Operatsiyalarning ketma-ket kelishi (1.1-rasm) har bir operatsiyada detallar partiyasiga ishlov berilib, ular avvalgi operatsiyada barcha detallarga ishlov berish tugallanganidan so’nggina keyingi operatsiyaga uzatilishi bilan tavsiflanadi. Operatsiyalarning ketma-ket birga kelishi Jarayonning soatlardagi davomiyligi bir detalni barcha operatsiyalarda ishlov berish vaqtini partiyadagi detallar soniga ko’paytirish orqali aniqlanadi, ya’ni Ttsosl=t1n+t2n+t3n+t4n+t5n+t6n=Σtn bu yerda t1,t2,t3,t4,t5,t6 – alohida operatsiyalarda bir detalga ishlov berish vaqti; n – partiyadagi detallar soni. 1.1-jadvalda operatsiyalarning ketma-ket birikib kelishidagi lokomotiv g’ildirak blogini ta’mirlash siklli grafigi keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |