5. Tarmoqlash usuli.
O'qituvchi dastlab doskada quyidagicha tarmoqlashni boshlab beradi.O'quvchilar taxminan quyidagicha davom ettiradilar.
O’qituvchi –day qo’shimchasi va xuddi so’zlarining tagiga chizib chiqadi
— Nima uchun shoir -day qo'shimchasini qoilagan? (Shoir buzoqning ko'rinishini biror narsaga o'xshatgan.) Buzoqning tilini nimaga o'xshatgan? Ko'zi, qulog'i, yuzi, tumshug'ini-chi? Buni qanday badiiy vosita degan edik?
O'qituvchi: shoir she'rida buzoqning tashqi ko'rinishini juda ta'sirli ifodalab bergan. Buning sababi she'rda o'xshatishdan foy-dalanilgan. Siz topganingizdek, G'. G'ulom buzoqning ko'zini olxo'riga, yuzini bosvoldiga, qulog'ini safsargulga, tilini lolaga, tishi-ni sadafga, baqbaqasini maijonga o'xshatib she'rning ta'sirchanligini oshirgan va sizda she'rni o'qishga qiziqish uyg'ota olgan.
Demak, o'xshatish deganda nimani tushunasiz? (Biror nar-sa yoki voqeani boshqa biror narsa yoki voqeaga qiyoslash orqali o'xshatishni tushunamiz) O'xshatish san'atining belgisi -day, -dek qo'shimchalarining, kabi, xuddi so'zlarining qo'llanishidir.
III. Fikrlash bosqichi. Maqsad. O'quvchilarni savol-topshiriqlar-ni mustaqil ravishda, to'liq, har tomonlama mukammal bajarishga o'rgatish. O'yin orqali mantiqiy fikrlashga o'rgatish.
1. Darslikdagi savol-topshiriqlar ustida ishlash.
2. Asar tili ustida ishlash. "Ko'zi yoridi" birikmasini izohlang. "Og'zimiz oqarib qoldi" iborasi qanday ma'no bildiradi? Qahra-mon buzog'ini qanday so'zlar bilan erkalar ekan? Buzoqchaning ko'rinishini o'z so'zingiz bilan tasvirlab bering.
3. She'r asosida tarbiyaviy xulosa chiqarish. Uyingizda qanday hayvonlar boqasiz? Ularni qanday parvarishlaysiz? Sevimli jonivor-ingizni qanday so'zlar bilan erkalaysiz? O'zingiz sevgan jonivorin-gizning tashqi ko'rinishini tasvirlab bering.
4. "Davom ettir" o'yini. O'qituvchi hikoya boshlaydi. O'quvchilar uni davom ettiradilar. Bunda o'quvchilarda ijodkorlik qobiliya-ti, ijodiy ishlar yozish ko'nikmasi rivojlanadi. O'yinda o'qituvchi boshlab beradigan hikoya mavzuga oid biror jonivor haqida bo'lishi lozim. Masalan: Buvim menga kichkina mushuk bolasini sovg'a qildilar... O'yinda har bir o'quvchi hikoyaga bittadan gap qo'shishi kerak. O'quvchilar tuzgan gaplarini doskaga yozib boradilar. Man-tiqli va chiroyli gap tuzgan o'quvchilarga doirachalar tarqatib boriladi.
5. O'quvchilarni rag'batiantirish.
6. Uyga vazifa.
"Ola buzoq" she'rini ijod olish. Sevimli jonivori haqida matn tuzish. Ola buzoqning she'rdagi tasviri yordamida rasmini chizish.
Do'stlaringiz bilan baham: |