O`qituvchi Sana Mavzu: Kompyuter Darsning maqsadi: ta`limiy



Download 1,51 Mb.
bet5/7
Sana31.12.2021
Hajmi1,51 Mb.
#228409
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-sinf O'qish IV- chorak tayyor

Bo’limlar

Vaqti

1

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2

O`tgan mavzuni mustahkamlash

5 daqiqa

3

Yangi mavzu bayoni

15 daqiqa

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

10 daqiqa

5

O`quvchilarni rag`batlantirish. Darsni yakunlash.

10 daqiqa

6

Uyga vazifa

2 daqiqa

Jami

45 daqiqa


I Tashkiliy qism:

  1. Salomlashish,

davomatni aniqlash,

tozalikni tekshirish.

b)Manaviyat daqiqasini o’tkazish

Kun yangiligi.

d) ingliz tili daqiqasi ; Friyend – do’st, friendship- do’stlik

II O’tgan mavzuni mustahkamlash

O’quvchilar bilan savol-javob o’tkaziladi. Dars davomida o’quvchilar rag’batlantirilib baholanadi.

1. O‘tgan darsni so‘rab O`quvchilarni rag`batlantirish. Darsni yakunlash. oldingi darslardagidek o‘tadi. O‘tgan mavzu yuzasidan quyidagicha savol-javob o‘tkaziladi.

a) Abu Ali ibn Sino kim bo‘lgan ekan?

b) Ibn Sino qanday qilib mashhur hakim bo‘lgan?

d) Ibn Sino kasallarga nima degan ekan?

2.O‘qituvchi: Biz bugun Ibn Sinoning yoshligi haqidagi hikoyat bilan tanishamiz.

Matnni o‘qiydi va mazmunini so‘zlab beradi.

3. Lug‘at ishi.

Allamahalgacha — yarim tungacha;

mehr ko‘zi bilan — mehr bilan, yaxshi ko‘rib qaradi.

III Yangi mavzu bayoni:

Muallif haiqda: Tarixiy mavzudagi asarlari bilan mashhur boʻlgan Mirkarim Osim 1907 yili Toshkentda ziyoli oilasida dunyoga kelgan. 1917–1920 yillarda “Shams ul-urfon” nomli boshlangʻich maktabda oʻqigan. 1921–1924 yillarda esa Narimonov nomidagi taʼlim va tarbiya texnikumida tahsil koʻrgan.

Moskva Davlat pedagogika institutining tarix-iqtisod fakultetida (1926–1930) tahsil olgach, dastlab Samarqanddagi oʻqituvchilar tayyorlash kursida, 1932 yildan esa Oʻzbekiston Maorif xalq komissarligi qoshidagi Pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot institutida xizmat qiladi.

Mirkarim Osim oʻz faoliyatini sheʼrlar yozish bilan boshladi. Tarix fanidan qoʻllanma, tavsiya, darsliklar yaratdi. 1940 yildan Alisher Navoiy hayoti va ijodi haqida hikoya qiluvchi “Astrobod”, “Alisher Navoiy va Darveshali”, “Badargʻa”, “Navoiyning xislatlari”, “Ulugʻbek va Navoiy” singari tarixiy qissa va hikoyalar yozadi.

Adib butun umri mobaynida tarixiy qissalar yozish bilan mashgʻul boʻldi; yosh avlodni tarixiy oʻtmish va uning mashhur kishilariga nisbatan hurmat ruhida tarbiyalab, vatanparvarlik, insonparvarlik gʻoyalarini ulugʻladi.

Mirkarim Osim asarlarini mavzu yoʻnalishi boʻyicha uch katta guruhga ajratish mumkin:


  1. Tarixiy-qahramonlik mavzuidagi asarlar.

  2. Tarixiy-maishiy mavzudagi asarlar.

  3. Tarixiy-biografik asarlar.

Qahramonlik mavzuidagi asarlar jumlasiga ijodkorning “Oʻtror”, “Temur Malik”, “Aleksandr va Spitamen” kabi qissa va hikoyalarini kiritish mumkin.

Maishiy mavzudagilarga “Mohlaroyim va Xonposhsha”, “Karvon qoʻngʻirogʻi”, “Elchilar” kabi asarlari kiradi.

Uning “Zulmat ichra nur” (Navoiy haqida), “Jayhun ustida bulutlar” (Beruniy haqida), “Ibn Sino qissasi”, “Aljabrning tugʻilishi” (Al-Xorazmiy haqida), “Singan setor” (Mashrab haqida) kabi qissalari esa tarixiy-biografik mavzudagi asarlar hisoblanadi.

Mirkarim Osim 40-yillar shoʻro qatagʻoni qurbonlaridan biri boʻlib, koʻp yillar davomida tutqunlikda yashaydi. 50-yillarda vataniga qaytgan ijodkor tarixiy asarlar yozishda davom etadi. Nashriyotlarda muharrir boʻlib ishlaydi.

Mirkarim Osim tarixnavis adiblar orasida oʻtmish haqiqatini buzmay, uni qayta badiiy jonlantirishi bilan ajralib turadi. Uning asarlari tarixnavis adiblarning keyingi avlodi uchun adabiy maktab vazifasini oʻtaydi.

Tavalludining 70 yilligi munosabati bilan unga “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi” unvoni berilgan.

2001 yili oʻzbek adabiyoti va madaniyati rivojiga qoʻshgan ulkan hissasi uchun Mirkarim Osim “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlandi.

Kitobga mehr

Mirkarim Osim

Husayn ertalab bozorni aylanib yurgan edi. Ko'zi kitob ushlab turgan bir kampirga tushdi.

Onajon, kitobingizni soturmisiz?

Ha, juda yaxshi kitob.


  • Yigitcha bor puliga kitobni sotib oldi. Uni varaqlay boshladi. Bu kitobda Hu- saynni qiziqtirgan savollarga javob bor edi. Husayn bu kitobni kechasi bilan uxlamay o‘qib chiqdi.

4. Mustahkamlash uchun quyidagicha suhbat o‘tkaziladi:

— Husayn bozordan nima sotib oldi? (Kitob.)

— Kitob Husaynga nimasi bilan yoqdi? (Qiziqarli ma’lumotlar borligi bilan.)

— Onasi — Sitorabonu nega xursand bo‘ldi? (Chunki uning o‘g‘li kitobga mehr qo‘ygan edi.)

Kitobga mehr qo‘ygan bola bilimdon, odobli, aqlli bo’ladi. Siz ham kitobga mehr qo‘ysangiz, ko‘p kitob o‘qisangiz, olim va dono boiib yetishasiz.

5. Topishmoq topish mashqi. Oldin kitobdagi topishmoq o‘qilib, javobi topiladi. Keyin o‘quvchilarbilgan topishmoqlarni topish musobaqasi o’tkaziladi. G‘oliblar rag‘batlantiriladi.

6.O‘quvchilar matnni qismlarga bo’lib o‘qiydilar. Mazmunini so‘zlaydilar.

7. Mustahkamlash uchun test savollaridan foydalaniladi.

1. Xusayn nima sotib oldi?

A. Non. B. Kitob.

2. Sitorabonu nimadan xursand boidi?

A. O‘g‘li kitobaa mehr qo‘yganidan.

B. O‘g‘li yordam berganidan.

3. Nuqtalar o‘rniga mos so‘zni topib qo‘ying. «Kitob — bilim...»

A. Bulog’i. B. O‘rtog‘i.

8. O‘quvchilar 3 guruhga bo’linib, kitob va bilim olish haqidagi maqol va hikmatli so‘zlarni kim ko‘p topadi o‘yinini o‘ynaydi.



9. G‘oliblar aniqlanadi, o‘quvchilar reytingi e’lon qilinib, dars xulosalanadi.

Download 1,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish