OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
BERDAQ NOMIDAGI QORAQALPOQ DAVLAT UNIVERSITETI
FIZIKA FAKULTETI 2-G FIZIKA GURUH TALABASI
ABDULLAYEV YO’LDOSHNING
OPTIKA FANIDAN
“OPTIKADAGI FERMA PRINSPI”
MAVZUSIDA YOZGAN
KURS ISHI
TAYYORLADI ABDULLAYEV Y.
QABUL QILDI XOJANAZAROVA R.
NUKUS 2022
Mundareja
Kirish
Asosiy qisim
I.Bob.Ferma prinsipi
1.1.Optikadagi ferma prinsipi
1.2.Geometrik optik asoslari optik yo’l uzinligi
II.Bob.Yo’rug’likning to’g’ri chiziq bo’ylab qaytish
2.1.
Kirish
Optika yorug’lik to’g’risidagi fan bo’lib, elektromagnit to‘lqinning juda qisqa, kam sohasini tashkil etadi. Tabiiy yorug’lik manbai Quyoshdir. Yorug’lik to’g’risidagi fan ham Quyosh kabi qadimiydir (optika-ko’rish). Optika ya’ni yorug’lik haqidagi birinchi ta’limot nima uchun odam o’z atrofidagi narsalarni ko’radi degan savolga javob berishga urinishlar natijasida vujudga kelgan.Yorug’likning tabiati haqidagi boshlang’ich tasavvurlar qadimgi asrlarda paydo bo’lgan.
XVII asrga kelib yorug’lik interferensiyasi va difraksiyasi hodisalari kuzatiladi. Bu hodisani tushuntirish uchun Gyugens va Frenel yorug’likning to’lqin nazariyasini ilgari surdilar. Ushbu nazariyaga ko’ra, yorug’lik to’lqinlardan iborat bo’lib, ularning muhitda tarqalishi natijasida interferensiya va difraksiya hodisalari yuzaga keladi .
XVIII asrga kelib yorug’likning ikkilanib sinish hodisasi kuzatiladi. Bu hodisaga asoslangan holda Maksvell yorug’likning elektromagnit nazariyasini yaratdi. Mazkur nazariyaga ko’ra, yorug’lik oddiy to’lqin bo’lmasdan, balki, o’zaro perpendikulyar tekisliklarda vektorlar kuchlanganliklar tebranishlarining muhitda tarqalishi natijasida vujudga kelishi tushuntiriladi. XIX asrga kelib fotoeffekt hodisasi, yorug’lik bosimi, Kompton effekti kabi hodisalar kuzatiladi. Bu hodisalarni tusuhuntirish uchun M.Plank tomonidan yorug’likning kvant nazariyasi 5 beriladi. Bu nazariyaga ko’ra, yorug’lik elementar zarrachalar – kvantlar (fotonlar) dan iborat bo’lib, har bir kvantning energiyasi, impulsi va massasi mavjud bo’ladi. Shunday qilib, yorug’likning zarrachalik va to’lqin dualizmi nazariyasi vujudga keladi.
Optika - fizikaning bo'limi bo'lib, yorug'likning fizik tabiatini va xossasini hamda moddalar bilan o'zaro ta'sirini o'rganadi. Bu yorug'lik haqidagi ta'limot, fizikaning boshqa bo'limlari bilan uzviy bog'lanishdadir. Optik hodisalarni chuqur ming boshqa bo ilmlarini rivojlanishi uchun zamin yaratdi. oʻrganish fizikaning
Masalan: atom va molekulalar tuzilishi haqidagi zamonaviy nazariya spektroskopiya sohasidagi kashfiyotlar natijasida yuzaga keldi. Fizikaning texnika bilan uzvly aloqadorligi tufayli texnikaning ko'p sohalarida optikadan foydalaniladi. Masalan: fotografiya, kino, televideniye va h.k., fizikaga yaqin bo'lgan boshqa tabiiy fanlar biologiya, ximiya va astronomiyada ilmiy kuzatish va analizning optík usullarini qo'llash natijasida keyingi yıllarda katta yutuqlarga erishildi.
Yorug'lik insonlarnl kundalik hayotida muhim rol o'ynaydi. Har kuni yorugʻlik ta'sirida ro'y beradigan Jarayonlar bilan chambarchas bog'liq holda hayot kechiramiz. Shu sababli yoruglik xossalarini bilish doimo kishilar uni oʻrganishga va yorug'lik ta'sirida yuz beradigan jarayonlar sababini bilishga, tajriba o‘tkazib natijalarini tushuntirishga intilib kelishgan. Ingliz olimi I.Nyuton dispersiyası kabi hodisal yorug'lik difraksiyasi, dispersiyasi kabt hodisalari tajribada isbotlab yorugʻlik tabiatini tushuntirgan bo'lsa, Gyugens va Yunglar tomonidan yorug'likning yana bir ajoyib xossasi - Interferensiyasi o'rganildi. Interferension manzara qachon, qay tarzda namoyon bo'lishini tushuntiruvchi nazariya birdaniga paydo bo'lmadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |