Optronlar. Optoelektron imslar



Download 44,18 Kb.
bet2/2
Sana21.05.2022
Hajmi44,18 Kb.
#606629
1   2
Bog'liq
3-маъруза сиртки

Nurlanuvchi diodlar – bitta p-n o‘tishga ega bo‘lgan, elektr energiyani nokogerent yorug‘lik nuriga o‘zgartuvchi Yarimo‘tkazgich nurlanuvchi elektron asbobdir. Nurlanuvchi diodlarda elektron – kovak juftliklarining rekombinatsiyalashuvi natijasida yorug‘lik nuri paydo bo‘ladi. Agar p-n o‘tish to‘g‘ri yo‘nalishda siljitilgan bo‘lsa rekombinatsiya sodir bo‘ladi. Nurlanuvchi rekombinatsiya to‘g‘ri zonali deb ataluvchi Yarimo‘tkazgichlarda hosil bo‘ladi. Bunday Yarimo‘tkazgich sifatida arsenid galliyni keltirish mumkin. Nurlanayotgan yorug‘likning to‘lqin uzunligi energiyasi taxminan Yarimo‘tkazgich ta’qiqlangan zonasi kengligiga mos keluvchi kvant energiyasi bilan aniqlanadi. Arsenid galliy asosida tayyorlangan nurlanuvchi diodlarning to‘lqin uzunligi = 0,9-1,4 mkm ni tashkil etadi. Ko‘rinuvchi nurlar diapazonidagi nurlanuvchi diodlar fosfid galliy, karbid kremniy va boshqalar asosida tayyorlanadi. Zamonaviy nurlanuvchi diodlarda galliyning azot va alyuminiy bilan birikmalaridan foydalaniladi.
Nurlanuvchi diodlarning energetik xarakteristikasi sifatida kvant chiqishi (samaradorlik) dan foydalaniladi. Kvant chiqishi boshqaruv zanjiridan o‘tayotgan har bir elektronga nurlanuvchi diod chiqishida nechta nurlanish kvanti to‘g‘ri kelishini ko‘rsatadi. Gomoo‘tishli nurlanuvchi diodlar uchun odatda kvant chiqishi 0,01-0,04 ni tashkil etadi. Geteroo‘tishli nurlanuvchi diodlar hosil qilish uchun binar va uch komponentali Yarimo‘tkazgich birikmalardan foydalaniladi, ular uchun kvant chiqishi ancha yuqori qiymatni (0,3 gacha) tashkil etadi, lekin hamma vaqt birdan kichik bo‘ladi. VAXlari, oddiy diodlarnikidek, eksponensial bog‘lanish bilan ifodalanadi. Nurlanuvchi diodning qayta ulanish vaqti 10-7÷10-9 s ni tashkil etadi.
Nurlanuvchi diodlar optik aloqa liniyalarida, indikatsiya qurilmalarida, optoelektron juftliklarda va yaqin kelajakda elektr yoritgich asboblarni almashtirishda qo‘llaniladi.
Fotodiod va nurlanuvchi diod optoelektronikaning asosiy Yarimo‘tkazgich asboblaridir. Optoelektronika – elektronikaning bo‘limi bo‘lib, axborotlarni qabul qilish, uzatish va qayta ishlashda yorug‘lik signallar elektr signallarga va aksincha o‘zgartirilishini ta’minlovchi elektron qurilmalarni ishlab chiqish, yaratish va amaliy qo‘llash bilan shug‘ullanadi.
Optoelektron juftlik, yoki optojuftlik konsturksiyasi jihatdan optik muhit orqali o‘zaro bog‘langan nurlatgich va foto qabul qilgichdan tashkil topgan bo‘ladi.
Kiruvchi elektr signal ta’sirida nurlanuvchi diod yorug‘lik to‘lqinlarini generatsiyalaydi, fotoqabulqilgich esa (fotodiod, fotorezistor, fototranzistor va boshqalar) yorug‘lik ta’sirida fototok generatsiyalaydi.

a) b) v) g)



15.2 – rasm. Nurlanuvchi diod va fotodioddan (a), fototranzistordan (b), fototiristordan (v), fotorezistordan (g) tashkil topgan optojuftliklarning sxemalarda shartli belgilanishi.


Nurlanuvchi diod va fotodioddan (a), fototranzistordan (b), fototiristordan (v), fotorezistordan (g) tashkil topgan optojuftliklarning sxemada shartli belgilanishi 15.2 – rasmda keltirilgan.
Optojuftliklar raqamli va impuls qurilmalarda, analog signallarni uzatuvchi qurilmalarda, avtomatika tizimlarida yuqori voltli ta’minlovchi manbalarni kontaktsiz boshqarish va boshqalar uchun qo‘llaniladi.
Nazorat savollari

  1. Optoelektronika haqida tushuncha bering.

  2. Fotodiod ishlash mexanizmini va VAXini tushuntiring.

  3. Nurlanuvchi diod ishlash mexanizmini va VAXini tushuntiring.

  4. Optojuftlik deb nimaga aytiladi ?

Download 44,18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish