O‘qitish metodikasi o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan o‘quv qo‘llanma sifatida tavsiya etilgan



Download 1,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/140
Sana23.04.2023
Hajmi1,72 Mb.
#931288
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   140
Bog'liq
adabiyot o\'qitish metodikasi q husanboyeva , r niyozmetoa 2

Birinchidan, 
sog‘lom vujudli qilib o‘stirdim – quvvatli bo‘ldingiz. Ikkinchidan
yarog‘ bilan tanishtirdim – yarog‘ ishlatishga usta bo‘ldingiz. 
Uchinchidan, qo‘rqitmay o‘stirdim – botir bo‘ldingiz
», – tarzidagi 
so‘zlariga e’tibor qiling. Bu so‘zlarning yigitlar tabiatiga xos xu-
susiyatlarni belgilashdagi o‘rnini izohlang» o‘rtaga tashlanganda 
o‘quvchilar o‘ylanishi, o‘zini bir oz zo‘riqtirishi kerak bo‘ladi. Bu 
topshiriq bolalarni yigitlarning tabiatiga xos bo‘lgan baquvvat-
lik, yarog‘ ishlatishga ustalik, botirlik, topqirlik, zukkolik, sinch
-
kovlik kabi sifatlar ularning qaysi ishlarida ko‘ringanini matndan 
qidirishga yo‘naltiradi. O‘qituvchi ulardan muntazam ravishda 
fikr larini matnga tayangan holda bayon etishni, aytgan
larini asos-
35
Ahmedov S., Qosimov B., Qo‘chqorov R., Rizayev S. Adabiyot. 5-sinf uchun 
darslik-majmua. – T.: «Sharq», 2007. 64-b.


94
95
lashni talab qilishi lozim bo‘ladi. So‘ng o‘quvchilardan otaning: 
«
To‘g‘ri bo‘ling – bexavotir bo‘lasiz. Maqtanchoq bo‘lmang – xi-
jolatga qolmaysiz. Dangasalik qilmang – baxtsiz bo‘lmaysiz
» tarzi-
dagi nasihatiga o‘z munosabatlarini bildirishlari so‘raladi. To‘g‘ri, 
o‘quvchilarning bu nasihat mazmuni borasida fikrlari sodda, o‘z 
bilganlari doirasida bo‘ladi. Lekin muhimi o‘quvchida fikrning, 
o‘z qarashining shakllanib borishidir. Uning o‘qituvchi tomonidan 
to‘ldirilishi, tuzatilishi metodik jihatdan to‘g‘ri bo‘lmaydi. 
Og‘a-inilarning o‘z sarguzashtlarini bir-birlariga ham dar-
rov aytib bermaganliklari ularga xos yana qanday fazilatning bel-
gisi ekanini o‘quvchilar o‘zlari kashf etsinlar, maqtanchoqlik yot 
bo‘lgan botirlarning og‘ir-bosiqligi, kamtarligiga havas bilan qaray 
bilsinlar. Buning uchun o‘quvchilarning e’tiborini shularga qarata
-
digan savollar o‘rtaga tashlanadi. Qahramonlarga xos bo‘lgan si-
fatlarga o‘quvchilarning havasini qo‘zg‘otish, bu sifatlarning yax
-
shi ekanini ularning ko‘ngliga joylash o‘qituvchining vazifasi. 
Keyin: «Kenja botir sarguzashtlariga e’tibor bering. Uning 
o‘g‘rilarni o‘z holiga qo‘yib ketib qolmaganligi sababini izohlash-
ga urining», «Kenja botirning tadbirkorligi, topqirligi, jasur-
ligi bilan ertak boshida ota tomonidan aytilgan gaplar o‘rtasidagi 
bog‘liqlikka e’tibor qiling» singari topshiriqlar berilganda, ularga 
aniqlik kiritish lozim bo‘lsa, qo‘shimcha savollardan ham foy
-
dalanish mumkin. Kenja botirning fazilatlari uning qaysi amal-
larida ko‘rinishiga o‘quvchilar e’tiborini tortish, qilgan ishlari va 
fazilatlariga munosabat bildirishga undash lozim bo‘ladi.
Asar mazmuni yuzasidan taqdim etilgan: «Kenja botir hikoya-
sidagi to‘ti bilan bog‘liq kuzatishlaringizni bildiring. Va’daga vafo 
qilish uchun ota-onasi, aka-ukalari, yaqinlari, eng muhimi, ozod
-
ligidan kechib kelgan to‘tining olijanobligiga ko‘rsatilgan oqibatni 
izohlang», «Ertakdagi va hikoyadagi shohlarni bir-biriga solishtir-
ing», «Botirlarning saroydan ketish to‘g‘risidagi qaroriga muno-
sabatingizni bildiring» kabi savol-topshiriqlar o‘quvchilarni an
-
cha o‘ylantirishi mumkin. Ularning ko‘pchiligidan kutilgan javob 
chiqmasligi ham oddiy hol. Lekin bu savollarga o‘quvchilarning 
munosabati keyingi soatda bo‘ladigan ertak darsining samarasini 
ta’minlaydi. Hikoyadagi to‘ti va podshoh timsollariga xos sifatlar: 
va’daga vafo va o‘ylamay, shoshqaloqlik bilan tadbir ko‘rish haqi-
da o‘quvchilar bolalarcha sodda xulosa chiqaradilar. 


95
Suhbat jarayonida: «Og‘a-inilarning ziyofat paytida dastur-
xonga qo‘yilgan go‘sht, shinni, non taxlami to‘g‘risidagi fikrlariga 
e’tibor qiling. Yigitlardagi bilgichlikning sababi haqida o‘ylab 
ko‘ring», «Podshoning gaplariga asosan to‘ng‘ich botir javob ber
-
ganligini qanday izohlaysiz?», «Qizlar yo‘qotgan tillalariga gavhar 
qo‘shib oldilar» – degan ibora zamiridagi yashirin mazmunga e’tibor 
qiling va uni izohlang» singari savol-topshiriqlar o‘quvchilarni asar 
matnida ilgari surilgan g‘oyalar haqida mulohaza yuritishga unday-
di. «Ilon bilan bog‘liq voqeada podshoh ko‘rgan choraga muno
-
sabat bildiring. Birovning gapiga kirib, shoshqaloqlik bilan yaqin 
kishisini jazolagan hukmdor shaxsiyati haqida mulohaza yuriting», 
«Vazirning xulosasi va maslahatiga munosabatingizni bildiring» 
singari topshiriqlar 5-sinf o‘quvchilarini fikrlashga yo‘naltiradi.
Uy vazifasi qilib ertakning ikkinchi, uchinchi tugashini yozish
-
ni topshirish ham o‘quvchilarni keyingi «ertak darsi»ga tayyorlani-
shiga asos bo‘ladi. Ertakdagi: «Kenja botir podshohga qarab bir 
hikoya aytdi...» jumlasidan keyingi hikoyani o‘quvchilar ertakdagi 
voqealar rivojiga moslashtirib yangidan yaratishlari ham mumkin. 
Uni bajara bilganlarni rag‘batlantirish, eplay olmaganlarni ke-
yingi safar urinib ko‘rish mumkinligini aytib, umidlantirish foydali 
bo‘ladi.
Adabiyot darslarida o‘quvchi ma’naviyatining tozarishida 
qo‘l keladigan metodlardan yana biri 

Download 1,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish