Tayyorladi:Buxoro viloyati Olot tumani
5-umumta’lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Hamroyeva Oqila G‘ulomjonovna
O‘qish 4-sinf Mavzu:SINFDAN TASHQARI O‘QISH Maqollarni davom qildiring. •1. Odobli bola_____________ •2. Odobni beodobdan_________ _______________________ 4.Ilmdan yaxshiroq xazina bo'lmas, __________________________ MAQOLLARNI TEKSHIRAMIZ. 1• Odobli bola elga manzur. 2• Odobni beodobdan o’rgan. 3•Osmon — oftobi bilan, Inson — odobi bilan go‘zal. *** 4.Ilmdan yaxshiroq xazina bo'lmas, Qo'lingdan kelgancha tera olsang bas.
II-Yangi mavzu bayoni.
Omonatga xiyonat.Ertak
Kunlardan bir kuni bir kishi o‘ralgan, muhrlangan bir xaltachani do‘stining huzuriga keltirib:
-Do‘stim, men safarga chiqib ketayabman, ichida ming tanga oltin bo‘lgan shu xaltachani senga omonat topshiraman, safardan qaytib kelganimdan so‘ng olaman, - deb xaltachani topshirdi va o‘sha kuni safarga chiqib ketdi. Do‘sti omonatga xiyonat qilib, xaltachaning bir tomonini so‘kdi, oltinlarni olib, tangalar bilan to‘lg‘izdi, so‘kilgan joyini hech bilinmaydigan qilib tikib qo‘ydi. Oradan o‘n yil o‘tgandan keyin omonat egasi safardan qaytib kelib, do‘stidan qo‘ygan omonatini talab qildi. Omonat egasi xaltachani ochib tangalarni ko'rgach, hayron bo lib, do'stidan:
II-Yangi mavzu bayoni.
Omonatga xiyonat.Ertak
- Xalta ichidagi oltinlarim qani? - deb so‘raganda, do‘sti inkor qilib: «Xaltachaga nima solib qo'ygan bo‘lsang, shunday turibdi, qarab ko‘r, bosgan muhring ham buzilmagan, tag'in nima da’vo qilasan?» - dedi. Omonat egasi xaltachani olib, shahar qozisining huzuriga bordi va voqeani bayon qildi. Qozi juda aqlli va tadbirli odam edi. U darhol xiyonatchi do'stini chaqirib olib, omonat egasining shikoyatini aytdi. Xiyonatchi do‘st inkor etishda davom qildi.
- Omonatni qabul qilganingga necha yil bo ldi? - deb so'radi qozi. U o‘n yil bolganini aytdi.
- Qozi hamma tangalarning bosilgan yillariga ko‘z tashladi.
II-Yangi mavzu bayoni.
Omonatga xiyonat.Ertak
Tangalarning bosilganiga ikki-uch yildan ortiq bo‘lmagan edi. Qozi xiyonatchi do'stga tangalarning bosilgan yillarini ko'rsatgan edi, u sharmanda bolib, qilgan aybiga iqror boldi. Tadbirli, farosatli qozi oltinlarni xiyonatchidan olib, egasiga topshirdi.
Qozining buyrug‘i bilan xiyonatchini eshakka teskari mindirdilar.
- «Omonatga xiyonat qilgan kishilarning jazosi shunday bo‘ladi!» - deb qichqirib, shahar ko‘chalari va bozorlarni aylantirdilar.
Demak :Qozi aqlli va ilmli bo‘lganligi uchun do‘stining aybini topib berdi.Ilmli kishi hech qachon xor bo‘lmaydi. YELPIG’ICH METODI OMONATNI SENGA ISHONIB TOPSHIRGANDA ADO QIL VA SENGA XIYONAT QILGANGA XIYONAT QILMA.
UYGA VAZIFA:
Omonat ertagidan bayon tuzib kelish
Do'stlaringiz bilan baham: |