Chastota bo‘yicha zichlashtirish. Chastota bo‘yicha zichlashtiriladigan TOAT liniyalarida turli axborot manbalarining boshlang‘ich signallariga aniq chastota oraliqlari ajratiladi. Bu holda guruhli liniya signallarini hosil qilish uchun yaqin joylashgan stabil optic tashuvchilar talab qilinadi. Biroq, ayniqsa yuqori tezlikli modulyatsiyalashda yarim o‘tkazgich lazerlarning nurlanish liniyalarining nostabilligi qo'shni kanallaming ishchi to'lqin uzunliklari orasida spektr bo'yicha oraliqlarini informatsion signal oraliqlaridan bir necha marta oshib ketishiga olib keladi. Shuning uchun TOATda spektral yaqin joylashgan kanallarni hosil qilish uchun turli manbalarning turli tashuvchilaridan emas, balki optik tashuvchilarni surish yordamida bitta manbaning turli tashuvchilaridan foydalaniladi.
To‘lqin uzunligi bo‘yicha zichlashtirish. Optik tolaning o ‘tkazish qobiliyatidan samarali foydalanish koeffitsiyentini oshirishning istiqbolli yo‘nalishlaridan biri to ‘lqin uzunligi bo‘yicha zichlashtirishdir. Bunda liniya kabelidagi bir optik tola orqah ko‘plab axborotlarni uzatish hisobiga sezilarli darajada iqtisodiy samaradorlikka erishiladi. Bundan tashqari, bu usul qo‘shimcha qurilish ishlarisiz tarmoq rivojlanishini ta'minlash, shuningdek, tarmoqlangan daraxtsimon va halqali tarmoqlarni tuzish imkonini beradi. Bunda har xil tezlikli, raqamli va analog turli modulyatsiyali (telefon, televideniye, telemetriya, boshqarish) signallarni uzatish imkoniyati kengayadi. Bu esa iqtisodni tejovchi ko‘p funksiyali aloqa tizimlarini tashkil etishni ta ’minlaydi.
ТОА линияларини вақт бўйича зичлаштириш усулини тушунтиринг
Vaqt bo‘yicha zichlashtirish. Bu usulda bir necha information oqimlarni bitta oqimga birlashtirish nazarda tutiladi. Birlashtirish elektrik signallar va optik signallar darajasida amalga oshirilishi mumkin. Elеktrik signаllаr dаrаjаsidа vаqt bo’yichа zichlаshtirilgаn TОА liniya trаktining tuzilish sхеmаsi
Vaqt bo‘yicha zichlashtirishda qisqa (10_9C va undan kichik) yorug‘lik impulslarini uzatish talab etiladi. Lekin subnanosekundli impulslarni uzatish TOAT uzatib qabul qiluvchi apparaturalarining optoelektron qurilmalarining oxirgi imkoniyatiga yaqin bo‘lgan tezkorligiga juda yuqori talablar qo'yadi. Bundan tashqari, optic tolaning dispersiya xususiyatlari tufayli uzatish tezligi, o‘tkazish oralig‘i ham chegaralangan. Vaqt bo‘yicha zichlashtirishning asosiy afzalligi bu OT o‘tkazish qobiliyatidan sam arali foydalanish koeffitsiyentining ortishi va to‘liq optik aloqa tarmoqlarini yaratish imkoniyatining mavjudligi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |