Beshinchi bob
SARKASH
— Foydasi yo'q! Bekorga ovora bo'lganim iz qoladi! — dedi hafsalasi
pir bo'lgan Uidon Skott.
U zinapoyaga o'tirib haydovchiga tikildi, sherigi ham chorasiz yelka
qisdi.
Ikkovi Oq So'yloqqa qaradi. Oq So'yloq chanadan bo'shatilgan
itlarga hamla qilmoq uchun g'azab bilan irillar va zanjirini uzgudek
siltib tortardi. M ettdan bir sidra tayoq yeb, ba’zi bir narsalarni tushunib
olgan itlar Oq So'yloqqa ortiqcha ahamiyat berishmay qo'yishgan edi.
H ozir bir chetda uning bor-yo'qligini mutlaqo unutgandek jimgina
yotishardi.
— Nimasini aytasan, bu qip-qizil bo'ri, bo'rini esa o'rgatib bo'lm ay-
di, — dedi Uidon Skott.
— Yana kim biladi, — deb e ’tiroz bildirgan bo'ldi Mett. — Ehtimol,
bo'ridan ko'ra ko'proq itga yaqindir. Ko'nglim dan o'tgani albatta to'g 'ri
bo'lib chiqadi.
Haydovchi to‘xtab qoldi va Bug‘u tog'lari tomon m a’noli bosh irg'adi.
— Cho'zmasdan indallosini aytavering, — dedi Skott xunobi oshib. —
N im a demoqchisiz?
Haydovchi yelkasi osha boshm aldog'i bilan Oq So‘yloqqa ishora
qildi.
— U bo'rimi, itmi, buning ahamiyati yo‘q, lekin uni qo'lga o'rgatish-
moqchi bo'lishgani aniq.
— Bo'lishi mumkin emas!
— Gapimga ishonavering, o'rgatm oqchi bo'lishgan. U chana ham
tortgan. To'shidagi qayishning o'rnini ko'rmayapsizmi?
— Rostdanam. Mett! X ushro'y Smitning qo'liga tushmasidan ilgari
chana tortganga o'xshaydi.
— Bizning chanani tortsa qalay bo'larkin?
— Rostan ham, — quvonib ketdi Skott.
Ammo, o'sha zahoti bir nimani eslab tarvuzi qo'ltig'idan tushdi.
— M ana ikki haftadan beri biz bilan birga yashayapti, u bizga
o'rganish o'rniga yanayam vahshiy bo'lib ketdi.
— Uni zanjirdan bo'shatsak-chi, qani nima qilarkin, — deya taklif
qildi Mett.
Skott ajablanib unga tikildi.
— Ha, ha! — deya davom ettirdi Mett, — bilaman, bir m arta sinab
ko'rgansiz, yana bir tavakkal qilib ko'ring, faqat tayoq olvolishni
unutmang.
— X o'p, lekin bu gal bu ishni sizga topshiraman.
Haydovchi tayoq bilan qurollanib, Oq So'yloqning yoniga bordi.
O'rgatuvchining qamchisiga tikilgan arslondek it uning qo'lidagi tayoqqa
tikilib qoldi.
— Ko'ryapsizmi, tikilib qolganini, — dedi Mett. — Juda soz. Demak,
itning uncha-m uncha narsaga aqli yetarkan. Toki qo'lim da tayoq bor
ekan, u meni qopmaydi. U quturm agan-ku, axir.
Insonning barmoqlari bo'yniga yaqinlashganda Oq So'yloq hurpayib
irillagancha yerga yotib oldi. U M ettning qo'lidan ko'z uzmagan holda
boshi uzra ko'tarilgan tayoqni ham ko'zdan qochirmas edi. M ett ilkis
itning zanjirini yechdi-da, ortiga chekindi.
Oq So'yloq zanjirdan xalos bo'lganiga ishongisi kelmasdi. Xushro'y
Smitning qo'liga tushganidan beri qancha oylar o'tdi, shundan beri
faqat urishtirgan chog'da zanjirni yechishar, keyin esa yana bog'lab
qo'yishardi.
Ozod bo'lgani bilan nim a qila olardi? Odamlar yana biron bir ibli-
sona ishga qasd qilgan bo'lsa-chi?!
Oq So'yloq har daqiqa kaltak tushib qoladigandek qo'rqa-pisa bir
necha qadam yurdi. Bu ozodlik shunchalar noqulay ediki, u o'zini
qanday tutishni bilmasdi. H ar ehtimolga qarshi odam lardan uzoqroqqa,
kulba ortiga o 'tib turishni m a’qul ko'rdi. H ech kim uning ortidan
bormadi.
Buni ko'rgan Oq So'yloq iziga qaytdi va odam lardan o 'n fut berida
to'xtab ularga sinchkovlik bilan tikildi.
— Qochib ketmasmikin? — deya so'radi Skott.
M ett yelka qisdi.
— Tavakkal-da. Tavakkalchining ishini xudo o'nglaydi.
— Boyoqish! H am m asidan ham odam ning silab-siypashlariga zor
bo'lsa kerak, — dedi o'zicha achinib Skott va kulbaga kirib ketdi.
Ichkaridan bir bo'lak go'sht ko'tarib chiqdi-da, Oq So'yloqqa irg'itdi.
It o'zini chetga oldi va go'shtni uzoqdan turib ko'zdan kechira boshladi.
— Qayt orqaga Mayor! — deb baqirdi M ett, biroq u kechikkan edi.
M ayor go'shtga tashlandi va endi og'ziga olgan lahzada Oq So'yloq
o'zini unga otib, gavdasi bilan urib yiqitdi. Mett o'sha tomonga yugurdi,
am m o ko'z ochib yumguncha Oq So'yloq ishini bitirdi; Mayor arang
gavdasini ko'tardi, uning bo'g'zidan chizillab otilgan qon oppoq qorda
lolarang xalqob bo'lib yoyildi.
— Bechora M ayor, o'zidan ko'rsin, — dedi o'ylam ay-netm ay Skott.
Mett Oq So'yloqni tepish uchun oyog'ini ko'tardi, am m o it birdan
sapchidi-yu, tishlarning bir-biriga urilib qirsillagani va voy-voylagan
ovoz eshitildi.
Vahshiyona irillagancha Oq So'yloq ortiga chekindi. M ett esa
engashib it qopgan boldirini ko'zdan kechira boshladi.
— Baribir qopdi-ya, yaramas, — dedi u yirtilgan shimi bilan qon
dog'i ko'ringan ishtonini ko'rsatib.
— Bekoiga ovora bo'lyapmiz, degandim sizga, — dedi xo'rsinib Skott. —
M en bu it haqida ko'p o'yladim. N im a qilishni bilmay boshini qotayot-
gandi. N achora, o'zga iloji yo'q.
U shunday dedi-da, istar-istamas cho'ntagidan to'pponchasini olib,
o'qdonni tekshirib ko'rdi. T o'pponcha o'qlangan edi.
— Shoshmang, mister Skott, — dedi yalinchoq ohangda Mett. — Bu
sho'rlik it boshiga nim alar tushmaganikin. Bir dumalab yuvosh bo'lib
qololmaydi-yu! Ozgina muhlat bering.
— Mayorning ahvolini bir qarang, — dedi bunga javoban Skott.
Haydovchi itga nazar soldi. M ayor qoniga belanib yotar, chamasi
jon berayotgan edi.
— O 'zidan ko'rsin, janob Skott, o'zingiz shunday derdingiz-u.
Birovning nasibasiga ko'z olaytirganning jazosi shu. Shunday bo'lishi
lozim edi. O'ziga berilgan suyakni indamay oldirib qo'yadigan itni
sariq chaqaga olmayman.
— X o'p, o'zingiz-chi, M ett? It-ku o 'z yo'liga, ammo ham ma narsa-
ning chegarasi bor.
— 0 ‘zimga-o‘zim qildim, battar bo'lay, — dedi qaysarlik bilan Mett. —
Nega uni urding, degan savol tug'iladi? Axir, o ‘zingiz aytmadingizmi,
u aybsiz deb? Demak, uni urmaslik lozim edi.
— Bu itni otib tashlasak xayrli ish qilgan bo'lardik, — o ‘zinikini
m a’qulladi Skott. — Baribir uni tarbiya qilolmaysiz.
— Janob Skott, bu boyoqishga imkon beraylik, nimalarga qodir
ekanligini ko'rsatsin, axir. Bizga duch kelgunga qadar boshidan nimalar
o'tgani yolg'iz xudoga ayon. Keling, bir sinab ko'ramiz. Agar o'zini
oqlamasa o'zim otib tashlayman.
— Ochig'i uni o'ldiram an, deb ko'zim uchayotgani yo'q, — dedi
Skott to'pponchasini cho'ntagiga solib qo'yarkan, — arqonsiz yuraversin,
ko'raylik-chi, yaxshilikni bilarmikan. Hoziroq sinab ko'ram an.
U Oq So'yloqqa yaqinroq borib, muloyim ohangda so'z qotdi.
— Ehtiyot shart tayoqni olvoling, — deya ogohlantirdi Mett.
Skott shart emas, degandek bosh chayqab, Oq So'yloq ishonchini
qozonish uchun erkalashda davom etdi.
Oq So'yloq sergak tortdi. U xavf ostida edi. Chunki manavi odam -
ning itini g'ajib tashladi, sherigini qopib oldi. Endi jazolashlari turgan
gap! Shunday bo'lsa ham u bo'ysunishni istamasdi. Junlari tikka bo'lib,
butun badani taranglashdi-da, tishlarini irshaytirib ro'parasidagi
odamning xatti-harakatini hushyorlik bilan kuzatib turardi. U har qanday
nogahoniy hamlaga tayyor edi. Skottning qo'lida tayoq yo'qligini ko'rgan
Oq So'yloq uning o 'z yoniga yaqin kelishiga qarshilik ko'rsatmadi.
Odamzod qo'llari uning boshiga yaqinlasha boshladi. Oq So'yloq junjayib
yerga qapishgudek yotib oldi. M ana xavf-xatar bilan aldov qayerga
yashiringan. Qudratli va ayyor odamlarning qo'li nimalarga qodirligini
Oq So'yloq yaxshi bilardi. U ndan tashqari u ham on badaniga qo'l
tekkizishlariga chidayolmasdi. U battaroq g'azab bilan irilladi va yanayam
yerga qapishib oldi, barmoqlar esa hamon yaqinlashib kelardi. Oq So'yloq
bu qo'lni qopishni istamadi, biron jiddiy xavf tug'ilm aguncha xavotir
ichida kutib turdi.
Uidon Skott birdan tashlanib qolsa qo'limni tortib olishga ulguraman
degan ishonchda edi. Ammo, o'zining hushyorligiga bunchalar ishon-
ganidan pushaymon edi, u Oq So'yloqning ilonday tez va aniq sapchiy
olishiga am in bo'ldi.
U kutilmaganda it qopib olgan qo'lini ushlagancha dodlab yubordi.
Mett boloxonador so'kinib, uning yoniga yugurdi. Oq So'yloq tishlarini
g'azab bilan taqillatib, irillab yeb qo'ygudek odamlarga tikilgan ko'yi
ortiga tisarildi. Ana endi Xushro'y Smitdan besh battar kaltaklashlari
aniq.
— N im a qilyapsiz? — deya baqirib yubordi Skott. Bu orada Mett
hujradan miltiq olib chiqishga ulgurgan edi.
— Hech narsa, — deya javob qildi u atay sovuqqonlik bilan. —
So‘zimni ustida turm oqchim an. Aytdimmi, otib tashlaym an deb, endi
otaman.
— Y o'q, otmaysiz.
— Y o'q, otam an dedimmi, otaman.
Endi bir necha daqiqa aw al it qopgan M ettga o'xshab Oq So'yloq
ning yonini olish navbati U idon Skottga kelgan edi.
— Uni sinab ko'rishni taklif qilgan o'zingiz, endi sinab ko'ring.
O 'zi endi kirishgan bo'lsak, darrov qo'lni yuvib qo'ltiqqa urish insofdan
emas. Ayb o'zim da... Keyin... uni qarang!
Kulba ortidan qarab turgan Oq So'yloq shunday vahshiyona tarzda
o'kirdiki, eshitgan odam ning quti uchardi. Uning g'azabi Skottga emas,
haydovchiga qaratilgan edi.
— X o'sh, bu yog'i qalay bo'ldi, — dedi Mett.
— Qarang, baloga aqli yetadi, — deya so'zida davom etdi Skott. —
Qurol nimaligini bizdan kam bilmasa keragov. Bunaqa itga sarf bo'lgan
mehnating bekor ketmaydi. Miltiqni yo'qoting.
— Bo'pti. Sinab ko'ramiz. —M ett miltiqni sarjinga suyab qo'ydi.
Voy tavba! Buni qarang!
Oq So'yloq g'ingshishdan to'xtab tinchlandi.
— Yana shunaqa qiling! U ndan ko'z uzmang.
Mett miltiqni qo'liga olgandi — Oq So'yloq yana irillay boshladi.
Mett miltiqni qo'ygandi Oq So'yloq tinchlandi.
— Yana takrorlang! Bu juda g'aroyib!
Mett miltiqni olib qo'ndog'ini yelkasiga tirab nishonga ola bosh-
lagandi, Oq So'yloq irillashga tushdi va miltiq yuqori ko'tarilgan sari
qattiqroq irillayverdi. Ammo M ett nishonga olishga ulgurmay bir sakrab
kulba ortiga o'tib g'oyib bo'ldi.
Haydovchi miltiqni tushirib, xo'jayiniga yuzlandi.
— T o 'g'ri o'ylabsiz, janob Skott. It o 'ta aqlli. Uni o'ldirib uvoliga
qoladi kishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |