O`qituvchi: Sana: Mavzu: Istiqlolim- istiqbolim. Mangulikka tatigulik kun. Metod



Download 1,41 Mb.
bet13/16
Sana31.12.2021
Hajmi1,41 Mb.
#207014
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
4 sinf oqish i chorak

Kutilayotgan natija

Dars yakunida o'quvchilar Vatanning o'tmishi, uning buyuk shaxslari haqidagi tushunchaga ega bo'ladilar. To'g'ri, ifodali o'qish malakalari takomillashadi.

Darsning borishi.

T/R

Bo’limlar

Vaqti

1

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2

O`tgan mavzuni mustahkamlash

5 daqiqa

3

Yangi mavzu bayoni

15 daqiqa

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

10 daqiqa

5

O`quvchilarni rag`batlantirish. Darsni yakunlash.

10 daqiqa

6

Uyga vazifa

2 daqiqa

Jami

45 daqiqa


I.Tashkiliy qism

II. O’tgan mavzuni so’rash va mustahkamlash

Otgan mavzu savollar yordamida mustahkamlanadi.



III.Yangi mavzu bayoni.

Muallif haqida:

NA’MATAK HAQIDA QO‘SHIQ
To‘lqin Ilhomov

Tog‘larda quyoshning uyg‘onish manzarasini chizmoqchiman. Men buni anchadan buyon o‘ylab yurgandim. Shuning uchun bo‘yoqlarim, mo‘yqalamlarim solingan sumkamni yelkamga ildum-u, «hayyo-huv»


deb Chimyonga otlandim. Avtobusda odam siyrak. Yonimdagi ayol kulimsirab so‘rab qoldi:
— Shaharda rosa zerikibsiz-a? Qayerliksiz o‘zi, uka?

— Shahardanman… zerikkanim yo‘g‘-u, endi tog‘lar


boshqacha-da. Tog‘larning rasmini chizmoqchiman.
Shunday manzaralar chizib kelayki, Vatanim qandayligini hamma ko‘rsin. Avtobusdan tushiboq o‘zimni tabiat qo‘ynida ko‘rdim.
— Yuring, sizga bir joyni ko‘rsataman, — taklif qildi o‘sha ayol.
— Anavini qarang, — ayol menga qoya tomonni ko‘rsatdi, — chiroyli-ya?
Qoyaning shundoqqina labida allaqanday buta oppoq gulga burkanib turardi.
— Na’matak, — shivirladi ayol. Men ham yolg‘iz na’matakka hayrat bilan tikilib qoldim.
— Bu yerga sizni o‘zimdan-o‘zim boshlab kelganim
yo‘q, — ayol qoyadan ko‘z uzmay gap boshladi. —
Bu joylar menga nihoyatda qadrli. Bu tog‘-u toshlarda bolaligim izlari bor.
Bir kuni echkilarimni o‘tlatgani shu tomonlarga haydab keldim. Xuddi mana shu toshda ko‘zlari katta-katta, sochi jingalak, oq yaktak kiygan bir kishi qoyaga tikilgancha qotib o‘tirardi. Bolalar qiziquvchan bo‘lishadi,
bilasiz, shu amaki bilan juda-juda gaplashgim keldi.
— Amaki, nima yozyapsiz? — tizzalaridagi daftar-qalamni ko‘rsatdim. — Dars qilyapsizmi? Amaki jilmayib qo‘ydilar, sochlarimga barmoqlarini
tekkizib turib:
— She’r yozyapman, qizalog‘im, — dedilar. — Qani, ayt-chi, qo‘shiq bilasanmi?
— Bilaman. Oymoma chiqqanda unga qarab:

Oymoma pilla,
Qanotlari tilla,
— deb ashula aytaman.
Amaki xursand bo‘lib ketdilar:
— Barakalla, ona qizim, barakalla. She’r ham ana shunaqa, qo‘shiqqa o‘xshagan bo‘ladi. Men anavi na’matak haqida qo‘shiq — she’r to‘qiyapman. Chiroyliligini qara!..
Nafs chayqaladi bir tup na’matak
Yuksakda, shamolning belanchagida…
— Keyin nima qilasiz, amaki?
— Nimani? — birdaniga savolimni anglamay ajablanib qoldilar ular.
— O‘sha yozgan she’ringizni-da?
— Ha, unimi?.. O‘ziga o‘xshagan boshqa ko‘p
she’rlarimga qo‘shib kitob qilaman. Odamlar o‘qishadi, keyin sening tog‘laringda shunaqa chiroyli na’matak o‘sishini bilib olishadi, havaslari keladi…
— Men o‘zim ham o‘qiymanmi?
— Bo‘lmasam-chi, hali o‘qishni o‘rganib olgin, albatta o‘qiysan. She’rlarni o‘qib-o‘qib ularning orasidan na’matak haqidagi bu qo‘shiqni birdan tanib qolasan…
Shunda mening tezroq katta bo‘lgim, amakining na’matak haqidagi she’rini tezroq o‘qigim kelib ketdi. Yillar o‘tdi. Bu voqea esimdan ham chiqib ketgandi. Yuqori sinfda adabiyot o‘qituvchimiz:
— Adabiy kecha o‘tkazamiz. Mana bu kitoblar ichidan istagan she’ringizni yod olinglar, — dedilar. Men olgan kitobimga ko‘z yugurtirdim. «Na’matak». «Qiziq, na’matak haqida ham kitob bo‘larkanmi?»
— xayolimdan dastlab shu o‘tdi. Muqovasini avaylabochdim. Ochdim-u, judayam tanish, mehribon chehraga ko‘zim tushdi. Na’matakni she’r qilaman deb aytgan oq yaktakli kishini aniq ko‘rganday bo‘ldim. Oybek!
— Men shoir Oybekni ko‘rganman, — dedim sinfdoshlarimga. Ko‘rib turibman, hech kim ishonmadi.
— Qishlog‘imiz qayoqda-yu, Toshkent qayoqda! —
dedi partadoshim. — Oybek poytaxtda yashaydilar. Men bolalik xotiralarimni o‘rtoqlarimga aytib berishga shoshildim. Shunday katta shoirning mendek yalangoyoq qizcha bilan gaplashganlariga baribir ishongilari kelmasdi.
— Ha, — dedilar muallimimiz, — buyuk odamlar shunaqa sodda, samimiy, mehribon bo‘ladilar. Sen,
qizim, tarixiy voqeaga shohid bo‘lgan ekansan-u! Buni hecham esingdan chiqarma!..
Men kitobni ochib, o‘sha she’rni ovozimni chiqarib o‘qidim. Satrlar orasidan Oybek domla: «Yana uchrashdik-a!» — deb menga jilmayib qarab turgandek edilar.
Vatan — ulug‘ onadir, aziz,
Biz emganmiz uning quyoshin.
Mehri bilan to‘lib ko‘ksimiz
Erkalaymiz, quchamiz boshin.



Download 1,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish