Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar
1. „Jurnalist qalamining o‘tkirligi“ deganda nimani tushunasiz?
2. O‘ylab ko‘ring-chi, siz gazetxonlik madaniyatiga rioya qilasizmi?
3. Bloger so‘zini qanday izohlaysiz?
4. Bugungi kun ommaviy axborot vakillarining nutqi haqida o‘z fikrlaringizni
ayting.
5. Quyida jurnalist Qulmon Ochilning yozuvchi Said Ahmad bilan bo‘lgan
intervyusidan parcha berilgan. Uni o‘qib, adabiy til me’yorlaridan chetga chiqish
holatlari yuzasidan mulohaza yuriting. Sarlavhaga diqqat qarating.
Do'stlaringiz bilan baham: |