Klaviaturaning tepa registoridan simvollarni kiritish. Agar klaviaturaning tepa registoridan simvol, masalan, bosh harfni kiritish zarur bo‘lsa, unda "Shift" tugmachasini bosish va uni qo‘yib yubormay turib kerakli simvolli tugmachani bosish lozim.
Boshqa alifboga o‘tish. Agar siz ruscha harflar kiritishdan lotincha harflarni kiritishga o‘tmoqchi yoki aksincha qilmoqchi bo‘lsangiz, unda klaviaturani rus harflari rejimidan lotin harflari rejimiga o‘tkazish yoki bu ishning teskarisini qilish kerak. Bu siz foydalanayotgan klaviaturaning drayveri ayrim kompyuterlarda "Rus" va "LAT" tugmachalarini bosish bilan amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |