~ 329 ~
tugashidagi
2-2
kesim nafaqat tezlik pulsatsiyalari va bosimni oshishi bilan
balki, o‘rtalashgan tezliklar epyurasininig kuchli deformatsiyalashgan ko‘rinishi
bilan ham xarakterlanadi.
2-2
va
3-3
kesim oralig‘ida oqimning o‘rtalashgan
tezligi pulsatsiyasi tekis harakatga xos kattalikkacha bo‘lgan holatgacha so‘nib,
bu tezlik epyurasi ham tekis harakat epyurasi ko‘rinishini
ola boshlab,
3-3
kesimda shushaklni oladi. Shu sababli,
2-2
va
3-3
kesimlar orasidagi sohani
o‘tish
yoki
tsirkulyatsiyadan keyingi soha
deyiladi.
4.34-rasm. Turbulent oqimninig to‘sikdan aylanib o‘tishi.
a
) xakikiy oqim
b
) o‘rtalashtirilgan oqim (Reynolds-Bussinesk faraziy modelining chala ko‘rinishi)
Ajratish sirtida ko‘ndalang pulsatsion tezliklar
hisobiga tsirkulyatsion va
tranzit oqimchalar o‘rtasida sezilarli suyuqliklar hajmi almashinuvi ro‘y beradi.
Ajratish sirti bo‘ylab ta’sir ko‘rsatayotgan turbulent urinma kuchlanishlari
nisbatan katta qiymatga ega bo‘ladi. Shu sababli, tsirkulyatsion sohadagi napor
~ 330 ~
yo‘qolishi katta qiymatga ega bo‘ladi. O‘tish sohasidagi napor yo‘qolishi tekis
harakatning boshqa sohalarga nisbatan katta qiymatlarga ega bo‘ladi.
Agar
bcd
ajratish sirtiga egri chiziqli qattiq devor o‘rnatsak, tranzit
oqimcha o‘zandan ajralmay harakatlanadi va napor yo‘qolishi sezilarli miqdorda
kamayadi.
Bu
jarayonni albatta, egri chiziqli devordagi paydo bo‘ladigan urinma
kuchlanishlarni turbulent urinma kuchlarning qiymatlaridan sezilarli miqdorda
kichik bo‘lishi bilan xarakterlash mumkin.
Demak,
xulosa qilib aytish mumkinki, o‘zanning alohida sohalarida
burilish, keskin burilish,
torayish, kengayish, panjara, kran, zadvijka, to‘siq
o‘rnatilgan sohalarida maxalliy yo‘qolishlar mavjud bo‘ladi.
Albatta, bular ham uzunlik bo‘yicha napor yo‘qolishlari
kabi ishqalanish
kuchlari hisobiga paydo bo‘ladi.
Bu kuchlar bunday keskin o‘zgaruvchan harakat mavjud sohalarida
notekis xarakterga ega bo‘ladi.
Bunday kesimning sohalari quyidagilar bilan xarakterlanadi:
harakat chizig‘i va harakatdagi kesimning buralishi;
oqim bo‘ylab harakatdagi kesimning o‘zgarishi;
tranzit oqimning qattiq devordan ajralib, tsirkulyatsion sohani paydo bo‘lishi.
Bunga o‘xshash sohalarda va ulardan keyingi ma’lum masofalardagi
sohalarda quyidagilarni kuzatish mumkin.
oqim bo‘ylab o‘rtalashgan tezliklar epyuralarining deformatsiyasi;
tezlik pulsatsiyalari va bosimning oshishi.
Yuqorida takidlangandek, tezlik pulsatsiyasining oshishi turbulent urinma
kuchlanishlarning
oshishiga olib keladi, bu esa o‘z navbatida napor
yo‘qolishining oshishiga sabab bo‘ladi.
Endi esa biz, oqimning turbulent tartibdagi harakati kvadrat qarshiliklar
sohasida mahalliy napor yo‘qolishlarining turlari bilan tanishamiz.