Milliy raqs elementlarini uyg`unlashtirish.
"Hayot", "Munojot", "Gulsara" va boshqalar. Ritmik gimnastika. Badiiy gimnastika elementlari.
Muvozanat saqlash mashqlari (120 sm balandlikdagi yakka cho`pda).
Yakka cho`pga tayanib turgan holatdan sakrab tayanishga va burilish bilan sonlarga o`tirishga o`tish. Shu holatdan bir oyoq tizzasida tayanib o`rnidan turish, qo`llar yonga ochiladi va oldinga "polka", "galop" qadamlari bilan siljish, "qaldirgoch" va 2-3 qadam yugurib borib oyoqda siltanib, boshqasida depsinib, kerishib sakrab tushish (bu mashqlarni gimnastik o`rindiqda ham bajarish mumkin).
Do'stlaringiz bilan baham: |