uning yerga tushishini kutishdan o'zga iloji yo'q edi.
Bo'ri bolasi onasini behad yaxshi ko'rardi. U qayerdan, qanaqa
qilib bo'lm asin yegulik topm ay qo'ym as va bir qism ini bolasiga albatta
keltirib berardi. Bu hali holva — u hech narsadan qo'rqmasdi. Mana
shu tap toitniaslik, dilovarlik orttirilgan tajriba va hayotiy saboq samarasi
ekani bo'ri bolasiga n o m a ’lum edi. U qo'rqmaslik kuch-qudratdan hosil
bo'ladi deb hisoblardi. Onasi kuch-qudrat ifodasi edi go'yo; shu kuchni
ulg'aygan sari, onasining tum shug'i bilan turtishi hamda panjasi bilan
bergan zarbalarida aniq-ravshan sezib borardi, negaki ilgarigi bilan hozirgi
jazolash o'rtasida farq juda katta ekanini u sezardi. Buyam onasiga
bo'lgan ishonchni barqarorlashtirardi. Ona bo'ri bolasidan itoat etishni
talab qilar, ulg'aygan sari unga bo'lgan m unosabati keskinlashib,
q a t’iylashib borardi.
Do'stlaringiz bilan baham: |