Kompyuter tizimida asinxron va sinxron kiritish-chiqarish usullari tavsifi (referat).
Kiritish-chiqarish rejimining ikkita ko’rinishi mavjud – sinxron va asinxron. Sinxron kiritish-chiqarish – bu kiritish-chiqarish amali to’liq yakunlanmaguncha, uning bajarilishini ta’minlovchi dasturni kutish holatiga olib keladi. Qurilma darajasida olib qaraganda – I/O buyrug’i protsessorni keyingi uzilishgacha kutish (idle) holatiga o’tkazadi. Bu sinxron rejimda har bir lahzada kiritish-chiqarishga bittadan ko’p bo’lmagan so’rov amalga oshiriladi, bir vaqtda kiritish-chiqarish mavjud emas. Sinxron chiqarish barcha dasturchilarga tanish bo’lgan println(x) ko’rinishdagi operatorlar orqali amalga oshiriladi. Ularni dasturlarda ishlatganda sinxron I/O ning samarasiz versiyasidan foydalanayotganimiz haqida o'ylamaymiz. Ammo, hozirgi kungacha aksariyat dasturchilarning xayolida ketma-ket chiqarish bo'lib, ular o'zlarining dasturlarini sof ketma-ketlik deb o'ylashlari va hech qanday parallellashtirish ehtimoli haqida umuman o'ylamaydilar. Dasturni testlash vaqtida agar chiquvchi ma’lumot katta bo’lmasa, bu usul juda qulay hisoblanadi.
Asinxron kiritish-chiqarish – kiritish chiqarishning asosiy dasturiy bajarilishi bilan parallel bajariladi. Asinxron kiritish-chiqarish boshlanishi bilan boshqaruv kiritish-chiqarishni kutib turmasdan foydalanuvchi dasturiga qaytariladi. Shunday qilib go’yoki, asinxron kiritish-chiqarish ikkiga bo’linadi: kiritish-chiqarishni boshlash va kiritish chiqarishni tugallash. Ikkinchisi, agar kiritish-chiqarishning natijasi keyingi hisoblashlar uchun zarur bo’lsa, dastur ma’lumot alshinuvining tugallanishini kutadi. Bunday yondoshuv almashinuvchi tatbiq qilishda dasturchilar uchun tushinish qiyinroq bo’ladi va xatolarga yo’l qo’yilishi mumkin (masalan, faqat kiritish-chiqarishni boshlash operatsiyasi qo’llanilib, uning yakunlanishini kutishni chaqrish operatsiyasi unitib qoldirilishi mumkin).