Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar
6.1-topshiriq.
Kichik esse yozing.
Bajarish tartibi:
1) yozishga arziydigan voqea yoki hodisani toping;
2) muhim jihatlarini eslang, dalillarni aniqlang;
3) hodisa ro‘y bergan vaqt, joyni ko‘rsating; qatnashchilarni qayd
eting;
4) voqelikka munosabatingizni aniqlab oling;
5) tasvirlar ekansiz, voqeaga munosabatingizni ifodalashga e’tiborli
bo‘ling.
6.2-topshiriq.
Esse tanlovida badiiy o‘qishga tayyorlaning.
NAZORAT ISHI.
ESSE YOZISH
7.1-mashq.
Yozma matnni o‘qing.
Boyazid Bistomiy hazratlari jinnixona yonidan o‘tayotganlarida bir
tabibning hovonchada dori maydalayotganini ko‘rib:
– Behad gunohkorman, – debdilar, – shu kasalimga qarshi doring
bormi?
Do'stlaringiz bilan baham: |