2-topshiriq:
"Raqamlar tilga kirganda" o’quvchilarga raqamlar ostida yashiringan do'stlik haqida maqollar beriladi. O'quvchilar lotin grafikasiga asoslangan o'zbek alifbosi asosida shu maqolni topib berishlari kerak.
I-guruh 3,25,18,19,18,24 2,14,27,8,12 - 19,20,24,18,8,24 14,27,8,12
Do'stsiz boshim - tuzsiz oshim
II- guruh 19,8,11 2,8,11,6,1,13 4,11 2,8,11,1,3,8
Til bilgan el biladi
3-topshiriq: "Krossvord" sharti bo'lib, vertikal yo'nalishdagi DO'STLIK so'zidagi savollarga javob beradilar.
4-topshiriq: "Maqolnidavomettiring" bushartdaharbirguruhgabeshtadando'stlikhaqidagimaqolningboshio'qibeshittiriladidavominiularo'zlaridavomettiribsharhlabberishlarikerak.
- Bitta dushmaning ko'p, do'stlaring minglab bo'lsa ham oz.
- Do'st topay desang qasoskor bo'lma.
- Haqiqiy do'st baxtsizlikda sinaladi.
- Do'stlikning birinchi sharti - ishonch.
- Do'stlik har qanday azob- uqubatni ham pisand qilmaydi.
- Oqil kishilar do'st bilan dushmanni, dushman bilan do'stni almashtirmaydilar.
- Aka -uka do'st bo'la olmasligi mumkin, lekin do'st hamisha aka va uka.
Uyga vazifa: matnni o’qib so’zlash.
Darsni yakunlash. O’quvchilar bilimini baholash.
133-dars
Mavzu: Mangu olov.R.Isoqov.
Darsning maqsadlari:
Ta'limiy maqsad: “Mangu olov” she’rini ifodali o’qish, “Mangu olov” mavzusini o’qib o’rganish.
Tarbiyaviy maqsad: inson xotirasi muqaddasligini o’rgatish..
Rivojlantiruvchi maqsad: she’rni ifodali o’qish malakasini rivojlantirish.
Darsning jihozi: mavzuga mos rasmlar.
Darsning uslubi: suhbat, ifodali o’qish.
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism:
Salomlashish;
Davomatni aniqlash;
Darsga tayyorgarlik ko’rish;
Darsning maqsadini aytish.
II. O’tgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.
Ertakni so’rayman. Rollarga bo’lib o’qittiraman.
So’ngra savol- javob o’tkazaman:
1. Suhbatdan Majnuntol va Tol haqida nimalarni bilib oldingiz?
2. Ikkala o'rtoq nimadan mamnun edi?
III. Yangi mavzu bayoni.
MANGU OLOV
Ravshan Isoqov
Mangu olov - yoniq xotira,
Yuraklardan o'chmaydi sira.
O‘tar lip-lip ko‘z oldimizdan,
Goho tiniq, gohida xira.
Qadr nima, xotira nima?"
Xotirasiz qadr bor, dema.
Shahidlarga el-yurt hurmati,
Ehtiromi, cheksiz himmati.
Jasorating abadiy, o‘g‘lon –
Sof oltinning baland qimmati.
Noming bugun zar varaqlarda,
Har bir yurak, qalb charoqlarda.
Mangu olov so'nmagay toki,
Qalbimizda sen, ardoqlarda.
1. Mangu olov nimaning ramzi?
2. Shoir uni nima uchun «Yuraklardan o'chmaydi sira» deb ta’riflaydi?
Do'stlaringiz bilan baham: |