Yengil sanoatida ip-gazlama va to'qimachilik tarmoqlari, tayyor kiyimlar, xalq hunarmandchiligi asosida boshqa turli xalq mahsulotlari ishlab chiqarishning o'rni juda yuqori. Ular, asosan, tashqi bozor uchun mahsulot beradi. Oziq-ovqat sanoatida ham choy, qand-shakar (bu mahsulotlarni yetishtirishda u jahonda birinchi o'rinda turadi), qandolat- o'simlik, o'simlik moyi kabilarning katta qismi tashqi bozor uchun ishlab chiqariladi.
Q ishloq xo'jaligi tarixiy davrlar mobaynida Hindistonning asosiy ishlab chiqarish tarmog'i bo'lib qolmoqda. Bu tarmoqda mchnatda band bo'lgan jami aholining 70 foiziga yaqini ishlaydi. Hozirgi vaqtda Hindiston jahonda choy, shakarqamish, yeryong'oq, ayrim dukkakli don mahsulotlari, murch, turli dorivor ekinlar yetishtirishda birinchi, sholi, jut bo'yicha ikkinchi, tamaki yetishtirish bo'yicha uchinchi, bug'doy, paxta yetishtirish bo'yicha to'rtinchi o'rinda turadi.
Hindistonning tabiiy sharoiti qishloq xo'jaligini rivojlantirish uchun ancha qulay. Shu sababli hududining yarmidan ko'pi ekin maydonlariga aylantirilgan. Ekin maydonlarining kattaligiga ko'ra u jahonda AQShdan keyinda turadi, xolos. Mamlakat ekin maydonlarining 2/5 qismi sug'orishni talab qiladi. Sug'oriladigan maydonlarining hajmiga ko'ra esa Hindiston faqat Xitoydan keyin turadi.
Ekin maydonlarining 85 foizida oziq-ovqat beruvchi ekinlar ekiladi. Shu sababli Hindiston yalpi don mahsulotlari yetishtirishda jahonda uchinchi o'rinni egallaydi. Bunda, ayniqsa, sholi yetishtirishning ahamiyati katta. Chunki, guruchli ovqatlar hindlarning kundalik ozuqasining 85 foiziga yaqinini tashkil qiladi. Sholi amalda Hindistonning barcha shtatlarida keng ekiladi. Gang pasttekisligi va Braxmaputra daryobo'yi tekislik hududlarida esa asosiy maydonlar sholi bilan band.
Bug'doy ozuqa mahsulotlari beruvchi ekinlarning ikkinchisidir. Hind va Gang daryolari havzalarining yuqori qismlari mamlakatning asosiy bug'doy mintaqasi bo'lib hisoblanadi. Bu Panjob (besh daryo demakdir) vodiysida bug'doy, asosan, rabi mavsumida obikor yerlarda yetishtiriladi.
M amlakatda bundan tashqari, paxta va moy beruvchi ekinlar (Dekan yassi tog'ligi), shakarqamish (Gang-Braxmaputra pasttekisligi), jut (G'arbiy Bengaliya), choy (Sharqiy Hindistonning tog'oldi qiyaliklari), kokos yong'og'i va shifobaxsh dorivorlar (Arabiston dengizi sohillari) va boshqalar ham ko'p yetishtiriladi.
Hindistonda chorvachilik yetarli darajada rivojlanmagan. Garchi u dunyoda qoramollar soniga ko'ra birinchi o'rinda (ularning soni 200 mln. boshdan ziyod) bo'lsa-da, kam mahsuldorligi bilan ajralib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |