Urganch Davlat Universiteti 1-kurs (sirtqi) 212-guruh talabasi Isomiddinova Shahnoza Isomiddin qizining Fitratning «Adabiyot qoidalari» asarini
o'qib-o'rganish mavzusidagi Mustaqil ishi
Reja:
1.Abdurauf Fitrat hayoti va ijodi
2.Abdurauf Fitratning adabiyotdagi o’rni
3. Fitratning “Adabiyot qoidalari”asari
Abdurauf Abdurahmon oʻgʻli Fitrat madaniyatimiz tarixida shoir va nosir, dramaturg va publitsist, tilshunos va adabiyotshunos, tarixchi va faylasuf, sanʼatshunos va jamoat arbobi sifatida munosib oʻrin olgan. U 1886 yili Buxoroda ziyoli oilasida tugʻilgan. Buxoro, Istanbul madrasalari va dorilfununlarida oʻqigan. Fitrat arab, fors, turk tillarini mukammal bilganligi tufayli Sharqning buyuk allomalari ijodini yaxshi oʻzlashtirgan.
Adibning otasi savdo ishlari bilan shugʻullanib, 1918 yilgacha Qashqarda turib qolgan. U, asosan, onasi Mustafo bibi (Bibijon) tarbiyasida boʻlgan. Sharq adabiyotini yaxshi bilgan Mustafo bibi farzandini Bedil, Navoiy, Fuzuliy, Zebuniso, Uvaysiy kabi benazir shoirlarning gʻazallaridan xabardor qilgan.
Fitratning adabiy merosi boy va rang-barang. U adib sifatida badiiy ijodning barcha turlarida qalam tebratibgina qolmay, o‘zbek adabiyotining yangi janr va turlar bilan boyishi, sheʼr tuzilishining isloh etilishi, adabiy realizmning teranlashishi, davr, jamiyat va xalq hayoti bilan bog‘liq bo‘lgan muhim ijtimoiy muammolarning o‘zbek adabiyotida badiiy talqin etilishiga ulkan hissa qo‘shdi.
Fitrat ijodini shartli ravishda uch davrga bo‘lish mumkin: 1-davr 1909–1916-yillarni o‘z ichiga olib, Turkiya taassurotlaridan ilhomlangan holda jadid maʼrifatparvari sifatida ijod qilgan. 2-davr 1917–1923-yillarni qamrab oladi, bu davrda Fitrat milliy istiqlol g‘oyalari bilan to‘yingan asarlar yozadi. Ijodining 3-davri 1923–1937-yillarga oid bo‘lib, Sho‘ro maxfiy xizmatining doimiy nazoratida bo‘lgan Fitrat asosan ilmiy va pedagogik ishlar bilan shug‘ullanadi.
Fitrat zullisonayn adib bo‘lib, adabiyotga shoir va adabiyotshunos sifatida kirib kelgan. Ko‘p o‘tmay u o‘zini dramaturgiya va prozada ham sinab ko‘rdi. U „Munozara“ (dastlabki nomi „Hindistonda bir farangi ila buxorolik bir mudarrisning bir necha masalalar ham usuli jadid xususida qilgan munozarasi“) asarini Turkiyaga borishdan oldin, 1905–1907-yillarda yaratgan.
„Sayha“ („Chorlov“, „Naʼra“) (fors tilida), „Sayyohi hindi“ („Bayonoti sayyohi hindi“), „Rahbari najot“, „Tarixi Islom“ asarlarini esa Turkiyada tahsil paytida yozgan va „Munozara“ 1908-yilda, „Sayha“ 1910-yilda, „Sayyohi hindi“ 1913-yilda Istanbulda bosilib chiqqan. „Rahbari najot“ va „Oila“ 1915–1916-yillarda Bokuda nashr qilingan. Bu asarlar o‘sha davrdayoq xalq orasida keng tarqaldi.
Horijiy tillarga ham o‘girildi. Masalan, „Munozara“ 1909–1914-yillarorasida turk, ozarbayjon tillarid, „Sayyohi hindi“ rus tilida chop etilgan. Abdurauf Fitratning Dastlabki sheʼrlari „Oyna“, „Taraqqiy“, „Sadoi Turkiston“, „Turon“, „Hurriyat“, „Buxoroi Sharif“ kabi gazeta va jurnallar sahifalarida eʼlon qilingan.
Abdurauf Fitratning “Adabiyot qoidalari”asari 20-asrning 20-yillarida yaratildi. Uning "Adabiyot qoidalari" kito-bida badiiy adabiyotning o‘ziga xosligi, ijtimoiy tabiati, adabiy tur va janrlar, syujet, kompozitsiya, badiiy nutq va mahorat masalalari haqida ilk bor yaxlit ma’lumotlar berilgan. Darslikda o‘z davri Sharq va G‘arb adabiyotioti nazariyasi muammolari yoritildi.
O‘zbek tilining ifoda va ohang imkoniyatlari, grammatik-stilistik qurilishi — barmoqni milliy she ’riy sistema sifatida bunyodga keltirilganligi. “Barmoq vazni» butun turklar uchun-da, biz o‘zbeklar uchun-da milliy vazndir, musulmonlardan burun butun turk shoirlar shul “barmoq vazni bilan tizimlar, she’rlar yozar edilar”, — deb ta’kidlaydi Abdurauf Fitrat.
O‘zbek she’riyatida ikkinchi — aruz sistemasi ham bor. Abdurauf Fitrat yozganidek, aruz — arablarnikidir. Va shu kabi ko’plab adaiyot rivoji uchun ko’p izlanishlar olib bordi.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!!!
Do'stlaringiz bilan baham: |