Atom bombasi portlaganda yadro energiyasi ajralib chiqadi, u harakat energiyasiga aylanadi. Portlash o‘chog‘ida bosim bir necha million 1 atmosferagacha oshadi, temperatura bir necha o'n million gradusgacha oshadi. Kengayayotgan qizigan gazlar atrofga katta tezlikda tarqalib zarb to'lqini tanada deformatsiyani chaqiradi, u chuqur a'zo va to‘qimalarga ham tarqaladi. Shikastlanishning og'irlik darajasi zarb to'lqini kuchiga, ta’sir qilish davomiyligiga, organizmni dastlabki holatiga, portlash davrida tanani portlashga nisbatan tutgan holatiga, portlashning quvvatiga bog'liq.
Zarb to'lqining kuchi 0.7 -1.0 kg/sm.kv. gacha bo'lganda o'limga olib keluvchi shikastlanishlar rivojlanadi. Bosimning kuchi 0.7kg/sm.kv.dan kam bo'lganda har xil og'irlik darajasiga ega bo'lgan markaziy nerv tizimi, sezgi a’zolari va ichki a'zolarning faoliyatlari buzilishi bilan kechuvchi jarohatlar rivojlanadi. Bu o'zgarishlarni rivojlanishida MNS da yuzaga keladigan morfologik va funksional o'zgarishlar yetakchi rol o'ynaydi, birinchi navbatda bosh miya po'stloq qavatidagi o'zgarishlar.
Og'irlik darajasiga qarab zarb to'lqinidan shikastianishning yashinsimon og'ir va yengil turlari farqlanadi.
Yashinsimon turida - jarohat olgan inson chuqur xushini yo'qotadi, xushiga qaytmasdan o'ladi.
Og'ir turida - shikastlangan uzoq muddat xushini yo'qotadi, rangparlik, ko'karish, stridoroz nafas olish kuzatiladi, burundan, quloqdan, og'izdan qon ketadi, puls to'liqligi kamayadi, yutish buziladi, sfinkterlar bo'shashadi. Xushiga qaytgandan so’ng bosh aylanishi, ko'ngil aynishi, qusish, eshitish va so’zlashni buzilishi, parezlar, falajliklar, ko'p terlash, epileptiform xurujlar, tana harorati subfebril oshishlari kuzatiladi. Ko'p hollarda nafas a’zolari shikastlanadi. Jarohat olganlaryo'taladi, qon tuflaydi, ularda o'tkir o'pka emfizemasi, uchdan bir hollarda o’choqli zotiljam rivojlanishi kuzatiladi. Bu o'zgarishlarning yuzaga kelishida o'pkani nafas yo'llari orqali va ko'krak qafasi jarohatidan kelib chiqadi.
Yurak - tomir tizimida pulsni bradikardiya bilan kechuvchi labilligi, gipertenziyaga, aritmiyaga moyillik, ko'p hollarda ekstrasistoliya kuzatiladi. Ko'ngil aynish, qusish paydo bo'ladi. Qonda o'rtacha neytrofilli leykotsitoz, ECHTni sekinlashuvi topiladi. Ko'p hollarda yurak mushaklarining ifodalangan organik o'zgarishlari yuz berib, yurak yetishmovchiligi rivojlanadi.
Ovqat hazm qilish a’zolari tomonidan zarb to'lqini ta’sirirdan so'ng erta davrda ko'ngil aynish, qusish, ba’zida ichak faoliyati buzilib, qabziyat ich ketish, dinamik ichak tutilishi kabi belgilar kuzatiladi, og'ir hollarda jigarni, me’dani va ichakni yorilishlari avj olishi mumkin.
Zarb to'lqini ta’siridan so'ng erta davrda siydik ajratish tizimi tomonidan reflektor kelib chiqqan o'tkir buyrak yetishmovchiligi kuzatilishi mumkin. Siydik ajratish keskin qisqaradi va hatto anuriya rivojlanadi. Kech davrda buyraklar tomonidan o'choqli nefrit, piyelonefrit, nefrozlar rivojlanishi kuzatiladi.
Qoida tusida, kech davrlarda vegetativ va diensefal - gipofizarli o'zgarishlar rivojlanadi. Ko'p hollarda bunday bemorlar juda ko'p shikoyat qiladilar, ularda puls labilligi kuzatiladi, ko'p terlash, subfebrilitet, AQB qator holda oshadi, ba'zi hollarda barqaror gipertoniya rivojlanadi. Bunday bemorlarda me’da yara kasalligi rivojlanadi, ichak faoliyati buziladi, endokrin o'zgarish yuz beradi, qator belgilarda bronxial astma xurujlari paydo bo'ladi. Ularning shikastianishli jarohat olganlarida qisqa vaqt davomida o'pka - yurak yetishmovchiligiga olib keladi.
Zarb to’lqinidan yengil jarohatlanganlarda bosh aylanish, bosh og'rishi, holsizlik, quloqlarda shang'illash, ba’zida quloq pardasining yorilishi kuzatiladi. Ichki a’zolar faoliyati ko'p hollarda buziladi.
Zarb to'lqinlaridan shikastlanganlarda davolash evakuatsiya tartiblari.
Zarb to'lqinlaridan og‘ir jarohat olganlarga shoshilinch terapevtik yordam ko’rsatishga quyidagilar ko’rsatma bo’Iadi:
• Karaxtlik (shok);
• Kollaps;
• Asfiksiya;
Jang maydonida va PTP da sun’iy nafas oldiriladi, bemorlar isitiladi - alkogol beriladi, kamfora, lobelin, sititon, noradrenalin, mezaton yuboriladi, kislorod ingalyatsiyasi amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |