Kataloglarni o‘chirib tashlash. Agar "F8" tugmachasini bosganda chiqariladigan so‘rovda "include sub directories" rejimi ishga tushirilgan bo‘lsa (yozuvning chap tarafida turgan bo‘lsa), unda Norton Commander o‘chirib tashlashni tasdiqlash haqidagi oddiy so‘rovni chiqaradi va javob ijobiy bo‘lganida katalogni unga kiruvchi hamma kataloglar hamda ostki kataloglarni qo‘shgan holda bor budi bilan birga o‘chirib tashlaydi. Bunda alohida e’tiborli bo‘ling, chunki ma’lumotlar katalogdan yanglishib chiqarib tashlaganda, ularni katalogga qaytadan tiklash juda mushkul bo‘lishi mumkin.
Agar "Include sub directories" o‘chirilgan bo‘lsa, unda Norton Commander katalogni, agar u bo‘sh bo‘lsa, o‘chirib tashlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |