Oq so‘yloq qissa g ‘afurG‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent — 2010



Download 3,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet210/222
Sana08.02.2022
Hajmi3,5 Mb.
#435245
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   222
Bog'liq
Oq so\'yloq (qissa) [@e kutubxona]

Uchinchi bob
NAFRAT SALTANATI
Esi past xo'jayinining qo'lida Oq So'yloq vahshiy yirtqichga aylandi. 
Q al'aning ko'zdan yiroq chekkasida bir tashlandiq yer topib, atrofini 
o'rab X ushro'y Smit itni o'sha yerga qam adi va zanjir bilan bog'lab 
qo'ydi, so'ng arzimas, lekin ezadigan tirg'alishlar bilan jig'iga tegib 
quturtirib yuborishga kirishdi. K o'p o'tm ay u Oq So'yloqning ustidan 
kulishlariga sira toqat qilolmasligini sezib qoldi-yu, qiynab bo'lgach 
qah-qah urib kuladigan odat chiqardi. Masxara qila turib Xushro'y 
Smit barm og'ini nuqib po'pisa qilar, it esa o'zini tutolmay jazavaga 
tushar, quturgandan quturar, shunday lahzalarda u vahshiylikda Xushro'y 
Smitdan o'tib ketganday bo'Iar edi.
Shu choqqacha Oq So'yloq faqat o 'z zotidan bo'lgan jonivorlarni 
dushman deb bilar, ularni behad yomon ko'rardi. Endi u jamiki tirik 
jonni dushman deb hisoblaydigan bo'ldi. X ushro'y Smitning xo'rlashlari 
uni shunchalar zada qilib qo'ydiki, oqibat ko'r-ko'rona hamma narsadan 
va hatto odam lardan ham nafratlanadigan ko'yga tushdi. U bo'yniga 
bog'langan zanjirni ham , taxta devor tirqishlaridan m o'ralayotgan 
kimsalarni ham , odamlarga ergashib kelgan itlar, ularning darg'azab 
irillashlarini ham yomon ko'rardi. Oq So'yloq gir aylanib o'ralgan devor 
taxtalarini ham yomon ko'rardi. Ammo hammasidan ham Xushro'y 
Smitni ko'proq yomon ko'rardi.
Oq So'yloqni bunaqa qiynashdan X ushro'y Smitning ko'zlagan aniq 
maqsadi bor edi. Kunlardan bir kun qo'ra yonida bir necha kishi to'plandi. 
X ushro'y Smit ichkariga kirib Oq So'yloqni zanjirdan bo'shatdi. U 
qo'radan chiqib ketishi ham ono Oq So'yloq ichkariga mo'ralayotgan 
kimsalarga ham la qilgudek o'zini u yoqdan-bu yoqqa ota boshladi. 
G 'azabdan quturib ketgan lahzalarda, Oq So'yloq boshqacha bo'lib


ketardi. Uzunligi besh fut1, bo'yi ikki fut, og‘irligi to ‘qson funt2 keladigan 
bu it eng yirik, bahaybat bo'ridan ham yirikroq edi. Bu jihatdan onasiga 
tortgan, badanida esa bir paysa yog‘ yo'q edi. U ning jismi bamisli 
mushak, suyak, paylardangina iboratga o ‘xshar — jangari itlar singari 
vaznida bir to'g'ram ortiqcha go'sht sezilmasdi.
To'siq eshigi yana qiya ochildi. Oq So'yloq to'xtab eshikka qaradi. 
Qandaydir tushunuksiz voqea yuz berayotgandi. Eshik kengroq ochildi 
va to'satdan ichkariga bahaybat itni qo'yib yuborishdi-yu, o'sha zahoti 
eshik qarsillab yopildi. Oq So'yloq umri bino bo'lib bunaqa it zotini 
ko'rmagan edi (u mastif edi), lekin begona itning haybati va vahmasidan 
andak bo'lsin esankirab qolmadi. Uning qarshisida daraxt emas, temir 
emas, tirik mavjudot turar va alamini undan olishi mumkin edi. U 
tishlarini yaraqlatib mastifga sapchidi va uning bo'ynidan g'archcha 
tishladi. M astif boshini siltab tashladi-da, irillagancha Oq So'yloqqa 
tashlandi. Jang keskin tus oldi. Oq So'yloq u yoqdan-bu yoqqa irg'ishlar, 
raqibiga chap berar, shu bilan birga uni tishlab ham ulgurar edi.
Tomoshabinlarqiyqirar, olqishlar, Xushro'y Smit esa terisiga sig'may 
raqibining holini tang qilib qo'ygan Oq So'yloqqa suq bilan tikilardi. 
Boshidanoq beso'naqay, qovushmagan mastifning yengilishi aniq edi. 
darhaqiqat jang ham Xushro'y Smitning Oq So'yloqni tayoq bilan urib 
haydashi, chalajon mastifni esa tashqariga sudrab chiqishlari bilan 
yakunlandi. Keyin garov o'ynab yutqizganlar pulini berishdi-yu. Xushro'y 
Smit mo'maygina pul yutib oldi.
Shu kundan e’tiboran Oq So'yloq g'ov atrofida yana odamlar to'pla- 
nadigan lahzalami sabrsizlik bilan kutadigan bo'ldi. Chunki odam to'planishi 
jang bo'ladi degani, jang esa nimalarga qodir ekanligini namoyish etish 
uchun yagona imkon berardi. Qafasda — tutqinlikda o'tiraverib, xo'rlik va 
qiynoqlardan vahshiylashgan Oq So'yloq egasi yoniga biron itni kirgizib 
yuborgan chog'da nafratini o'sha itga sochar va shu tariqa jon-jonini, 
butun o'rtab yuborgan alamdan xalos bo'lardi. Chamasi, Xushro'y Smit 
Oq So'yloqning kuch-quwatini hisobga olgan holda ish tutardi. Chunki 
Oq So'yloq bunday omonsiz olishuvlardan doim g'olib chiqardi. Bir kuni 
uning yoniga ketma-ket, navbat bilan uchta itni qo'yib yuborishdi. Bir 
necha kundan keyin esa hozirgina tutib keltirilgan bahaybat bo'rini qo'yishdi. 
Boshqa safar birvarakayiga ikkita it bilan olishishiga to'g'ri keldi. U ishtirok 
etgan janglarning eng og'iri shu bo'ldi, garchi ikkala raqibini tinchitgan 
bo'lsa ham, jang nihoyasida o'zi ham hoidan toydi.
Kuzda, birinchi qoryog'ib daryo betini yupqa muz qoplagan mahal 
X ushro'y Smit Oq So'yloq bilan kemada Yukon daryosi orqali Dousonga

Download 3,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish