10-mavzu.
SINONIM SO‘ZLAR USLUBIYATI
http://eduportal.uz
50
Beshigimning oldidan qabrim oldigacha yo‘l,
Men ketarman bir kuni, navolarim, zorim qolur.
(
M. Yusuf
)
1. To‘riqni ko‘pkarilarga boqdi, ko‘pkarilarga shayladi. Chavandozlar
bilan olislardagi ko‘pkarilarga …di. (
T. Murod
) 2. Bu kunlarda uning
qalami shunday g‘avg‘o ko‘tardiki, Hirotda qayerga …sangiz, Sultonali
haqida eshitasiz. (
Oybek
) 3. Dunyodan ne-ne ulug‘ zotlar, ne-ne allomalar
o‘tmagan, ularning birortasi ham „Men bunday adolatsiz zamonda
tug‘ilishni istamayman“, deb ortiga qaytib …gan emas. (
Sh. Boshbekov
)
4. Sen …ding-u yangroq sahnim Befayz, benur, bo‘shab qoldi. (
Mirtemir
)
10.3-mashq.
Oybekning „Navoiy“ romanidan olingan parchani o‘qing.
Ifodalangan fikr yuzasidan mulohaza bildiring.
„Jang maydoni yigitlarga husn bag‘ishlaydi. Yigit uchun mardlik,
qahramonlikdan o‘zga ulug‘roq, oliyroq bir fazilat bormi?“ – dedi Navoiy.
1. Ushbu ko‘chirma gapli qo‘shma gapni o‘zlashtirma gapga aylan tiring.
Muallif gapining kesimi qanday o‘zgarishga uchradi?
2. Gapda qanday sinonim so‘zlar uchradi? Sinonimlar qatorini davom
ettirishga harakat qiling.
10.4-mashq.
Nuqtalar o‘rniga
aytmoq
va
demoq
fe’llaridan mosini qo‘yib
ko‘chiring.
1. Aziz shogirdim! Hozir …moqchi bo‘lgan so‘zlarimni aql
chig‘irig‘idan o‘tkazib, tafakkur elagida saralab, diqqat qulog‘ing birla
eshitib, yuragingga joylaginki, bundan ko‘p va xo‘p manfaatlar topgaysan.
(
„Farzandnoma“dan
)
2. O‘n to‘rt kunlik oyday farishta bo‘lib, Shirin tushlarimni suvlarga
…dim. (
O. Hojiyeva
)
3. Yog‘och mixga …di: „Meni yaralading!“ Mix: „Boshimga tush -
gan zarbalarning og‘irligini bilganingda edi, meni kechirarding“, – …di.
4. Hovonchaga …m: „Noming ko‘p baland,
… , kimdan chekasan bunchalar faryod?“
… di : „Ne til bilan …ay, ey Sa’diy,
Zarbni o‘z yorimdan yeyman umrbod!“
(
Sa’diy Sheroziy
)
http://eduportal.uz
51
Nazariy matn
Sinonim birliklarning ma’nosi yaqin bo‘lsa-da, ammo bir xil emas. Ular
ifoda bo‘yog‘iga ko‘ra farqlanadi. Ba’zilarida bo‘yoq kuchli, boshqasida
kuchsiz (
bo‘sh – latta
), ba’zilarida ijobiy, ayrimlarida salbiy (
kulmoq –
tirjaymoq
) bo‘ladi. Sinonimlar uslubiy xoslanganlik jihatidan ham o‘zaro
farqlanadi. Sinonimlar birikuvchilarni ham tanlaydi. Masalan,
stolning yuzi
deyish mumkin, ammo
stolning basharasi
deb bo‘lmaydi. Ayrim sinonimlik
munosabati barqaror (
kishi – odam – inson
), ayrimlari nutqiy (
go‘zal –
oy – gul
)
hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |