O’qituvchi: Maxmudov Yormamat 2021 Mundarija


-mavzu Elektr stansiya va elektr tarmoqlari jihozlarini konsruksiya qismlariga ajratish



Download 1,22 Mb.
bet24/49
Sana22.11.2022
Hajmi1,22 Mb.
#870373
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   49
Bog'liq
O’qituvchi Maxmudov Yormamat 2021 Mundarija

13-mavzu Elektr stansiya va elektr tarmoqlari jihozlarini konsruksiya qismlariga ajratish.
Reja:

  1. Elektr tarmoqlari jihozlarini konsruksiya qismlariga ajratish.

  2. Elektr stansiya jihozlarini konsruksiya qismlariga ajratish

Elektr stansiyasi — elektr energiyasi ishlab chiqarish uchun moʻljallangan uskunalar, jihozlar va apparatlar, buning uchun zarur inshootlar va binolar majmui; elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi korxona hisoblanadi. Energiya manbalariga qarab, issiqlik elektr stansiyalari (IES, bugʻ turbinali, gaz turbinali, dizelli), gidroelektr stansiya, shamol elektr stansiyasi, gidroakkumulyatsiyalovchi elektr stansiyasi, koʻtarilish suv elektr stansiyasi va magnitogidrodinamik generatorli styalarga boʻlinadi. Atom elektr stansiyasi, geotermal (yer issiqligidan foydalanuvchi) elektr st-yalari va gelioenergetika st-yalari (qarang Geliotexnsha) issiqlik elektr st-yasi jumlasiga kiradi.


Elektr stansiyasi
Geotermal Elektr stansiyasi yer ostidagi issiqlikni elektr energiyasiga aylantiradigan bugʻ turbinali Elektr stansiyasi dir. Vulkanli hududlarda 2000–3000 m yer ostidagi suvlarning temperaturasi 100° dan yuqori boʻladi (qarang Geotermal resurslar). Geotermal Elektr stansiyasida suvbugʻ aralashmasi yer sirtiga chiqarilib, separator qurilmasiga beriladi va suvdan bugʻ ajratiladi. Bugʻ turbinaga, issiq suv isteʼmolchilarga beriladi. Bunday st-yalar Rossiya, Italiya, Yangi Zelandiya, AQSH va Yaponiyada ishlatiladi.
Issiqlik Elektr stansiyasi elektr energetikaning asosi hisoblanadi. Birinchi qudratli elektr st-ya birlamchi energiya manbalari yaqiniga qurish va ishlab chiqarilgan elektr energiyasini uzoq isteʼmolchilarga faqat uch fazali oʻzgaruvchan tok asosidagina uzatish mumkin. Shunday elektr st-yalarning birinchisi 1891-yil M. O. Dolivo-Dobrovolʼskiy tomonidan Laufen shahri (Germaniya)da qurilgan. U suv turbinasining quvvati 300 o.k.ga teng gidroelektr st-ya boʻlgan. Oʻzbekistonda 20asr 10- yillarida barcha elektr st-yalarning umumiy quvvati 3000 kVt dan oshiqroq edi. 1920—30- yillarda Toshkent, Buxoro, Samarqand va boshqalar shaharlarda yirik dizel elektr st-yalari qurildi. Oʻzbekistonda qurilgan birinchi gidroelektr st-ya — Boʻzsuv 1 1926-yil 1-mayda ishga tushirilgan. Keyinchalik birinketin GESlar va IES lari qurilgan Elektr energiya bilan ta'minlanishing ishonchiiligini oshirish uchun iste'molchilarni 3ta toifaga (kategoriya) ajratiladi. 1-toifali iste'molchilar asosan 100% energiya bilan ta'minlanish kerak, Buning uchun bir-biriga bog`liq bo`lmagan ikki tomonlama energiya manbaidan energiya bilan taminlnanishi ikki simli elektr energiya uzatish liniyalar va ikki transformatorli podstantsiyalyardan foydalanish maqsadga muvofiqdir, 2-toifali istemolchilar esa baland kuchlanishga moslashtirilgan: ishonchliligi yuqori bo`lgan bir simli elektr uzatish liniyalaridan foydalanib yuklama koeffitsiyenti KYu=0.75 bo`lgan ikki transformatorli podstantsiya yordamida elektr energiya bilan ta'minlanishni e'tiborga olish shart, 3-toifali istemolchilar ko`pincha bir simli liniyalar orqaga uzatiladigan elektr energiyani bir transformatorli podstantsiyalar yordamida ta'minlanadi. Bunda zaxiradagi ikkinchi transformator bir sutkada almashtirilish e'tiborga olinadi. Tanlangan simlar har tomonlama halokat yuz berganda qoniqtira olishligi e'tibordan holi emas.
Elektr tarmoq va tizimini loyihalashtirishda bir necha variantlar sxemalari asosida bir xil yo`nalishdagi hisoblashlar natijasi bilan iqtisodiy ko`rsatkichlari taqqoslanib, eng kam xarajatli variant qabul qilinadi.
elektr tarmoqlarining sxemasini tanlash uchun bir nechta (10-12) variantlar chiziladi, ularning podstantsiyalararo masofalari, ya'ni elektr uzatish liniyalarining uzunliklariga qarab 2ta eng qulay va ishonchliligi yuqori bo`lgan variant tanlab olinadi.Bu ikki variantni texnik iqtisodiy ko`rsatkichlariga qarab taqqoslanadi. Rayon elektr tarmoqlari asosan 3 xil ulanish sxemasiga ega;
1 )Radial (ochiq tarmoqlangan).
2)Halqasimon (yopiq zanjirli sxema).
3)Aralash.
Mazkur ulanish sxemalari istemolchilarning toifalariga qarab, uzatish liniyalarning masofalariga, rezerv quvvatlardan foydalanish va rangli metallarning kam xarajat qilinishlari inobatga olinadi, Shunday qilib tanlanayotgan sxemadan ishonchililik, sifatli va iqtisodiy jihatdan kam xarajatli bo`lishligi, har bir podstantsiyadagi transformatorlarning soni va quvvati, kommutatsion apparatlar muhim o`rin egallashligini talab qilinadi.
10-12 ta konfiguratsiyadan 2 ta optimal variantni tanlab olish loyihachida o`ta muhim qobiliyatni, fikrlashni, oldindan maqsadni ko`ra bilishni talab qiladi. Bunda kurs loyihasining raxbari bilan kelishilgan holda sxema tanlansa maqsadga muvofiq bo`ladi.

Download 1,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish