Transporti. Temiryo'llarning uzunligiga ko'ra Hindiston jahondagi yirik beshta mamlakatlar qatoridan o'rin oladi. Ammo transport tarmoqlarining texnik-iqtisodiy imkoniyatlari hozirgi davr talablaridan ancha orqada. Jumladan, temiryo'llarining anchagina qismi hozirgacha tor izli yo'llar bo'lib, ularda foydalanishdan allaqachonlar chiqib ketgan lokomotivlar xizmat qiladi. Avtomobil yo'llari ancha uzun va sertarmoq bo'lishiga qaramay, uning tarkibida qattiq qoplamaga ega bo'lgan yo'llar salmog'i ancha kam. Suv transportidan faqat dengiz bo'ylaridagina foydalaniladi. Ularning eng yirigi Shimoli-sharqiy Hindistondir. Rayonning tashkil topishida deyarli bir yarim asr mobaynida Britaniya Hindistonining siyosiy markazi bo'lib kelgan Kalkuttaning roli kattadir. Hozirgi vaqtda u mamlakatning ikkinchi yirik sanoat va port shahridir. Shuning bilan birga, bu rayon mamlakatning eng yirik yoqilg'i-energetika, metallurgiya, mashinasozlik, yengil va oziq-ovqat sanoatlari rayoni hamdir. Unda eng ko'p sholi, jut, choy yetishtiriladi. Ayniqsa, jahondagi eng sifatli choy yetishtiruvchi Darjiling vodiylarining nomi olamga mashhur.
Iqtisodiy ahamiyatiga ko'ra mamlakatning ikkinchi rayoni G'arbiy Hindistondir. Uning markazi Mumbay shahri jahonning eng yirik madaniy va sanoat markazlaridan biri.
Hindiston iqtisodiyotining uchinchi rayoni Shimoliy va Markaziy Hindistondir. Eng yirik hudud va eng ko'p sonli aholiga ega bo'lgan bu rayonning tashkiliy markazi Dehlidir. Jahonning eng qadimiy shaharlaridan bo'lgan Dehli, Agra, Jaypur kabi shaharlari hind-musulmon arxitektura yodgorliklariga juda boydir.
Janubiy Hindiston mamlakatning o'ziga xos ishlab chiqarish ixtisosiga ega bo'lgan 4- rayondir. Tashkiliy markazi Madras shahridir. Bu rayon iqtisodiyotining asosini qishloq xo'jaligi tashkil qiladi. U, asosan, yeryong'oq, kokos yong'og'i, kauchuksimonlar, kofe, xushbo'y va shifobaxsh dorivor mahsulotlari hamda paxta, don yetishtirishga ixtisoslashgan. Madras, Haydarobod, Visakxapatnam kabi shaharlarda keyingi davrlarda mashinasozlik, metallurgiya, neft kimyosi kabi sanoat tarmoqlari an'anaviy yengil va oziq-ovqat sanoatlari bilan hamohang rivojlanmoqda.
Amaliy ishlar:
1. Hindiston xo'jaligining rivojlanishi va joylanishiga xos xususiyatlarni aniqlab o’quvchilar daftarlariga yozib qo'yadilar.
2. Yozuvsiz kartaga Hindistonning «millioner» shaharlarini tushirib, ularni mamlakat iqtisodiyotidagi о'mini baholab beradilar.
VIII.Uyga vazifa
Savol va topshiriqlar
1. Hindistonning sanoati haqida bilganlaringizni gapirib bering.
2. Hindistonning aholisiga, qishloq xo'jaligiga ta'rif bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |