Pedagogik qobiliyatlar tasnifi (N.V.Kuzmina bo’yicha). N.V.Kuzmina va uning maktabi tomonidan ishlab chiqilgan pedagogik qobiliyatlar kontseptsiyasi bugungi kunda bir muncha to’liq tizimli talqinni ifodalaydi:
Birinchi daraja
Pertseptiv-refleksiv pedagogik qobiliyatlar u o’zida: Hissiylikning uch turini mujassam etadi:a) Ob’ektni his etish o’quvchilar ehtiyojlarini talablar bilan mos kelishining empatiyasi va bahosi bilan bog’liq;
B) Me’yor yoki taktni his etish; v) Tegishlilik hissi.
Bu hissiyliklarning namoyon bo’lishi pedagogik intuitsiyaning asosi hisoblanadi
Ikkinchi daraja.
Proektiv pedagogik qobiliyat-ta’limning yangi samarali usullarini ishlab chiqishga bo’lgan hissiylik bilan muvofiqlashtiriladi.
Gnostik qobiliyat- o’quvchilarning o’qitish metodikalarining tez va ijodiy egallashda, ta’limning turli usullarini yaratishda namoyon bo’ladi hamda ular o’qituvchining o’z o’quvchilari, o’zi haqidagi ma’lumotga ega bo’lishini ta’minlaydi.
Loyihalashtirish qobiliyati- tarbiyalovchi ta’limning yakuniy natijalarini rejalashtirishida namoyon bo’ladi.
Konstruktiv qobiliyat- birgalikdagi hamkorlik faoliyatini ijodiy ish atmosferasini yaratishda namoyon bo’ladi.
Kommunikativ qobiliyat-aloqa va pedagogik maqsadga muvofiq munosabatlarni o’rnatishda namoyon bo’ladi u quyidagilar orqali ta’minlanadi:
● indentifikatsiyaga bo’lgan qobiliyat;
● o’quvchilarning individual qobiliyatlariga bo’lgan hissiylik;
● yaxshi rivojlangan intuitsiya;
● suggestiv xususiyatlar;
● nutq madaniyati omillari (mazmuniylik, ta’sirchanlik)
(L. D. Stolyarenkaga ko’ra)
Tashkilotchilik qobiliyati- o’quvchilarning guruhda o’quv materialini o’zlashtirishda tashkil etish qobiliyatiga bo’lgan o’ziga xos hissiylikda namoyon bo’ladi.
10-ilova
1-o’quv topshiriq FSMU texnologiyasi
Ushbu texnologiya munozarali masalalarni hal etishda hamda o’quv jarayonini bahs-munozarali o’tkazishda qo’llaniladi, chunki bu texnologiya talabalarni o’z fikrini himoya qilishga, erkin fikrlash va o’z fikrini boshqalarga o’tkazishga, ochiq holda bahslashishga hamda shu bilan birga bahslashish madaniyatini o’rgatadi. Tinglovchilarga tarqatilgan oddiy qog’ozga o’z fikrlarini aniq va qisqa holatda ifoda etib, tasdiqlovchi dalillar yoki inkor etuvchi fikrlarni bayon etishga yordam beradi.
F-fikringizni bayon eting
S-Fikringiz bayoniga sabab ko’rsating
M-ko’rsatilgan sababingizni isbotlovchi dalil keltiring
U- fikringizni umumlashtiring
1-guruh
Savol
O’qitish jarayonida akademik qobiliyatning o’rnini qanday baholaysiz?