V.. Darsni yakunlash va tarbiyaviy xulosa chiqarish. Dars sizga yoqdimi? Nimasi yoqdi? Bugun darsda nimalarni bilib oldingiz? Siz qishda tabiatni, tabiat ehsonlarini asrash uchun nimalar qilyapsiz? 6. O'quvchilarning umumiy ballarini e'lon qilish.
VI. Uyga vazifa: Ertak matnini ifodali qilib o'qishga, unga reja tuzib, shu reja asosida qayta hikoyalashga tayyorlanib kelish.
Sana:_____________________________
68.Mavzu: Qor odamning sovg’asi.
Maqsad: : 1. O'quvchilarning qish fasli haqidagi tushunchalarini boyitish.
2. Tabiatdan zavq olishga, unga zarar keltirmaslikka o'rgatish.
3. O'quvchilarning mustaqil fikrlash qobiliyatlarini o'stirish, xotirasini mustahkamlash.
Dars uslubi:Yangi bilim beruvchi:
Mashg’ulotning borishi:
I. Tashkiliy qism.davomatni aniqlash.
II. O’tgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.
She’rni yoddan so’rayman. Savol- javob o’tkazaman.
III.Yangi mavzu bayoni. QOR ODAMNING SOVG'ASI Oqiljon Husanov
Hamma bolalarning eslarida bor: bundan uch yil avval qish juda qattiq keldi. Ariqlarda suvlar muzladi, yerlar tosh-metinga aylandi. Hadeb qor yog'averganidan kamqatnov yo'llarda yurish qiyinlashib qoldi. Bir kuni dadam nonushta paytida akamga: — O'tkirvoy! — dedilar. — Bugun yakshanba, dam olish kuni. Maktabga bormaysan. Eshakni aravaga qo'shginda, bironta o'rtog'ingni yoningga olib, chaylaga borib kelgin. Avval aravaga makka poyasini ortinglar. Ustiga ketganicha yantoq bosinglar — qo'y bilan sigirga yemish bo'ladi. Bugun havo sal iliqroq bo'ladi chamasi, osmonda qora bulut bor.
Akam «xo'p» dedilar. Dadam birozdan keyin:
— Sherik topolmasang, yakka o'zing borma. Ukang Kamolni yoningga olvolarsan, — dedilar. Men sevinib ketib, dalaga ketayotganimizni aytish uchun Alisherlarnikiga chiqdim. «Akang xo'p desalar, men ham borardim», — dedi u. Akamdan so'ragan edim, aftimga qarab turdi-da:
— Agar injiqlik qilmaydigan bo'lsa, mayli, men boshqa hech kimni chaqirmay qo'ya qolaman, — dedi.
Shunday qilib, Alisher ikkimiz aravaning oldiga o'tirib oldik. Akam eshakka mindi. Uchovimizning ham boshimizda quloqchin, oyog'imizda ichi jun botinka, ustimizda palto...
Akam chayla yoniga yetganimizda aravani to'xtatib, eshak ustidan pastga irg'idi. Biz ham birin-ketin yerga tushdik. Uchovimiz chayla eshigini ochib, ichkariga mo'raladik. Qishloqdagi uyimizning eng katta xonasidek keladigan chaylaning ichi o'tin-cho'pga, yem-xashakka to'la edi. Akam makkapoyalarni o'roq bilan qo'zg'ayotganida chayla-ning ichi changib ketdi.
— Tashqariga chiqib turinglar,
— dedi akam bizga qarab.
— Eshakdan ham xabardor bo'linglar, aravani olib ketib qolmasin.
Chaylaning orqasiga o'tdik.
— Alisher, qor odam yasaymizmi? — dedim men.
— Bo'pti. Yur! Qayerdan yasaymiz? — dedi Alisher.
— Huv, ana u yerdan.
Ikkovimiz aravadan tushib, ariqning narigi tomoniga sakrab o'tdik-da, ishga kirishdik. Qor odamni beligacha yasadik. Biroq yuqorisini ko'tarishda ancha qiynaldik. Qorimiz ilashmay to'kilib ketaverdi.
— Ichiga bironta cho'p tiqmasak bo'lmaydi, — taklif qildi Alisher.
Boya yo'lda kelayotganimizda arava ustida kosov ko'rib, «Tandir kosov arava ustida qolgan ekan-da», deb o'ylovdim. Shu esimga tushdi-yu, yugurib borib, aravadan o'sha kosovni olib keldim. Kosovni yerga qoqish uchun chaylaning ichidan guvala topib chiqdim. Kosovning kuygan tarafini yuqoriga qilib yerga qoqa boshladik. Yer ajriqzor bo'lsa ham qattiq ekan. Kosovning uchi yerga ozgina kirar-kirmas guvala ikkiga bo'lindi. Yaxshi bo'ldi dedik-da, guvalani kosovning ikki tomoniga tirab qo'ydik. So'ngra qaytadan qor yig'ishga tushdik...
Qor odamimiz binoyidek chiqdi. Qurib qolgan ajriq barglaridan qosh-ko'z, og'iz-mo'ylov yasadik.
— Xuddi qorovul amakiga o'x-shaydi, — deb kuldi Alisher.
— Faqat miltig'i yo'q, — dedim men. — Og'zini kattaroq qilib yubo-ribmiz. Iljayganga o'xshab qolibdi. Mayli, iljaysa yomonmi? Ko'rgan odam hazilkash ekan, deydi-da...
Akam bizni chaqirib qoldi. Aylanib chayla oldiga borsak, bir o'zi makkapoyani aravaga ortib bo'libdi.
– Endi uchovimiz ham piyoda yuramiz, — dedi akam.
Men eshakni yetaklayman. Sizlar arava orqasidan, yukning turishini qarab borasizlar. Agar yuk biror tomonga og'adi-gan bo'lsa, menga aytasizlar.
Biz «xo'p» dedik. Akam eshakni yetakladi. Chaylaning orqasidan o'tayotganimizda arava to'xtadi. Biz hayron bo'ldik.
— Anovi qor odamni sizlar yasadilaringmi? — deb so'radi akam biz tomonga qarab. Biz «ha» degandek boshimizni qimirlatdik.
— Obbo azamatlar-ey, rosa boplabsizlar-ku.
Biz yo'l-yo'lakay qor odamni qanday yasaganimizni akamga aytib berdik.
Akam o'sha yili bahorda armiyaga ketdi. Biz ham ikki yilgacha chaylaga ko'chib chiqmadik.
Akam harbiy xizmatdan qaytgach, dadam daladagi brigadaga o'tdilar. Biz yana chaylamizga ko'chib chiqdik. Qovun-tarvuzlarimiz yaxshi bo'ldi, handalaklar pishib katta qovunlar to'rlagan paytda dalalar shunaqayam chiroyli bo'ldiki... O'sha kunlari akamning tug'ilgan kunlarini o'tkazdik.
Odam ko'p keldi. Har xil ovqatlar pishirildi. Xotinlar chaylada o'tirishdi. Kishilar uchun ariq bo'yidagi tol tagiga joy qilindi.
Bir mahal akam dadamga qarab: — Bu tol ilgari yo'q edi-ku, qachon ekkansiz, dada? — deb so'radi.
— Men ham hayronman, — dedilar dadam. — Ilgari yo'q edi. Keyingi ikki-uch yil ichida paydo bo'lib qoldi.
Akam shu payt o'rnidan turib tol poyasining yuqori tomoniga tikildi. Menga qarab bir kulib qo'ydi-da, dadamga gapirdi:
— Buni Kamoljon bilan Alisher ekkan, — dedi akam. Men, qachon tol ekkan ekanman, deb hayron bo'ldim. Akam yana menga qaradi-da:
— Uzoq yili qishda arava bilan kelganimizda qor odam yasagan edinglar-ku, — dedi. — O'shaning ichiga kosov tiqib qo'yganmidilaring?
Men yana hayron bo'lib:
— Ha, tiqib qo'ygan edik, — dedim.
— Mana shu tol o'sha kosovdan unib chiqqan, dedi akam. — Buni qor odamning bizlarga qoldirgan sovg'asi, desak ham bo'ladi...
Do'stlaringiz bilan baham: |