5-mavzu
. BADIIY USLUB
5.1-mashq.
Berilgan matnlarni o‘qing.
I. Arastu yoshi yetmishga yetganda barbat chalishni o‘rganibdi.
Shogirdlari: „Oppoq sochingiz bilan barbat mashq qilgani uyalmaysiz -
mi?“ – deb so‘rashsa, shunday javob beribdi:
– Davrada o‘tirgan odamlar bu hunarni bilgani holda men ko‘zimni
mo‘ltillatib o‘tirsam, o‘shanda uyat bo‘lur edi. Har qanday ilm-u hunardan
http://eduportal.uz
22
xabardor bo‘lish, uni o‘zlashtirish yo‘lida tortish mumkin bo‘lgan barcha
aziyatlarni bilish odamning fazilatidir. Johil kishigina buning ma’nosiga
tushunmaydi va foydasini bilmaydi. (
Muhammad Avfiy
)
Barbat – to‘qqiz torli cholg‘u asbobi
II.
Talab va takliflarga binoan „O‘zbek tilining morfem lug‘ati“
(26 163 ta so‘z) – to‘liq versiyada. Endi siz soatlab kitob titib, falon
pulga uni sotib olmaysiz. Ushbu lug‘at mutlaqo bepul. Offlayn. Juda ham
qulay. (
Internetdan
)
III.
Mashhur Maugli haqidagi asarni eslaysizmi? Uning muallifi ingliz
shoiri va yozuvchisi Redyard Kipling Nobel mukofotining adabiyot bo‘yicha
eng yosh sovrindori bo‘lgan. U 1907-yilda 42 yoshida „kuzatuvchanlik,
yorqin tasavvur, g‘oyalar yetukligi va buyuk iste’dodi uchun“ ushbu
nufuzli mukofotga munosib ko‘rilgan. Bunga qadar Redyard Kipling 4
roman, 13 tom hikoya, 3 tom bolalar hikoyalari, shuningdek, bir qator
she’rlar va safar eslatmalarini yozishga ulgurgan.
(t/me:adabiyot_olami)
IV.
Xaridorlar ham muayyan tovarni sotib olish uchun o‘zaro raqobat
qilishadi. Bunday raqobat, ayniqsa, tovarning taklif miqdori unga bo‘lgan
talab miqdoridan kam bo‘lganda yaqqolroq namoyon bo‘ladi. Bozorda
tovarning kam miqdorda taklif etilishi tovar taqchilligini yuzaga keltiradi.
Tovarni sotib olish uchun xaridorlar navbat kutib qoladilar. Navbatlarning
paydo bo‘lishi esa xaridorlarning o‘zaro raqobatidan dalolat beradi. Bunday
raqobat ta’sirida narxlar oshadi, tovar sifati tushadi, xizmat ko‘rsatish esa
yomonlashadi.
(„Iqtisodiy bilim asoslari“ darsligidan)
V.
Bostirma tagida, bo‘yin-boshini kattakon eski sholro‘mol bilan
tang‘ib, qo‘lida rapida, ikki yuzi tandirdan endi uzilgan kulchadek qizarib-
bo‘g‘riqib non yopayotgan onasi uni:
– Ebi, o‘zimdi sahroyi ulimmi? Araz-durazing arib-tarqab keldingmi,
bolam? – deya, yaxshi tanimagan bo‘lib chap kaftini peshanasiga soyabon
qilgancha, kulimsirab qarshi oldi. – Ke, ke. Qizginalaring chopib-chopqillab
yuribdimi? O‘zingdi tan-joning sog‘mi? Oyro‘zingdi vaqti xushmi? Tiniq
kampir qalay? O‘tirgandir keng yaylovda kengash qurib?
http://eduportal.uz
23
– Yaxshi, hammaginasi yaxshi, oy kulganday! – dedi Berdiboy
sabrsizlik bilan. – Bu Sanamingiz o‘qishga ketarmish, deb eshitdikmi,
apa? (
Erkin A’zam
)
Do'stlaringiz bilan baham: |