O`qituvchi: Sana: Mavzu: Istiqlolim- istiqbolim. Mangulikka tatigulik kun. Metod



Download 1,41 Mb.
bet16/16
Sana31.12.2021
Hajmi1,41 Mb.
#207014
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
4 sinf oqish i chorak

Kutilayotgan natija

Dars yakunida o'quvchilar Vatanning o'tmishi, uning buyuk shaxslari haqidagi tushunchaga ega bo'ladilar. To'g'ri, ifodali o'qish malakalari takomillashadi.

Darsning borishi.

T/R

Bo’limlar

Vaqti

1

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2

O`tgan mavzuni mustahkamlash

5 daqiqa

3

Yangi mavzu bayoni

15 daqiqa

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

10 daqiqa

5

O`quvchilarni rag`batlantirish. Darsni yakunlash.

10 daqiqa

6

Uyga vazifa

2 daqiqa

Jami

45 daqiqa


I.Tashkiliy qism

II. O’tgan mavzuni so’rash va mustahkamlash

Otgan mavzu savollar yordamida mustahkamlanadi.



III.Yangi mavzu bayoni.

Muallif haqida: 1953 yilning iyunida Qashqadaryo viloyati Yakkabogʻ tumanining Qishliq qishlogʻida tugʻilgan. 1982 yilda hozirgi OʻzMUning jurnalistika fakultetini tugatgan.

1987 yilda ilk hikoyalar toʻplami – “Zangori koʻl” chop etilgan. Shundan soʻng “Unutilgan qoʻshiq” (1990), “Yuzma-yuz” (1993), “Sariq gul” (1996), “Paxmoq” (1997), “Temur gʻori” (1999), “Arazchi chumchuq” (1999), “Bekatdagi oq uycha” (2000), “Ovul oralagan boʻri” (2005), “Joʻshqin daryo” (2005), “Boʻron qoʻpgan kun” (2007) hikoya va qissalardan iborat toʻplamlari va “Dashtu dalalarda” (2009) romani bosildi.

Adibning “Quyoshi botmaydigan yurt”, “Shim yoxud xotinlar janjali”, “Belbogʻ” kabi asarlari asosida koʻp qismli videofilmlar yaratilgan. Bir qancha hikoya va qissalari rus, qozoq, belarus, qirgʻiz, tatar, arab, turk, xitoy va boshqa tillarga tarjima qilingan.

N. Norqobilov “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi” unvoni hamda “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan.
XARITA
Normurod Norqobil

Matematikani demasa, Rasul boshqa fanlardan xiyla nochor o‘qirdi. Ayniqsa, rasm darsini jini suymasdi. Qizlar kashta tikkanday, allaqanday gullar-u jismlarning


shaklini erinmay chizib o‘tirishga sira toqati yo‘q edi. Shuning uchun ham sinf rahbari uni eng a’lochi o‘quvchilardan Samadga biriktirib qo‘ygandi.
Ammo u akasi uyda kezlardagina Samadning izmiga bo‘ysunar, ya’ni tinchgina darsini qilar, qolgan payt Samadni kurashga tortib, torgina darsxonaning changini chiqarardi. Shu bois, Samad har gal istar-istamas ostona hatlardi. Ammo bu safar u hovliqib kirib keldi.
Qo‘lidagi papkasini bir chetga uloqtirib, qo‘ynidan to‘rt
buklangan qog‘oz chiqardi.
— Qara, nimani chizdim, — dedi hayajonlanib. —
Qishlog‘imiz xaritasini... Manavi yerga chegarachilarni qo‘ydim. Qalay, zo‘rmi?
— Shuning nimasiga hovliqasan buncha? — dedi
Rasul hayron bo‘lib. — Oddiy rasm-da.
— Hali bizda hech kim qishlog‘imiz xaritasini chizmagan, — dedi Samad qizishib. — Buni birinchi bo‘lib men chizdim. Sen yaxshilab qaragin, juda qiziq bu.
Manavinisi o‘zimiz yozda cho‘miladigan ko‘l, bunisi podayotoq... Katta ko‘cha sal qiyshiq chiqibdi. Bunisi maktab, shifoxona... Lekin o‘zimizning hovlini juda o‘xshatib chizdim.
Rasulga egri-bugri chiziqlar bo‘ylab borayotgan chegarachilar, ulardan ham ko‘ra iti ko‘proq ma’qul bo‘ldiRasul ostonaga yaqin joyda xumday boshini oyoqlari ustiga qo‘yib yotgan itiga g‘amgin tikildi. Itining holi yo‘qligiga juda achindi. Lekin sir boy bermaslikka
urinib, chegarachilarga imo qildi:
— Unda manavilar kim?
Oldindagisi men, keyindagisi sen. Qishlog‘imizniqo‘riqlayapmiz. Qiziq bo‘lsin deb chizdim-da.
— Qishloqni nimadan qo‘riqlaymiz? — Rasul hayron bo‘ldi.
— Nimadan bo‘lardi... — Samad javob topolmay,
bir muddat chaynalib qoldi. — Nimadan bo‘lardi, bo‘rilardan-da. O‘tgan qish qo‘ylarimizni qiyratib ketishgani esingdan chiqdimi?
— Unda buni chegarachi emas, qorovul deydilar.
— Nima farqi bor, — Samad tumshayib, rasmga qo‘l cho‘zarkan, birdan yuzi yorishib ketdi. — Aytgancha, muallimimizning gapi esingdami? U kishi qishlog‘imizning o‘zi bir Vatan, kichik Vatan, degandilar. Vatanni qorovul emas, chegarachi qo‘riqlaydi.
Bu gap dastlab o‘zining xayoliga kelmaganidan Rasul ichida o‘zidan qattiq ranjidi. Shunda u birdan ikkinchi chegarachiga nisbatan birinchisi xiyla durust chizilganini payqab qoldi.
— Ikkinchisi emas, birinchisi men, — dedi u.
— Yo‘q, birinchisi men.
— Meni bukriga o‘xshatib qo‘yibsan-ku!
— Hecham-da, — Samad qog‘ozni buklab qo‘yniga
soldi. — O‘zing chizolmaysan, chizganni ko‘rolmaysan. Bu gap Rasulga ayilday botdi.
— Chizolmaymanmi?
— Chizolmaysan! — dedi Samad tap tortmay. — Bu senga shunchaki rasm emas, xarita. Xarita chizishuchun kalla kerak. Hammaning ham qo‘lidan kelavermaydi bu.
— Chizolmaymanmi?
— Yo‘q chizolmaysan!
Ularning tortishuvi Samadning arazlab ketishi bilan yakunlandi

IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.

1. Samadning qishlog‘i xaritasini chizishining sababi nimada deb o‘ylaysiz?
2. Bolalarning tortishib qolishi sababini izohlang.
3. Vatan nima uchun onaga qiyos qilinib «onaVatan» deyiladi?

V.O`quvchilarni rag`batlantirish.Darsni yakunlash

V. VI.Uyga vazifa: Qayta hikoyalash

O`IBDO`:__________________________

4-sinflar uchun O‘qish fanidan 2020-2021 o`quv yili 1-chorakka mo`ljallangan Respublika ta`lim markazi rejasi asosidagi QISQARTIRILGAN DARSLARGA MOS ishlanma.Barchasi yangi 2020- yilgi nashrdagi kitobdan tayyorlangan hech qanday kamchiliklari yo`q nazorat ishlari va mualliflar haqida ma`lumotlar berilgan boshqa konspektlarga aldanib qolmang ularning namunasining o`zidayoq kamchiliklari namoyon bo`lib turibdi. Eng ishonchli variantdagi konspektni to`liq hajmda yuklab olish uchun


Bizda boshqa boshlang`ich sinf va fanlardan ham konspektlar mavjud!
Biz bilan bo‘glanish

Telegram: https://t.me/lider_admin ga murojaat qiling yoki +998990052244 raqami qo`ng`iroq qiling
Telegram kanalimiz: https://t.me/uzkonspekt


Download 1,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish