Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar
2.1- topshiriq.
Gazeta uchun xabar matni yozing.
Taxminiy mavzular:
1. „Hayotimdagi unutilmas hodisa“.
2. „Kitobxonlik tanlovi“.
3. „Men havas qiladigan mashhur inson“.
4. „O‘zi ham, so‘zi ham, ishi ham ibrat“.
Bajarish tartibi:
1) yozishga arziydigan voqea yoki hodisani toping;
2) muhim jihatlarini eslang, dalillarni aniqlang;
3) hodisa ro‘y bergan vaqt, joyni ko‘rsating; qatnashchilarni qayd
qiling;
4) ularning har birini qisqacha tavsiflang (bu juda muhim);
5) voqelikka munosabatingizni aniqlab oling;
6) tasvirlar ekansiz, voqeani baholang, munosabatingizni bayon qiling.
Do'stlaringiz bilan baham: |