Fayllar bilan o‘tkaziladigan amallar quyidagi funksional tugmachalar yordamida amalga oshiriladi:
"F2" - tahrir qilingan faylni saqlash;
"Shift" + "F2" - tahrir qilingan faylni boshqa nom bilan saqlash;
"F10" - tahrir qilish rejimidan chiqish;
"Shift" + "F10" - tahrir qilingan faylni saqlab qolish va tahrir qilish rejimidan chiqish;
"F9" - faylni printerga chiqarish;
"Shift" + "F5" - tahrir qilinayotgan hujjatga boshqa fayldagi ma’lumotlarni (unda bo‘lgan barcha axborotni) qo‘shish;
"Alt" + "F9" - tahrir qilish natijalari saqlab qolinganida BAK fayllarini yaratish kerakli yoki kerak emasligini aniqlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |