashtirish operatori. O‘zlashtirish operatori o‘zgaruvchilarga qiymat berish uchun ishlatiladi. U := belgi orqali ifodalanadi. O‘zlashtirish operatorning umumiy ko‘rinishi quyidagicha:


:= <algebraik ifoda>;
Bu operator bajarilganda quyidagicha ishlar bajariladi:
1) algebraik ifoda qiymati hisoblanadi;
2) algebraik ifodaning qiymati o‘zgaruvchiga o’zlashtiriladi, ya’ni xotiraning o‘zgaruvchi uchun ajratilgan qismiga (o‘zgaruvchining “eski” qiymati o’chib ketadi) ifodaning qiymati yoziladi.

1–misol. Quyidagi dastur bajarilishi natijasida a nomli o‘zgaruvchining qiymati 22 soniga teng bo‘ladi.
var a: integer;
begin
a := 22;
end.




2–misol. Quyidagi dastur bajarilishi natijasida meva nomli satrli o‘zgaruvchining qiymati “olma” so‘ziga teng bo‘ladi.
var
meva : string;
begin
meva := ‘olma‘;
end.

3–misol. Bu misolda a va b o’zgaruvchilarning qiymati qanday o’zgarishi yaqqol ko’rinadi.
var a,b,m: integer;
begin
a := 8; {a ning qiymati 8 ga teng bo‘ldi}
b := a*5; {b ning qiymati a*5=8*5= 40 ga teng bo‘ldi}
b := b+10; {endi b ning qiymati b+10= 40+10= 50 ga teng bo‘ladi}
m:=m*b; {m ning boshlang’ich qiymati berilmagani uchun 0 deb olinadi, demak, m ning qiymati 0*50=0 ga teng bo‘ladi}
end.
Yuqoridagi misollarda o‘zgaruvchilar turli qiymatlarni o’zlashtirdi. Ammo biz ularning natijasini ko‘rmadik. Chunki ular kompyuter xotirasida qolib, ekranga chiqarilmaydi. Ma’limotlarni kompyuter ekraniga chiqarish uchun chiqarish operatoridan foydalaniladi. Paskalda chiqarish operatori quyidagi ikki xil ko‘rinishga ega:



Write(chiqarish ro‘yxati)

va

WriteLn(chiqarish ro‘yxati)

bu yerda Write (ing. – yozmoq) va Writeln Paskalning xizmatchi so‘zlari; chiqarish ro‘yxati – o‘zaro vergul bilan ajratilgan va ekranga chiqarilishi kerak bo‘lgan ifoda, o‘zgaruvchi yoki o‘zgarmaslar ketma-ketligi. Chiqarish ro‘yxatida ifoda qatnashsa, avval ifoda hisoblanib, hosil bo‘lgan natija ekranga chiqariladi. Chiqarish ro‘yxatidagi o‘zgarmaslar belgili yoki satrli bo‘lsa, albatta apostrof ichiga olinishi shart.


Write va Writeln operatorlarining farqi shundaki, Write operatori yordamida ma’lumotlar ekranga chiqarilgach yurgich ekranning shu satrida qoladi va ekranga chiqariladigan keyingi ma’lumotlar shu satrga yurgich turgan joydan boshlab chiqariladi. Writeln operatorida esa ma’lumotlar ekranga chiqarilgach yurgich keyingi satr boshiga o‘tadi.

4–misol.
begin
write(‘Yashna, ‘); write(‘gulla ‘);
write(‘ona Vatanim!‘);
end.




Dastur bajarilgach, kompyuter ekranida

Yashna, gulla ona Vatanim!


yozuvi hosil bo‘ladi.






5–misol.
begin
writeln(‘Yashna, ‘); writeln(‘gulla ‘);
write(‘ona Vatanim!‘);
end.




Dastur bajarilgach, kompyuter ekranida
Yashna,
gulla
ona Vatanim!
yozuvi hosil bo‘ladi.




6–misol.
program o`zlashtirish_chiqarish;
var a,b:integer;
begin a:=23; b:=a+21;
write(‘b ning qiymati ‘, b, ‘ ga teng‘);
end.




Dastur bajarilgach, kompyuter ekranida

b ning qiymati 44 ga teng


yozuvi hosil bo‘ladi.



Ma’lumotlarni chiqarishda chiqarish formatini ko‘rsatish mumkin. Chiqarish formati chiqarilayotgan ma’lumotlarning ko‘rinishini (formatini) belgilaydi. Buning uchun chiqarilayotgan o‘zgaruvchidan keyin “:” (ikki nuqta) belgisi qo‘yiladi. Masalan, a – haqiqiy turdagi o‘zgaruvchi bo‘lsa, chiqarish formatida ikkita parametr – chiqarilayotgan songa ajratilgan xonalar soni ko‘rsatiladi. Masalan, WriteLn(a:10:2); operatori a ning qiymatini chiqarish uchun 10 ta xona ajratadi, shundan bitta xonasi nuqta va ikkita xonasi kasr qismi uchun ajratiladi. Agar son butun bo‘lsa, chiqarish formatida bitta parametr – chiqarilayotgan songa ajratilgan xonalar soni ko‘rsatiladi. Masalan, WriteLn(b:6);. Satrli va belgili o‘zgaruvchilar uchun chiqarish formati ularning qiymatini chiqarish uchun ajratilgan joy (maydon) uzunligini aniqlaydi.
Chiqarilayotgan son yoki matn unga ajratilgan joyning o‘ng chegarasi bo‘yicha tekislanib chiqadi. Masalan, a:=3.24; bo‘lsa, WriteLn(‘a=‘,a:6:2); operatori ekranga a=__3.24 ko‘rinishdagi yozuvni chiqaradi (= belgisidan keyin ikkita bo‘sh joy (probel) qoladi).
Chiqarish formatida ajratilgan joy o‘zgaruvchi qiymatining “uzunligi”dan kichik bo‘lsa, chiqarish formati bekor qilinadi va o‘zgaruvchining qiymati to‘liqligicha ekranga chiqariladi. Faqatgina haqiqiy son kasr qismining formati bekor qilinmaydi. Haqiqiy sonni chiqarishda formati ko‘rsatilmasa, u ekranga eksponensal ko‘rinishda chiqariladi.

7–misol.
var a,b : real;
Begin a:=3.24; b:=5;
writeln(‘a=‘,a); writeln(‘b=‘,b);
end.




Kompyuter ekranida

a=3.2400000000E+00


b=5.0000000000E+00






8–misol.
var a,b : real;
Begin a:=3.24; b:=5.3;
writeln(‘a=‘, a:6:2); writeln(‘b=‘,b:1:0);
end.




Kompyuter ekranida

a= 3.24
b=5





Keltirilgan ikkala misolda ekranga chiqarilgan a va b o‘zgaruvchilarning qiymatlari bir xil, ammo ularning ko‘rinishida katta farq bor. 8-misoldagi ekranga chiqarilgan axborot albatta 7‑misoldagiga nisbatan aniq va tushunarli ko‘rinishga ega. Sonning kasr qismidagi kerakli raqamlar sonini aniq bilmagan hollarda ekranga noto‘g‘ri natija chiqarmaslik uchun chiqarish formatidan ehtiyotkorlik bilan foydalanish zarur. Yodda tuting: ekrandagi natijani ko‘rish uchun ALT+F5 klavishlar juftligi bosiladi.



Download 475,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish