V. Uyga vazifa. Savollarga matndan javob topish.
IV chorak
130 -dars
Mavzu: Tinchlik qushi haqida men o’qigan she’r
MAVZU: OQ KABUTAR — TINCHLIK QUSHI
O'quv materiali: Tinchlik qushi haqida men o'qigan she'r.
Shukur Sa'dulla
Darsning maqsadi. 1. O'quvchilarning tinchlik haqidagi tasav-vurlarini boyitish.
2. O'quvchilarni tinchlikning qadriga yetish, ruhida tarbi yalash. Tinchlik uchun hissa qo'shishga undash.
3. Ifodali o'qish ko'nikmalarini takomillashtirish. Dars turi. Yangi bilim beruvchi, she'r o'qish darsi. Dars metodi. Suhbat, aqliy hujum.
Dars jihozi. Tinchlikni tarannum etuvchi rasmlar va plakatlar.
Darsning borishi.
Dars yangi mavzu ustida ishlash bilan boshlanadi.
I. Yangi mavzuga o'quvchilarini tayyorlash. . . 1. Tinchlik va do'stlik haqida suhbat: O'zbekiston qaysi davlatlar bilan do'stona aloqa o'rnatgan?
Tinchlik uchun Prezidentimiz I.A. Karimov qanday ishlar olib boryapti? O'quvchilarning diqqati rasmlarga qaratiladi. 1941-1945- yillarda urush vaq-tini namoyish etadigan kinolarni ko'rganmisiz? «Sen yetim emassan» kinosini-chi? Toshkentga boshqa joylaridan yubo-rilgan bolalarni tarbiyalagan kishi haqida eshitganmisiz?
« O'qituvchining hikoyasi. Toshkent — O'zbekistonning poytaxti. Toshkent — non shahri. Toshkent — tinchlik, do'stlik shahri. Bun-day deyilishiga asosli sabablar bor. O'zbek xalqi urush yillarida yetim qolgan bolalarni o'z quchog'iga oldi. O'zi yeb turgan nonini ularga berdi. O'z farzandidek tarbiya qildi va o'qitdi. Hindiston va Pokiston davlatlari o'rtasida do'stlik aloqalari Toshkent shahrida o'rnatildi.
2. Ilyos Muslimning she'ridan parcha o'qib beriladi. Yer yuzidagi amakijonlar,
Shunday iltimos bordir sizlarga:
— Chiqarmang qurol, oqmasin qonlar, Kitob, o'yinchoq bering bizlarga!
3. Aqliy hujum. Nima uchun yer yuzidagi xalqlar tinchlik tarafdori? Javoblar doskaga yoki doskaga ilingan vatman qog'ozga yozib boriladi.
— Tinchlik bo'lsa, o'qishimiz davom etadi.
— Tinchlik bo'lsa, hamma o'zt sevgan ish bilan shug'ullanadi.
— Odamlar to'q yashaydi...
Bugun darsda qaysi mavzuni o'rganar ekanmiz? Mavzu doskaga yoziladi. O'quvchilar, nima uchun bo'lim "Yashnasin tinchlik, bor bo'lsin do'stlik" deb nomlangan? O'quvchilar javobi umumlashtiriladi.
1. She'r matni bilan tanishtirish. She'r ifodali o'qib beriladi.
2. She'r yuzasidan dastlabki suhbat. She'r nima haqida ekan? Tinchlik qushi qanday nomlangan? Oq kaptar nimaning ramzi ekan?
4. She'rni shivirlab o'qish. Topshiriq. She'rni shivirlab o'qing. Notanish so'zlar izohli lug'atini tuzing. Ko'chma ma'noli so'zlarni aniqlng. (ko'rar, ko'z)
5. Lug'at ishi:
qotil — odam o'ldiruvchi; battol — yovuz, shafqatsiz. Ko'z sola man deganda nimani tushunasiz? Uni ko'rar har bir ko'z deganda-chi?
5. She'rni qismlarga bo'lib o'qitish.
6. She'rni qismlarga bo'lib o'qitish (3 qismga bo'linadi). in/jk 7. She'rning qismlari yuzasidan suhbat. She'r o'qigan bolan-hH ing niyati nima ekan? Shu qismga sarlavha qo'ying. (Tinchlikka hissam). Kaptar boqib, tinchlikka qanday hissa qo'shish mumkin? (Kaptar orqali odamlar bir-biriga xat yuborgan. Kaptar elchilik vazifasini bajargan. Bolalarga «Bobur va ka-butar» hikoyati eslatadi. Shuning uchun oq kabutar tinchlik ramzi bo'lib qolgan. Hikoyatga ishlangan rasmga o'quvchilar e'tibori tortiladi. Bolalar uchirgan oq qog'oz — oq kap-tarlar nimaning parvozi ekan? Shu qismga sarlavha qo'ying. (Tinchlikning parvozi). Oq kaptar har tong yer yuziga nima deb jar soladi? Shu qismga sarlavha qo'ying. (Tinchlik deya solar jar). «Tinchlik istar yosh avlod» misrasining ma'nosini qanday tushundingiz? O'quvchilar javobi umumlashtirib, to'ldiralid.
8. She'rni to'liq o'qitish.
9. Darslikdagi savol-topshiriqlar ustida ishlash.
10. Tinchlik haqidagi maqollar asosida mavzu yuzasidan tarbiyaviy zulosalar chiqarish: El-u yurting omon bo'lsa, rang-u ro'ying somon bo'lmas» maqoli qanday ma'noni anglatadi. «Qo'shning tinch-sen tinch» maqolining ma'nosini qanday tushunasiz? O'quvchilar tinchlikka qanday hissa qo'shishi mumkin?
Uyga vazifa. She'rni ifodali o'qishga tayyorlanib kelish.«Tinchlik urushni yengadi» mavzusida insho yozishga tayyorlaning.
O'quvchlarining faoliyatini baholash.
Do'stlaringiz bilan baham: |