VI. Uyga vazifa berish.
«tuhfa» she’rini ifodali o‘qib, yod olish.
12-DARS
Mavzu: «obod mahalla bo‘ylab». (kavsar turdiyeva)
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: o‘quvchilarni to‘g‘ri, ravon va ifodali o‘qishga,
she’r mazmunini tahlil qila olishga, qofiyadosh so‘zlarni topishga
o‘rgatish.
Tarbiyaviy: o‘quvchilarda vatanini sevish, mahallada birga
yashayotgan kishilarni, kattalar mehnatini, milliy o‘yinlarni
qadrlash hissini tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning og‘zaki nutqini rivojlan-
tirish, test yechish malakalarini shakllantirish, lug‘at boyligini
oshirish.
Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars metodlari:
suhbat, tushuntirish, «Klaster», «Qofiyadosh
so‘zni top», «berkingan so‘z» ta’limiy o‘yinlari.
Dars jihozi: obod mahalla tasvirlangan rasmlar, multimedia
ilovalari.
Do'stlaringiz bilan baham: |