Bilan, uchun, kabi, singari, orqali so‘zlari mustaqil ma’no bildirmaydi va ular ko‘makchilar deb ataladi. Ko‘makchilar mustaqil so‘zlar bilan birga bitta so‘roqqa javob beradi va quyidagi ma’nolarni ifodalab keladi:
So‘rog‘i
|
Qo‘llanilishi
|
Ma’nosi
|
Kim bilan?
|
ukam bilan
|
birgalik, vosita
|
Nima uchun?
|
musobaqa uchun
|
sabab, maqsad, atalganlik
|
Kim singari (kabi)?
|
ustozim kabi
|
o‘xshashlik
|
Nima orqali?
|
pochta orqali
|
vosita
|
mashq. Berilgan gaplar tarkibidagi ko‘makchi so‘zlarni ko‘r- sating va o‘zi bog‘langan so‘z bilan birga ko‘chiring.
Musobaqa uchun sport anjomlari sotib olindi. 2. G‘oliblarni gullar bilan qarshi oldik. 3. Yaxshi o‘qish uchun qunt bilan tayyorlanish kerak. 4. Qopcha, qopchaning ichida noncha, non- chaning ichida ustuncha (topishmoq: jiyda). 5. Bulutlar borgan sari quyuqlashdi. 6. Tabiatda inson ko‘zi bilan ko‘rib bo‘lmaydigan mayda jismlar ham bor. 7. Barno tabassum bilan javob berdi.
mashq. Berilgan savollar o‘rniga foydalanish uchun berilgan so‘zlardan mosini qo‘yib, gaplarni ko‘chiring.
(Nima uchun?) sport bilan shug‘ullanish kerak. 2. (Kim bilan?) sport to‘garagiga bordik. 3. Har kuni ertalab (nima bilan?) shug‘ullanish insonni sog‘lom qiladi. 4. (Kim singari?) Vatanimiz bayrog‘ini baland ko‘tarish niyatim bor. 5. Vatan dovrug‘ini (nima orqali?) dunyoga tanitish mumkin. 6. Onam (kim uchun?) sport kiyimi sotib oldilar
Foydalanish uchun so‘zlar: ukam uchun, badantarbiya bilan, sport orqali, chempionlar singari, sinfdoshlarim bilan, sog‘lom bo‘lish uchun.
topshiriq. She’riy parchani ifodali o‘qing va ko‘makchilarni aniq- lang
O‘quvchilarni baholash:
Uyga vazifa. Sog‘lom bo‘lish uchun nimalarga e’tibor be- rish kerak? So‘zlab bering.
O‘quv-tarbiyaviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari: ____________________________________
Sana: _________________ Sinf: 7
MAVZU: SPORT — SALOMATLIK GAROVI
(Ko‘makchilar, ularning qo‘llanishi).
Grammatika: O‘quvchilarni ko‘makchilar, ularning qo‘llanishi bilan tanishtirib ularni qo‘llashga o‘rgatish.
Dars maqsadi: O‘quvchilarga bilim berish, SPORT — SALOMATLIK GAROVI
haqida tushuncha berish, Ko‘makchilar, ularning qo‘llanishi tushuntirish.
a) ta’limiy: O‘quvchilarga Ko‘makchilar, ularning qo‘llanishi bilan tanishtirib ularni qo‘llashga o‘rgatish.
b) tarbiyaviy: O‘quvchilarni SPORT — SALOMATLIK GAROVI bilan tanishtirish.
s) rivojlantiruvchi: O‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini o‘stirish, bilim darajasini kengaytirish
Tayanch kompetensiya: Shakllantiruvchi kompetensiya;kommunikativ kompetensiyasi. Milliy va umummadaniy kompetensiya. Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyas
Fanga oid kompetensiya: Nutqiy va lingvistik (tinglab tushunish, gapirish, o‘qish, yozish)
Dars turi: An’anaviy
Dars jihozi: Darslik kitob, tarqatma material.
Dars metodi: suhbat, tushuntirish, savol-javob, ko‘rgazmalilik, “Aqliy hujum” metodi, “Klaster” metodi, “BBB” usuli, “Men jurnalist” usuli
Dars rejasi: 1. Salomlashish va davomatni aniqlash .3 daqiqa
2. uyga vazifa so‘rash 7 daqiqa
3. Yangi mavzu bayoni 10 daqiqa
4. Grammatik qoida bilan tanishtirish. 5 daqiqa
5. . Mustahkamlash: 15 daqiqa
6. Darsni yakunlash, o‘quvchilar bilimini baholash, uyga vazifa 5 daqiqa
Yangi mavzu bayoni:
- topshiriq.Berilgan rasmlar va tayanch so‘z, so‘z birikmalari asosida o‘zaro suhbatlashing
Tayanch so‘z va so‘z birikmalari: kuchlilar sporti, charm qo‘lqop ustasi, ringga chiqmoq, chaqqonlik, qiziqarli o‘yin, ommaviy sport turi, hayajonli damlar, g‘oliblik nashidasi, havas qilaman, O‘zbekiston chempioni.
mashq. Matnni o‘qing va mazmunini so‘zlab bering.
Go‘zallik, salomatlik va sport
Har bir inson go‘zal bo‘lishni xohlaydi. Buning uchun, av- valo, sog‘lom bo‘lish kerak. Kelishgan qad-qomatli bo‘lish, yengil va ravon qadam tashlash go‘zallikning muhim belgilaridir. Yengil va chiroyli qadam tashlashga o‘rganish uchun xoda ustida yurishni, boshda yuk ko‘tarib gavdani tik tutishni mashq qilish kerak. Sportning yengil atletika, suzish turlari, raqs mashqlari ham qomatni chiroyli qilishga yordam beradi. Sportning boks, kurash turlari esa kuchli bo‘lishga; futbol, voleybol, karate kabi turlari epchil, chaqqon bo‘lishga yordam beradi.
Piyoda ko‘p yuring, yuguring, suzing, jismoniy tarbiya bilan muntazam shug‘ullaning, shunda siz sog‘lom va go‘zal bo‘lasiz.
Bilib oling!
Haqida, to‘g‘risida, ustida, yonida, tomon, keyin, orqali, uchun, so‘ng, awal, ilgari, burun kabi so‘zlar ham ko‘niakchi vazifasida keladi.
Ко‘make hilar kelishiklarga o‘xshash vazifalarni ba- jaradi. Ayrim hollarda ko‘niakchilar kelishik qo‘shim- chalari bilan birga yoki ularning o‘rniga qo‘llanishi mumkin. Masalan:
Kitoblarni ukamga oldim. — Kitoblarni ukam uchun oldim.
Darsdan keyin sinf yig ‘ilishi bo ‘ladi.
mashq. Birinchi qatorda berilgan so‘zlarni ikkinchi qatordagi ko‘makchilar bilan bog‘lab yozing.
Namuna: Dars boshlanishi bilan
Kitob, kelgusi orzularim, javon, maktabimiz, mashg‘ulot- dan, kun, har yildagi, tinchlik.
Haqida, to‘g‘risida, kabi, yonida, ichida, tomon, keyin, avval, uchun, sayin.
mashq. Ajratib ko‘rsatilgan so‘zlardagi kelishik qo‘shimchalarini uchun, orqali ko‘makchilari bilan almashtirib gaplarni ko‘chiring.
1. Stadionga shu yo‘ldan boriladi. 2. Maktabimizga yangi sport anjomlari olindi. 3. U murabbiyi bilan telefonda gaplashdi. 4. Tennis musobaqasiga hakamlar tanlandi. 5. Bu xushxabarni tele- vizordan eshitdik. 6. Suv sporti insonga juda foydali. 7. Sportchiga temir iroda suv va havodek zarur.
Sport, sport, sport!
Do'stlaringiz bilan baham: |