7- NAZORAT ISHI
Mavzu: O‘zak va o‘zakdosh so‘zlar.
Nazorat shakli: Diktant.
Savob ish qildi
Nosir kavlab olingan piyoz paykalida qolgan piyozlarni yig‘di. U bir necha kunda to‘rt qop piyoz to'pladi. Uning xolasi shaharda yashaydi. Nosir ikki xalta piyozni xolasinikiga olib bordi. Xolasi Nosirdan juda minnatdor bo‘ldi. Kechqurun bu haqda ota-onasiga aytdi. Ular ham mamnun bo‘lishdi va shunday deyishdi:
— Nosirjon bolam, bugun juda savob ish qilding. Chunki xolangning dastyorlari yo‘q. Bozorga borishga qiynaladilar. (62 so‘z)
8- NAZORAT ISHI
Mavzu: O‘tilganlarni takrorlash.
Nazorat shakli: Test sinovi.
I variant
1. Berilgan gapdagi ikkinchi darajali bo‘laklarni belgilang: Sarg‘aygan barglar yerga to‘kildi.
Sarg‘aygan
to‘kildi
barglar
2. Gapda so‘zlarning bog‘lanishi qanday aniqlanadi?
Qo‘shimchalarning qo‘llanishiga qarab
so‘roqlar yordamida
ohangiga qarab
3. Mayin shamol yaproqlarni tebratdi. Gapdagi «mayin» so‘zi qaysi so‘zga bog‘lanib kelyapti?
yaproqlarni
tebratdi
shamol
4. To‘g‘ri javobni tanlang. O‘zak-...
so‘zlarni bir-biriga bog‘laydigan,yangi so‘z yasamaydigan qo‘shimchadir
o‘zakdan anglashilgan ma'no bilan bog‘liq bo‘lgan yangi so‘z hosil qiladi
barcha yangi ma'noli so‘zlarning umumiy qismi
5.O‘zakdosh bo‘lmagan so‘zni belgilang
bilimli
billur
bilimsiz
6.So‘z yasovchi qo‘shimchalari bor so‘zlarni belgilang
akamning, bekat;
vatandosh, rejali
buvimga,ishsiz
7. Nuqtalar o‘rniga berilgan qo‘shimchalardan mosini tanlang: Hozirgi kunda qog‘oz.. .600 dan. ortiq turi bor.
-dan
-li
-ning
8. So‘z qismlaridan qaysi bin ishtirok etmasa, so‘z hosil bo‘lmaydi?
so‘z yasovchi qo‘shimcha
so‘z o‘zgartiruvchi qo‘shimcha
o‘zak
9. So‘z yasovchi qo‘shimchalar berilgan qatorni toping.
-li, -la, -siz, -kor, -dosh;
-la, siz, -dosh, -dan, -ga;
-chi, -kor, -da, -ning, -siz;
10. So‘z turkumlarini belgilang?
ot, sifat, fe'l, o‘zak
ot, sifat, fe'l, son
ot, sifat, fe'l, so‘z yasovchi qo‘shimcha
П variant
1.Ikkinchi darajali bo‘laklarning so‘roqlarini toping.
qanaqa? qayerga? nechanchi?
kim? nima? kimlar?
nima qildi?nima qilyapti?
2.Ikkinchi darajali bo‘laklarning gapdagi vazifasini aniqlang.
tugallangan mazmunni bildiradi
gapning mazmunini bildiradi
ikkala javob noto‘g‘ri
3.Faqat o‘zakdosh bo‘lgan so‘zlarni belgilang.
bilimli, bilimdon, bilimsiz
kuchsiz, kuchli, kuchuk
moy, moyla, mol
4. Yangi so‘zlar yasaydigan qo‘shimchalar qatorini toping,
-ning, -ni, -da, -ga, -dan;
-chi, -li, -kor, -siz, -ning;
-chi, -li, -la, -kor, -siz, -dosh;
5. Chumolilar bug‘doy ... inlariga olib ketishdi. Nuqtalar o‘rniga so‘z o‘zgartiruvchi qo‘shimchalardan mosini qo‘ying.
dan
ni
ning
6. So‘z o‘zgartiruvchi qo‘shimchalar qatnashgan so‘zlarni belgilang.
osmonda, baxtli;
g‘allakor, nonsiz;
ko‘zning, sayohatni;
7. O‘zak, so‘z yasovchi va so‘z o‘zgartiruvchi qo‘shimchalardan iborat so‘zni belgilang.
gulchidan
dehqonga
hushsiz
8. Onam shirmoy non yopdi.Gapdagi shirmoy so‘zi qaysi so‘zga bog‘lanib kelyapti?
onam
non
9. Gapda so‘zlarning bog‘lanishi qanday aniqlanadi?
ohangiga qarab
so‘roqlar yordamida
qo‘shimchalarning qo‘llanilishiga qarab
10. Qaysi so‘z turkumlari gapda bosh bo‘lak bo‘lib keladi?
ot, sifat
fe'l, son
ot, fe'l
III chorak
9-NI
Mavzu: Otni mustahkamlash
Maqsad: O’quvchilarning o`tilgan mavzular yuzasidan egallagan kompetensiyalarini tekshirish
Nazorat shakli: Ta’kidiy diktant
Mehnat darsida
O’qituvchimiz Ra’no Sultonovna mehnat darsida bizga gul tikishni o’rgatdilar. Ular oq matoga atirgul va binafsha rasmlarini qalam bilan chizib berdilar. Ninaga ip o’tqazishni kim tez bajarishni kuzatdilar.
Munavvar birinchi bo’lib ipni ninaga o’tqazdi. Ra’no Sultonovna oldin odmi iplarni, keyin och rangli iplarni ishlatishni tushuntirdilar. Biz mehnat darsida matoga gul tikishni o’rgandik.
Tekshirilishi lozim do’lgan BKM elementlari nomi va soni:
Ona tili qoidalarini bilish
Atoqli otlarni aniqlash va to’g’ri ishlatish
Har bir gapni bosh harf bilan boshlanishini bilish
Imlo va tinish belgilarini to’g’ri ishlatishni bilish
Chiroyli yozish
10-NI
Mavzu: Qish keldi.
Maqsad: O’quvchilarning o`tilgan mavzular yuzasidan egallagan kompetensiyalarini tekshirish
Nazorat shakli: Diktant
Qish keldi
Mana qish ham keldi. Ariqlarda suvlar muzladi. Hamma yoqni oppoq qor qopladi. Uyning tomlari ham oppoq bo’ldi.
Bolalar palto va qo’lqop kiyib, qorda o’ynadilar. Abbos bilan Malikning yangi chanasi bor. Ular yalanglik chetidagi tepalikdan maza qilib chanada uchdilar. Malik juda saxiy bola. U chanasida o’rtoqlari bilan birga uchadi. (50 ta so’z)
Tekshirilishi lozim do’lgan BKM elementlari nomi va soni:
1.Gaplarni bish harflar bilan yozishni bilish
Do'stlaringiz bilan baham: |