Labaratorya ishi
Optik va elektron nivillerlarning turlari va qismlarini
o’rganish
Optik nivelirlar. Nivelirlash ishlarida 20- asrning 60 – yillaridan nivelir trubasida adilak o‘rnatilgan nivelirlar NA-1, NT o‘rniga yangi turdagi N-2, N-3, 80-yillardan boshlab kompenstorlari, ko‘rish trubasi avtomatik ravishda gorizontal holatga keluvchi optik nivelirlar N-3K, N-4S, limbli va kompensatorli N-10KL qo‘llanilib kelindi. Keyingi yillar trubaning vizirlash nuri o‘z-o‘zidan gorizontal holatga keluvchi Vengriyaning NI-V1, NI-V6, Germaniya - Koni 007, Rossiyaning 3N-5K kompensatorli, 4N-2KL – kompensatorli va limbli, Shvesariyaning kompensatorli LEICA NA728 niveliri kirib keldi.
Elektron nivelirlar. Elektron nivelir (chet el davlatlarida “raqamli” termini yuritiladi) yuqori texnologik jihozlar turkumiga kiradi va o‘lchash vaqtini qisqartirishga, hamda avtomatlashtirishga imkon yaratadi. Natija reykaga vizirlash va tugmachani bosish orqali amalga oshiriladi. O‘lchashlarni xotirada saqlash, nisbiy balandlik va balandliklarni hisoblashlar nivelirda joylashtirilgan protsessorda bajariladi, ular raqamlar ko‘rinishida hosil qilinadi.
Optik va elektron nivillerlar
NIVELIR (frans. niveler — toʻgʻrilamoq, baravarlamoq) — geodezik asbob. Yerdagi ikki nuqta balandliklari farqi (nisbiy balandligi) ni gorizontal vizir nuri b-n, shu nuqtalarga tik oʻrnatiladigan Nivelir reykalar yordamida aniklaydi. Tuzilishi boʻyicha ular ikki tur — vizir nuri silindrik adilak (suv tarozi) yordamida gorizontal holatga keltiriladigan Nivelirga va vizir nuri oʻz-oʻzidan gorizontal holatga keladigan (kompensatorli) Nivelirga boʻlinadi. Birinchi turdagi Nivelirning asosiy qismlari — qarash trubasi va uning yon qismiga oʻrnatilgan silindrik adilak; ikkinchi turdagi Nivelirda — qarash trubasi va uning ichki qismida joylashgan optik prizmali kompensator hisoblanadi. Kompensator mexanik mayatnik boʻlib, uning optik prizmasi metall yoki sintetik ikki tolali ingichka ipda osib qoʻyilgan boʻladi. U 15ʻ (minut) gacha qiya boʻlgan vizir nurni avtomatik ravishda gorizontal holatga keltirib beradi. Anikligi boʻyicha Nivelir anikligi yukrri (1 km masofaga nivelirlash anikligi 0,5—1,0 mm), aniq (2—3 mm) va texnik (10 mm) Nivelirga boʻlinadi. Nivelirlar asosiy geodezik va topografik ishlarda, barcha turdagi qurilish ishlarida, noyob binolar va murakkab inshootlarning choʻkishi hodisalarini kuzatishda, Yer qobigʻi vertikal harakatini oʻrganishda va boshqa maqsadlarda keng qoʻllanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |