Bilimlar:
- jismoniy mashqlarni bajarishda o`z-o`zini nazorat va muhofaza qilish qoidalarining asoslarini bilish;
- 60 metr masofaga past startdan chiqib yugurish;
- 3-4 minut davomida o`rta tezlikda asta-sekin yugurish;
- 800-1000 metr masofaga yugurish;
- 4x100 metrga estafetali yugurish;
- uzunlikka va balandlikka to`liq yugurib kelib sakrashlar, to`p uloqtirishlar;
- mo`ljallangan (basketbol, qo`l to`pi voleybol) usullarni bajarish;
- to`pni tezlik bilan yerga urib olib yurish (basketbol, qo`l to`pi);
- jarima to`pini halqaga tashlash: ikki tomonlama o`yinda qatnashish;
- kurashda ushlashni, tashlashni, himoyalanishni va qarshi usullarni qo`llashni bilish;
- suzishda 50 metrli masofani vaqtga suzib o`tish usullarini bilish.
Ko`nikmalar:
past startdan chiqib yugurish, masofa bo`ylab yugurish, 10-15 minut davomida bo`sh notekis joylardan bir me`yordagi tezlik bilan yugurishlarni bajarish;
basketbolda: to`pni yerga urib olib yurish va to`xtash, to`xtashdan keyin to`p bilan aylanishlar, to`pni joyida turib hamda harakatlanishda to`pni uzatish mashqlarini bajarish;
voleybolda: pastdan kelayotgan to`pni ikki qo`llab qabul qilish va qaytarish, to`pni musht bilan urib qaytarish usullarini bajarish;
qo`l to`pida: yugurib kelib ikkala oyoqda to`xtash, oldinga, orqaga, chapga, o`ngga harakat qilib siljish mashqlarini bajarish;
kurashda: harakat sifatlarini rivojlantirish uchun beriladigan mashqlarni bajarish;
futbolda: to`pni oyoqning ichki yoni va yuzasi bilan yo`nalish hamda tezlikni o`zgartirib olib yurish usullarini bajarish;
to`pni oyoqda va boshda jangler usulida bajarish;
sport o`yinlari elementlari bor harakatli o`yinlarni bajarish.
Malakalar:
3-4 metrli arqonga tirmashib chiqish (qiz bolalar);
5 metrli arqonga tirmashib chiqish usullarini bajara olish (o`g`il bolalar);
muvozanat saqlash mashqlarini bajara olish;
- yengil atletika bo`yicha mezonlarni topshirish;
basketbolda: to`pni bir qo`lda yelkadan joyida turib va harakatda, ikkala qo`llarda jarima chizig`idan halqaga otish usullarini bajara olish;
turli basketbol elementlarini qo`llab, ikki tomonlama o`ynash usullarini bajara olish;
voleybolda: turgan joyida har-xil usulda ikki qo`l bilan yuqoridan va pastdan tushgan to`pni yuqoriga chiqarib o`ynash usullarini bajara olish;
3 urinish qoidasiga rioya qilgan holda bir-birlariga to`pni uzatib o`ynash usullarini bajara olish;
qo`l to`pida: qarama-qarshi yugurish harakatida to`pni sherigiga uzatish, 7 metrli jarima to`pini otish usullarini bajara olish;
kurashda: kurash usulidagi oyoq oldidan chalish usulini, qarshi usulini, ichkaridan boldir bilan ilib orqaga tashlash texnik usullarini bajara olish;
belbog`li kurash usulidagi kurashda, to`shga tizza urib yonga tashlash, tashqaridan to`sib tashlash, taktik va texnik tayyorgarlik usullarini bajara olish;
dumalab kelayotgan to`pni oyoq yuzasining tashqi tomoni bilan tepish, havoda uchib kelayotgan to`pni bosh bilan urib qaytarish, yon chiziqdan to`pni o`yinga kiritish usul qoidalarini bajara olish;
- harakatli o`yin qoidalarini, vaqt belgilari, uslublarini bilish, shuningdek, o`yinni o`tkazishda yordamchi hakam vazifasini bajara olish.
Do'stlaringiz bilan baham: |