„O‘qituvchi nashriyot-matbaa ijodiy uyi toshkent-2020


Raqqosa tizzalarini bukib bargikaram  shohi



Download 5,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/72
Sana15.03.2023
Hajmi5,3 Mb.
#919497
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   72
Bog'liq
ona tili 10 uzb

Raqqosa
tizzalarini bukib bargikaram 
shohi
dan tikilgan belbog‘ 
ustiga cho‘kadi. Sochlari 
shalola
day belbog‘ uzra to‘kiladi. Beqasam 
nimchalarida sadaf tugmalari yulduzday yonadi. Uning majnuntolday 
egilgan qaddiga hamma mahliyo. Ana, egila-egila uning boshi belbog‘ 
kashta
lariga tegadi… Raqqosa asta-asta silkinib o‘rnidan turadi va himmat 
qilib belbog‘ yoyganga 
ta’zim bajo keltiradi
. (
O. Hojiyeva
)
2. 
Garchand
bitta yurakka Olloh bo‘lib o‘taman,
Vahki, g‘am 
sahro
sida bir oh bo‘lib o‘taman.
Yorab, o‘ylabmidim men, 
dunyoyi dun
oralab,
Shuncha ko‘zyosh, qonlarga 
guvoh
bo‘lib o‘taman.
(
H. Xudoyberdiyeva
)
http://eduportal.uz


80
15.2-topshiriq.
Berilgan rasmlar uchun topishmoq tuzing. Bu so‘z larning 
lug‘aviy ma’nosini aniqlang.
Namuna:
Pomidor (ital. „oltin olma“) – qizil rangda tuguncha, ichi 
to‘la kulchacha.
16-mavzu.
 DUNYO TILLARI VA O‘ZBEK TILI. 
 O‘ZBEK TILI KOMPYUTER TILI BO‘LA OLADIMI?
16.1-mashq
.
Matnni o‘qing.
DUNYO TILLARI HAQIDA QIZIQARLI MA’LUMOTLAR
Dunyoda so‘z jihatidan eng badavlat til arab va ingliz tillari hisoblanadi. 
Ingliz tili hisobida ikki yarim milliondan ortiq, arab tili hisobida esa uch 
yarim milliondan ortiq lug‘at boyligi bor. O‘zbek tili zaxirasi taxminan 
1 400 000 – 1 600 000 atrofida so‘zga ega ekan. Bu ma’lumotlar, albatta, 
ijtimoiy sohalarga nisbatan olingan, xolos. Tilshunoslik fanidan ma’lumki, 
qaysi tilda sinonimlar – ma’nodosh so‘zlar ko‘p bo‘lsa, o‘sha til eng 
boy til; shuningdek, qaysi tilda shakldoshlar – omonim so‘zlar ko‘p 
bo‘lsa, o‘sha til kambag‘al tillar sirasiga kiradi, deya yuritiladi. Masalan, 
shimoliy qutbda yashaydigan eskimos qabilasiga mansub millat tilida 
„qor“ so‘zining 20 xil sinonimi mavjud. Arab tilida esa „cho‘l“ so‘zining 
100 dan ortiq varianti bor. 
Yer kurrasi bo‘ylab eng keng tarqalgan til esa ispancha hisob la -
nadi. Ispan tilining bu qadar ommalashib ketishiga, avvalo, mashhur 
sayyohlar, dengiz qaroqchilari va ispaniyalik mustamlakachilar sabab 
bo‘lib qolgan. Hatto AQSHning 50 ta shtatidan 23 tasida dav lat tili ispan 
tili hisoblanadi. (
M. Bobojonov
)
http://eduportal.uz


81
16.2-mashq.
Matndagi so‘zlarni to‘rt guruhga ajratib yozing.
A) turkiy so‘zlar;
B) arab tilidan o‘zlashgan so‘zlar;
D) fors-tojik tilidan o‘zlashgan so‘zlar;
E) rus tili orqali kirib kelgan so‘zlar.
Nazariy matn
Barcha tillar yashab qolish darajasi nuqtayi nazaridan quyidagicha 
tasnif qilinadi: 
1) xavfsizligi ta’minlangan tillar: ingliz, xitoy, ispan, nemis, yapon, 
fransuz, arab tillari; 2) ehtiyottalab tillar: belorus, yoqut, chechen, tuva 
tillari; 3) o‘lim xavfiga yaqinlashayotgan tillar: chukot, karel, qalmiq, 
udmurd tillari; 4) o‘lim xavfiga duch kelgan tillar: aleut, ters-saam, itelmen 
tillari; 5) O‘layotgan tillar: ayn tili, yuka(gir) tili, ubix tili.
Tillarning xavfsizligi alifbo-imloga, ko‘p sonli so‘zlashuvchilarga va 
davlat tili maqomiga egalik hamda axborot-kommunikatsiyalar sohalari, 
Internet tili ekanligi bilan ta’minlanadi.

Download 5,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish