IV. Mustahkamlash.
Mavzu yuzasidan savol- javob o’tkazaman.
1. Domla bolani nima maqsadda ovqatlantirdi? U bolaga qanday ish topshirdi?
2. Domlaning bola bilan dastlabki va keyingi suhbatini taqqoslab o'qing. U yetim bolaga qanday munosabatda bo'ldi?
Matnni qismlarga bo’lib o’qittiraman.
V. Uyga vazifa: matnni o’qish.
VI. Darsni yakunlash. O’quvchilar bilimini baholash.
Sana:_____________________________
77.Mavzu: Shahzodaning bolaligi.
Maqsad: a) ta’limiy: matnning mazmuni bilan tanishish;
b) tarbiyaviy: asarni o’qish orqali o’quvchilarda Vatanimiz o’tmishi haqida tasavvurlarini boyitish, Vatanga muhabbat tuyg’usini shakllnatirish.
d) rivojlantiruvchi: o’quvchilarning og’zaki nutqini rivojlantirish, mustaqil fikr yuritishga o’rgatish.
Darsning jihozi: mavzuga mos rasmlar, G’afur G’ulom portreti.
Darsning turi: badiiy asar o’qish darsi
Darsning borishi:I.Tashkiliy qism:Salomlashish;Davomatni aniqlash;Darsga tayyorgarlik ko’rish;
Darsning maqsadini aytish.
II. O’tilgan mavzu yuzasidan savol- javob o’tkazish.
III.Yangi mavzu bayoni:
Kuzbor Malik kelib malika Oychechak huzurida ehtirom ila bosh egdi.
- Yo‘qlagan ekansiz, malikam!
Oychechak unga yonidan joy ko'rsatib, o'tirishga imo qildi;
- Siz yaqinimsiz, Kuzbor og‘a, - dedi malika nigohini unga tikib, - shuning uchun sizga ishonaman.
- Malikam!
Malik uning qarshisida tiz cho'kdi.
- Buyuring, ne yumush! Nima qilay? Qayga boray?
Oychechak qo'li bilan o‘tiradigan joyni ko‘rsatdi. - Og‘a, o'tiring.
Kuzbor sadoqat tola nigohini unga tikib so‘z qotdi:
- Siz, buyuk Xorazmshoh rafiqasi, men qulingizman, xolos.
Oychechak minnatdorchilik bilan unga qarab, dedi:
- Sizga, og‘am, zarur yumushim bor. 0‘g‘lim Jalo-liddinni qo'lingizga topshirmoqchiman. Uni tarbiya qiling. Toki u injiq-tantiq shahzoda emas, balki chinakam bahodir yigit bo lsin!
Oychechak oltin to‘la hamyonni unga uzatdi.
- Jaloliddinni o‘z otalig ingizga olib, yaxshi tarbiya berasiz.
Oychechak e’tirozga og‘iz juftlamoqchi bo'lgan Kuz-borga endi amr etdi:
- Uni ayamang. Bilgan narsangizni o‘rgating. Alp yigit bolsin. Xudoga shukur, savodini chiqardi. Zehni o'tkir. Ammo siz unga harbiy ilmni astoydil o‘rgating. Mensizni hozirgi xizmatingizdan ozod qildiraman. Vazifangiz faqat o‘g‘lim bilan shug'ullanish! Bu faqat mening emas, balki Xorazmshohning ham amridir!
- Bosh ustiga, malikam!
Oychechak ko'ziga to'lgan yoshlarni ko‘rsatmaslikka harakat qildi.
- Uni yuzxotir qilmang. Jaloliddin - valiahd, ammo bugundan e’tiboran shogirdingiz, o'quvchingiz.
Kuzbor ta’zim ila chiqib ketgach, Oychechak o‘zini yig'idan to'xtata olmadi. Ona uchun o‘g‘lining o'zidan uzoqlashishi naqadar og‘ir edi.
Mamlakatning ko‘rkam viloyatlaridan birida Kuzbor Malik shahzoda uchun qarorgoh hozirladi. Bu yerda uning asl zotli mingga yaqin yilqilari boqilar edi. U shahzodaga birinchi navbatda otda yurishni o'rgatdi.
- Yilqilarning orqasidan borsangiz, tepadi, - dedi Kuzbor, - oldindan borsangiz, tishlaydi. Bunday otni yonboshidan borib, chap tomondan bo'lsa, chap qo‘l bilan, o‘ng tomondan bo'lsa, o‘ng qo‘l bilan uning yo'lidan tutib, tezlik bilan o‘zingizni ustiga oling. Otning yolini qo'ldan chiqarmang. Agar yol qo'ldan chiqsa, yerga qat-tiq yiqilishingiz mumkin. Oyoq ostida qolish xavfi bor. Otning ustida o'rnashib olgandan keyin ikki tizzalab otni sitib turib, yolini qo'yib yuboring. Ot minilmagan bo'lsa ham, chopib-chopib o‘zi yuvoshlanib qoladi.
Ular har kuni ovga chiqishar edi. Jaloliddin ot chop-tirib yoydan otmoqni: o'ngdan, so'ldan, oldindan va orqadan moljalga urmoqni o‘rgandi.
Kuzbor Malik unga ikki qo'lda qilich ishlatish va chavandozlik mahoratini namoyish qildi. Kuzbor tengi yo‘q chavandoz edi. U uch otni yondoshtirib, birinchisidan uchinchisiga, uchinchisidan birinchisiga, so'ng ikkinchisiga epchillik bilan sapchib o‘ta olar, chopib borayotgan otda egarning ustidan uning yonboshiga egilib, ko'zdan g‘oyib bo'la olardi. Jaloliddin ham shunday mashqlar qila bosh-ladi.
Kuzbor jang-jadallar ko'rgan bo'lib, Jaloliddin uning hi-koyalarini zavq bilan tinglar, ayniqsa, xorazmshohlar ta-rixiga oid voqealarga juda qiziqar edi. U Kuzbor Malik-dan bobosi Takishning jasurligi haqida ham ko‘p hikoyalar eshitdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |