O’qish 4- sinf 1-dars Mavzu: Istiqlolim- istiqbolim. Mangulikka tatigulik kun



Download 14,36 Mb.
bet79/176
Sana28.05.2022
Hajmi14,36 Mb.
#613849
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   176
Bog'liq
4-sinf O\'qish

Yangi mavzu bayoni.
Alisher bu katta bog' hovlining har bir burchagini tomosha qilib uzoq yurdi. Daraxtlarning novdalariga osilgan rangdor qafaslardagi to'ti, bulbul, maynalarni maroq ila tomosha qildi. Ularning qafas ichra tinimsiz sakrashlarini, sayrashlarini uzoq kuzatdi. Qushlarga qarab yuradigan maxsus xizmatkorga ergashib, unga bitmas-tuganmas savollar berdi.
Bir payt qarshisida yetti yoshlardagi shahzoda Husayn paydo bo'ldi. Lining boshida kichkina ipak salla, ustida yangi baxmal to'n, oyoqlarida zarhal etik, kamariga oltin sopli kichik xanjar suqilgan. Husayn osmonga sapchishga tayyor, olovday shijoatli bola edi.
— Qullar, kanizlar oyog'iga o'ralib ne qilib yurursen? — deb so'radi qah-qahlab Husayn.
— Qushlarni sayr eturmen, bir-biridan ko'rkam... — deb javob berdi Alisherf.
Shahzoda Husayn va Alisher ko'chaga otildilar.
Katta maydonda yigitlar o'q uzish mashqi ila mashg'ul edilar. Beklar, mirshablar ko'p edi.
Bolalar qiziqib tomosha qildilar. Bir tomonda ikki fil lopillab, qaydandir katta-katta xarilarni tashib kelardi. Fillar ustida o'ltirgan bo'z yaktakli ikki oriq chol o'zaro tinmay gaplashib, ba'zan kulib qo'yar edi.
Sovut kiygan, ot mingan yigitlar bir qo'llarida yoy, bir qo'llari bilan o'q uzardilar. Ular bir marraga yetganda darhol qilich-qalqon tutib qilichbozlikka kirishar, shovqin-suron ko'tarar, chuvvos-hayqiriq bilan maydon o'rtasida yig'ilib qolar edilar. Maydon chetida bir to'da beklar «Yaxshi-yaxshi!», «Balli!», «Durust!», «Ofarin!» deb ularni rag'batlantirib turardilar.;
— Jasur yigitlar-a! — dedi Husayn kattalardek salmoq-lanib, — Xudo xohlasa, men qilichboz bo'lurmen, ko'zimga ko'ringan yovning kallasini sapchadek uzurmen.
Alisher indamadi. U maydonda chopib yurgan otlaming qaysi biri suluv, qaysi biri chopqirroq, degan xayol bilan band edi.
— Qara, kabutarlar raqsini ko'r! — Alisherning yengini tortdi osmonga qarab Husaynl..
— Kabutarlar farishtalarga o'xshaydi-ya! — dedi o'ylanib Alisher.
— Men xo'b sevadurmen kabutarlarni, tomoshadan charchashni bilmaydurmen, ishqim baland...
Shu tobda Husayn oldida beo'xshov o'ralgan katta sallali, ko'zlari hiylakor, o'ttizlardan oshgan bir yigit, qo'llari ko'ksida, ta'zim ila to'xtadi:
— Shahzoda, kech bo'ldi, ruxsat bersalar ketaylik.
— Shahzoda, xayr, yaxshi borsinlar, — dedi Alisher ham hayajonda.
Uchi tutashib ketgan chinorlar xiyobonida ikki otliq ko'zdan g'oyib bo'lgach, Alisher asta yurib, ichkariga kirdi. Bazm avjida edi.

Download 14,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish