8.2-mashq.
Matndan so‘zlashuv uslubiga xos birliklarni aniqlang. Hikoya
mazmunidan chiqargan xulosangizni yozma ifodalang.
8.3-mashq.
Quyida berilgan so‘zlardan mosini nuqtalar o‘rniga qo‘yib
chiqing.
AYYORONA IXTIRO
Amerikalik … elektrotexnik Tomas Edison muntazam ravishda nimalar-
nidir ixtiro qilib yurishi bilan mashhur edi. Bir kuni uning dala hovlisida
mehmon bo‘lgan do‘stlaridan biri hovliga kiraverishdagi kichkina …ning
ochilishi qiyin bo‘lganligidan nolidi.
– Uni ochish uchun bor kuchimni …imga to‘g‘ri keldi, – dedi u.
– Tushunarli, – dedi Edison, – lekin kuchingiz bekor ketgani yo‘q. Siz
o‘sha eshikni ochish bilan …dagi suv idishga o‘ttiz … suv ko‘tardingiz.
buyuk, taniqli, darvoza, eshik, ishlatish, sarflash, kuch, quvvat, chelak,
tom, litr, tonna
http://eduportal.uz
39
Do'stlaringiz bilan baham: |